I bob. Android platformalarida


Kompyuterda texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə18/19
tarix19.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#157110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Individual loyiha

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Kompyuterda texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari


Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari.

  1. Umumiy qoidalar. Ushbu sanitariya qoida va me’yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT) larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yo‘naltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarishi mehnat sharotini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog‘lig‘ini saqlab qolishga yordam beradi. KTsi ma’lumotlarni kiritish (to‘plash), uni ishlash va natijani (uzatish) ga, TT ma’lumotlarnining nusxasini olishga mo‘ljallangan.

  2. KT va TT ishlarning tarkibi.

    1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta’siriga uchrashi mumkin: elektromagnit maydoni

– EHM (radiochastota, past quvvati rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishi); elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; havoning ionizatsiyalanishi; kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda tener bo‘yoq moddasining changi; mateorologik omil joy iqlimining o‘ziga xosligi, yil fasli, ventilyatsiya hamda isitish tizimi va boshqa; mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo‘ladigan shovqin; elektr tokidan jarohatlanish xavfi; ruhiy hissiyotlar zo‘riqishining ortib ketishi; ko‘rish analizitorining zo‘riqishi; barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur’atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; tananing majburiy, bir xil ishchi holada turishi, gipokeneziya. TTlar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektrmagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo‘yoq moddalarning change, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi.

    1. Texnikaning vazifasiga kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo‘lishi mumkin.

    2. Mehnat shariti va mehnat tartibi, aqliy mehnatining zo‘riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TT da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o‘zgarishiga, tayanch-harakat apparati va qo‘l panjalarining o‘ta

zo‘riqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishi (ish qobiliyatini pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo‘lish ko‘rish analizatorining zo‘riqishiga hamda toliqish va ko‘rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiyalashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko‘z bel, bo‘yin atrofi, qo‘l va boshqa a’zolarda og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin.

    1. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og‘irligi va zo‘riqishi bo‘yicha bo‘yicha asosan 2-darajali zararli va zo‘riqishi mehnatiga kiradi. (Mehnat sharoitlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha gigeyenik tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-marta tasdiqlangan).

  1. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo‘yiladigan talablar.

    1. KT va TT ni ishlatishga mo‘ljallangan korxona va tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari QM va Q shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.

    2. KT va TT ishlatiladigan labaratoriyalar, bo‘limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog‘i lozim.Yuqorida qayd qilingan xonalarni yerto‘lalarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e’tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar o‘rnatish lozim.

    4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o‘tish joylari quyidagi o‘lchamlarda bo‘lmog‘i lozim: ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo‘lmasligi; orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo‘lgan KT siga xizmat ko‘rsatish oralig‘i 0,7 m.dan kam bo‘lmasligi; Displeylarga ega bo‘lgan ishchi o‘rinlari orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo‘lmasligi; KT bir qatorlama joylashtirilgan devor orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi shart.

    5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o‘rnatilgan bo‘limlari, sexlar, labaratoriyalari, uchastkalari, ish boshlashdan oldin maxsus

komissiya tomonidan San va M №0007-94 talablari amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim. Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi. Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy zuriqish darajasi, organizm har xil tizimi funksional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat’iy belgilanga ish vaqti va tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi: Asosiy tanaffus tushlik ovqatlanish vaqti hisoblanadi, KT va TT da ishlovchilar faoliyatining alohidaligini inobatga olib dam olish tartibiga, qo‘shimcha ikki – to‘rt tartibli mikro tanaffuslar kiritilishi, har birining davomiyligi 10-15 daqiqadan bo‘lmog‘i kerak. 6 soatli ish kunida 2 tanaffus va 12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus bo‘lishi zarur.
Yong‘in xavfsizligi. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va xavfsizlik tizimiga qo‘yiladigan talablar. Yong‘in- bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta moddiy zarar hamda talafotlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayoni. Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, obyektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yor va talablar asosida obyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, obyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida moddiy boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit va yong‘inda qolgan buyumlaming yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bugiar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiya va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan yong‘inni o‘chirishga nisbatan uni oldini olish oson va foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga toliq rioya qilishi va yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bogliq holda, Davlat standarti bo‘yicha, obyektning yong‘in xavfsizligi- yong‘inni oldini olish va yong‘inga qarshi himoya tizimi hamda tashkiliy-texnik
tadbirlar orqali ta’minlanadi. Yong‘inni oldini olish tizimi- yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbir va texnik vositalar majmuidan iborat. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idish va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada (REM asosida) sozlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan, mashina, mexanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoida va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr zaryadlari va yang‘inga qarshi himoya vositalaridan foydalanish material va moddalarning issiqlik ta’sirida, kimyoviy va mikrobiologft usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong‘inga qarshi himoya tizimi.
Elektr xavfsizligi: ekranni yorug‘ligi; kontrast va fon o‘rtasidagi aniqligi; - kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; - kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri; -kompyuter buzuqligi. Elektr xavfsizligi. Kompyuter xonasida xamma jixozlar elektrotokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin. Kompyuterlarni yerga ulash va yerga ulash ximoyasiga talablar xamma kompyuterlarda elektr tarmog‘iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash ximoyasi qo‘llanilgan. "0" ga ulash ximoyasi bu "0" simini korpuslarga bog‘lash va xar xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr
tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniqsa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o‘zgarmas xolda ushlab turadi, xamda elektr manbai o‘chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo‘yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo. Sanitariya-Gigiyena Talablari Kompyuterda ko‘p ishlash, ya’ni uning oldida ko‘p o‘tirish insonning ko‘zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко’rа, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

  • O‘quvchining ish joyiga tushayotgan yorug‘lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.

  • Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja oralig‘i-da bo‘lishi lozim.

  • V-IX sinf o‘quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. O‘quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o‘tirishi kerak. Kompyuter xonasida o‘tkazilayotgan dars jarayonida o‘quvchilarning tana mushaklarida va ko‘zlarida zo‘riqish hosil bo‘lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o‘quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o‘tirgan holda qo‘l va bo‘yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniksa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini

o‘zgarmas holda ushlab turadi hamda elektr manbai o‘chirilgandan keyin muayyan
vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. Masalan kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo‘yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagichacha: Stalibizator yokiladi, protsessor yokiladi, monitor yokiladi, printer kerak bo‘lsa, u ham yoqiladi. Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus programma, hamda operatsion sistemani ishga tushiruvchi dasturlar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion sistema ishga tushgach u komandalar berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to‘liq foydalanish to‘g‘ri o‘chirishga ham bog‘liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi. - ishlayotgan programmalar tugatiladi; - protsessor o‘chiriladi; - printer yoqilgan bo‘lsa o‘chiriladi; - stalibizator o‘chiriladi. Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. – Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma’lum me’yorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi. – Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar etkazadi. – Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta’sirini belgilaydi.

  • Maktab yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab yoshidagi 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin.

XULOSA


Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda axborotni istalgan vaqtda va ishonchli manba orqali qabul qilish va undan samarali foydalanish eng asosiy masaladir. Ayniqsa, ommalashib borayotgan mobile texnologiya sohasida.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida qaralgan masalalardan quyidagi natijalar va xulosalarga kelamiz:
Bugungi kunda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda mobil tqurilmalar va Android operatsion uchun ishlab chiqilgan ilovalar va ularni yaratish texnologiyalari o‘rganildi;
“O‘zbekiston tarixi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari, seminar mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lum mavzulari va test savollari va fanga doir barcha nazariy ma’lumotlar yig‘ilib, ularning html formatdagi fayllari shakllanitirildi;
Android operatsoin tizimiga mobil ilovalar yaratish uchun qo‘llaniladigan bir nechta zamonaviy dasturiy vositalar o‘rganilib, ular ichidan “Android studiya” tanlandi va elektron o‘quv qo‘llanma loyihasi shakllantirildi;
Elektron o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqildi va qo‘llanmaning asosiy oynasi va qo‘shimcha sahifalar shakllantirdi;
Elektron o‘quv qo‘llanmaga yig‘ilgan barcha ma’lumotlar joylashtirilib, sahifalar va tugmalarga giperhavolalar va tegish buyruqlarni bajaruvchi sahifalar yozildi;
Ishlab chiqilgan mobil ilovaning tasnifi va undan foydalanish tartibi keltirildi;
O‘zbekiston tarixi fanidan android platformalar uchun yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma ilovasining birinch va ikkinchi qisimlari 21 ta ma’ruza, mustaqil ish mavzulari bo‘limida 20 ta mustaqil ish mavzusi va test bo‘limida tasodifiy tanlanadigan 30 ta test savolidan foydalanilgan. Har bir mashg‘ulotlarga giperhavolalar orqali murojat amalga oshirilgan.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin