I bob. Apoptezdagi mitaxondriyaning ahamyati



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/8
tarix14.12.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#74644
1   2   3   4   5   6   7   8
2)APOPTEZDAGI MITOXONDIYANING AHAMYATI

1.3Apoptoz mexanizmi.Koʻp hujayrali organizmda apoptoz ikki yo'l bilan vujudga kelishi mumkin:
1) Tashqi signallar boʻylab. 2) Mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali.
Umurtqali organizmlarda mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali boʻlib oʻtadigan programmalashtirilgan hujayra oʻlimi koʻproq uchraydi.
Apoptozning mitoxondriyaviy signal yoʻli hujayra sitoplazmasiga apoptogen oqsillarning chiqishi natijasida boʻlib oʻtadi. Bu ikkita sababdan kelib chiqishi mumkin: 1. mitoxondriyaning membranalari yorilishi va 2. mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligini oshib ketishi natijasida.
Mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligi oshishida apoptotik Bcl-2-oqsillar (Bax va Bak oqsillari) katta ahamiyatga ega. Bcl-2-oqsillar mitoxoxondriya membranalariga oʻtirib sitoplazmaga apoptozda ishtirok etadigan oqsillarni - sitoxrom c, prokaspaza va AIF-flavoproteinlarni - chiqib ketishini taʼminlab beradi.Sitoplazmada sitoxrom c APAF-1 oqsili bilan apoptosoma degan organellani hosil qilishda ishtirok etadi. APAF-1 va sitoxrom c ga prokaspaza-9 oqsili qoʻshilib yetuk apoptosomani hosil qiladi. Apoptosoma sitoplazmadagi kaspaza-9 oqsillarni topib, ularni prokaspaza-3 oqsillari bilan qoshadi va apoptozda ishtirok etadigan tayyor kaspaza-3 oqsilini hosil qiladi. AIF-flavoproteini kaspaza va prokaspaza oqsillaridan aloxida apoptozda ishtirok etadi.
Kaspaza-9 hujayra sitoplazmasida kaspazalar kaskadini hosil qiladi. Kaspazalarning asosiy vazifasi hujayrada joylashgan hamma organoidlarni parchalash bilan boʻgʻliq. Kaspazalar yadro membranalarini, sitoskelet oqsillarini, hujayralar oʻrtasidagi boʻlgan birikishlarni buzilishida istirok etadi.Kaspazalarning yana bir muhim vazifalaridan biri - bu apoptozni toʻxtatadigan oqsillarni parchalashdur.
Apoptozning ahamiyati:Koʻp hujayrali organizmlarda morfogenez, immunitet jarayonlari apoptozsiz sodir boʻla ololmaydi. Organizmda kasal va shikastlangan hujayralarni yoqotishda ham aynan apoptoz mexanizmi ishlatiladi.


II.BOB. MITAXONDRIYA  TAMOYILLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin