I bob. Apoptezdagi mitaxondriyaning ahamyati


Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/8
tarix14.12.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#74644
1   2   3   4   5   6   7   8
2)APOPTEZDAGI MITOXONDIYANING AHAMYATI

Kurs ishining dolzarbligi. ХХI asrning fan va texnika tez sur‘atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda innovatsion texnologiyalar ta`limning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Shu sababli, ushbu kurs ishining dolzarbligi jumladan apoptezdagi mitoxondiyaning ahamyatining asosiy tushunchalariga oid mavzularni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan. Bunday inovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish o‘quv jarayonini jadallashtiradi.
Kurs ishining maqsadi. Apoptoz va nekroz.Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi, apoptoz mexanizmi, mitoxondriya  tamoyillari, mitoxondriyani mutatsiyalarning evolutsiyasi bilan bog`liqligini o'rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. APOPTEZDAGI MITOXONDIYANING AHAMYATI.
MITOXONDRIYA  TAMOYILLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.

  • Apoptoz va nekroz.

  • Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi.

  • apoptoz mexanizmi.

  • mitoxondriya  tamoyillari.

  • mitoxondriyani mutatsiyalarning evolutsiyasi bilan bog`liqligini o'rganishdan iborat.

Kurs ishining predmeti. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma'lumotlar to'plash, tahlil qilish va misollarga tadbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining obekti. "APOPTEZDAGI MITOXONDIYANING AHAMYATI." mavzusini o'rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.BOB. APOPTEZDAGI MITOXONDIYANING AHAMYATI.
1.1. Apoptoz va nekroz
Kengroq qilib aytganda, koʻp hujayrali organizmlarda hujayra oʻlimining ikki xil shakli bor:

  • Ular oʻzlariga zarar keltiruvchi (fizik yoki kimyoviy) taʼsir natijasida nobud boʻladi va bu jarayon nekroz deb ataladi.

  • Ular rejalashtirilgan oʻlimga berilgan turtki natijasida nobud boʻladi. Bu oʻlimning eng yaxshi oʻrganilgan shakli apoptozdir.Nekroz va apoptoz turli vaziyatlarda sodir boʻladi va turli bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Oddiyroq qilib aytganda, nekroz tartibsiz jarayon boʻlib, yalligʻlanish natijasida immun javobni keltirib chiqaradi. Apoptoz esa toza va tartibli jarayon va u hujayralarni kichik boʻlaklarga boʻlib, boshqa hujayralar tomonidan qayta ishlanishi uchun qulay holatga keltiradi.

  • Nekroz (tartibsiz jarayon):

Hujayralar zararli omillar (shikastlanish yoki zararli toksik moddalar) taʼsiriga uchraganida, nobud boʻlishdan oldin hujayra ichi tarkibiy qismlarini “toʻkib tashlaydi”. Zararlangan hujayraning plazma membranasi endi ionlar va suvning oʻtishini nazorat qila olmasligi sababli hujayra shishib ketadi va uning tarkibi plazma membranasidagi teshiklardan oqib chiqadi. Bu jarayon koʻpincha toʻqimadagi nobud boʻlgan hujayralar atrofida yalligʻlanishni keltirib chiqaradi.Apoptoz (tartibli jarayon)Apoptozga uchrovchi hujayralar boshqacha tuzilgan va ancha tartibli jarayondan oʻtadi. Ularning yuzasida pufakchaga oʻxshash teshiklar (texnik nom: “pufakchalar”) paydo boʻladi. Yadrodagi DNK mayda boʻlaklarga boʻlinadi va ayrim hujayra organellalari, masalan, endoplazmatik toʻr parchalanadi. Oxir-oqibat butun hujayra membranalar toʻplami bilan oʻralgan mayda qismlarga boʻlinadi.
Bu boʻlaklarning taqdiri nima boʻladi? Ular makrofaglar kabi qoldiqlarni parchalovchi (fagotsitar) immun hujayralarini jalb qiladigan signallar chiqaradi. Shuningdek, nobud boʻlayotgan hujayraning boʻlaklari oʻz yuzasiga fosfatidilserin deb nomlangan lipid molekulasini chiqaradi. Fosfatidilserin odatda membrananing ichki qismida yashiringan boʻladi, tashqi tomondan esa fagotsitlarga hujayra parchalarini bogʻlab, “yeyish”ga imkon beradi.Nega hujayralar apoptozga uchraydi?
Inson tanasidagi koʻplab hujayralar apoptozga uchrash qobiliyatiga ega (xuddi DNKni nusxalash yoki energiya beruvchi molekulalarni parchalash qobiliyatiga ega boʻlgani kabi). Muhimi, apoptoz – bu organizmning ortiqcha hujayralarini yoʻq qilishining umumiy va qulay usuli.

  • Rivojlanish jarayonida baʼzi hujayralarni “yoʻq qilish” zarur boʻladi, masalan, yaxlit tuzilma boʻlgan qoʻlni toʻqima tarkibidan ajratish uchun.

  • Ayrim hujayralar anormal boʻlishi va yashab qolgan taqdirida organizmga xuddi virus bilan infeksiyalangan yoki shikastlangan DNKga ega hujayralar singari zarar yetkazishi mumkin.

  • Katta yoshli organizmdagi hujayralar yangi hujayralar paydo boʻlishiga yoki vaqtincha vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujayralarni chiqarib tashlash, yaʼni muvozanatni saqlash uchun yoʻq qilinishi mumkin.Apoptoz embrional rivojlanishning bir qismidir.Koʻp organizmlarda rejalashtirilgan hujayra oʻlimi normal rivojlanishning bir qismi hisoblanadi. Ayrim hollarda rivojlanish davrida apoptoz juda aniq tarzda sodir boʻladi: C. elegans chuvalchangida 131131131 ta hujayra apoptoz orqali nobud boʻladi, chunki chuvalchang bitta hujayradan kattalashib voyaga yetadi (va biz uning qaysi hujayradan rivojlanishini aniq bilamiz).Apoptoz inson rivojlanishida ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. Masalan, kirish qismida koʻrganimizdek, embrional davrda qoʻlingiz suzgichsimon toʻqima boʻlagidan iborat boʻladi. Boʻlakcha orasidagi hujayralarning apoptozi rivojlanayotgan barmoqlarga “oʻyilgan” shakl beradi.Rivojlanayotgan sichqon panjasi tasvirlangan rasm. Barmoqlar orasidagi apoptozga uchragan hujayralar alohida belgilangan.Rasm manbasi: “Apoptozning susayishi va orqa oyoqlarda xondrogenezning kuchayishi hisobiga toʻrtinchi barmoq ikkilanishi yuz beradi”, Farin et al tomonidan. ^22squared, CC BY 4.0.Bu jarayon barmoq yoki oyoq barmoqlariga ega boʻlgan umurtqali hayvonlarning barcha turlarida uchraydi va apoptoz kamroq darajada sodir boʻlsa, barmoqlar orasida koʻproq bir-biriga yaqin joylashish holatlari yuzaga keladi. Baʼzan barmoq yoki oyoq barmoqlarining rivojlanishida kichik xatolik yuz bersa, apoptoz toʻliq boʻlmasligi mumkin (bu barmoqlar bir-biriga qoʻshilib qolishiga olib keladi).Normal rivojlanish davomida yuz beradigan apoptozga yana bir misol sifatida, baqaga aylanish davomida itbaliqlarda dumning yoʻqolib ketishi va miyadagi ortiqcha va keraksiz neyronlarning yoʻq qilinishini keltirishimiz mumkin.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin