I bob basketbolchilarni texnik va taktik harakatlarga


Savatga to‘p tashlash texnikasiga o‘rgatish



Yüklə 241 Kb.
səhifə9/13
tarix30.03.2023
ölçüsü241 Kb.
#91301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
BASKETBOLCHILARNI TEXNIK VA TAKTIK HARAKATLARGA

Savatga to‘p tashlash texnikasiga o‘rgatish
Savatga to‘p tashlash ko‘nikrnasi turli usul, holat va oraliqlardan ijro etiladi. To‘p tashlash usuilari texnikasiga ko'ydagi ketma-ketlikda o‘rgatish ijobiy samara beradi:

  • shchitga nisbatan to‘g‘ri turib har xil oraliqlardan to‘pni pastdan ikki qo‘llab savatga tashlash;

  • shu usul, faqat to‘p ko‘krak oldidan tashlanadi;

  • shu usul, faqat to‘p bosh ustidan tashlanadi;

  • qayd etilgan usullar shchitga nisbatan o‘ng va chap tomonlardan diogana! holatda turib bajariladi;

  • qayd etilgan usullar o‘ng va chap qo‘l bilan ijro etiladi;

  • qayd etilgan usullar harakat yakunida to‘xtash usullarini qo‘llash asosida bajariladi;

  • qayd etilgan usullar sakrab o‘ng va chap qul bilan to'pni tashlash asosida ijro etiladi;

  • qayd etilgan usullar shchitga nisbatan o‘ng yonlama, chap yonlama va orqa bilan turgan holatlardan burilib-aylanib bajariladi;

  • qayd etilgan usullar (pastdan tashlash bundan istisno) sakrab havoda 90°, 180°, 360°da o‘ng va chap tomonlarga burilib-aylanib bajariladi;

  • yugurib borib shchit tagidan sakrab o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni savatga tashlash;

  • yugurib borib shchit tagidan sakrab to‘pni ikki qoilab savatga tashlash;

  • to‘pni urib yugurib borib, 2,5-3,0 m. oraliqaan diogonal yo‘nalish- da (yoysimon) sakrab to‘pni o'ng va chap qo‘l bilan savatga tashlash.



II.BOB TRENAJYORLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
2.1Himoya o‘yin texnikasiga o‘rgatish
Zamonaviy basketbol musobaqalarida maqsadga muvofiq va samarali tashkil qilingan himoya harakatlari o‘z savatini dahlsiz qoldirish va qayta hujumni ijobiy

natija bilan yakunlash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun himoyaga xos o‘yin usullarini texnik jihatdan keng doirada, serqirrali va mukammal o‘zlashtirish zarur bo‘ladi. Faqat yuksak shakllangan himoya texnikasi “hujumchi-himoyachi” raqobatida ustunlikka erishish chorasini beradi.


Himoyada foydali o‘yin ko‘rsatish himoyasidan raqib hujumchi yoki hujumchilaming (raqib jamoaning) psixojismoniy va texnik- taktik imkoniyatlari, taktik-strategik rejalari va sir-asrorlarini bilishi, qarshi qoilaniladigan hujum harakatlarini tez payqashi (bashorat qila olishi) va unga qarama-qarshi uyushtiriladigan himoya harakatlarini faol amalga oshirishni talab qiladi. Bugungi basketbolga xos himoya- chi-o‘yinchida maydondagi vaziyatni eslab qolish, shunga nisbatan tezkor fikrlash, tahlil qilish, chaqqon harakat ko‘rasatish, keng ko‘rish doirasiga ega bo‘lish va raqib hujumchiga qarshi foydali natija beruvchi eng maqbul usulni qo‘llash qobiliyatlari yuksak darajada o‘zlashtirilgan boimog‘i lozim.
Himoya usullari texnikasiga o‘rgatishda, hujum texnikasiga o‘rga- tishda, hujum texnikasini shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘rgatish uslublari, vositalari va pedagogik prinsiplardan foydalaniladi.
Ushbu jarayonda himoya usullariga quyidagi tartibda o‘rgatiladi:

  • qoida doirasida to‘pni tortib olish;

  • hujumchi to‘pni ilayotganda, uzatish va savatga tashlayotganda uni urib chiqarish;

  • ilinayotgan, uzatilgan va savatga tashlanayotgan to‘p yo‘nalishini to‘sib, urib yuborish yoki olib qo‘yish;

  • ilinayotgan, uzatilayotgan yoki savatga tashlanayotgan to‘pni “yopislv;

  • o‘z shchiti yoki halqadan sapchigan to‘pni o‘z sherigiga urib berish. olib qo‘yish yoki maydon tashqarisiga chiqarib yuborish.

Himoya usullari texnikasiga o'rgatishda ham tayyoriov, yordamchi, yondoshtimvchi, taqlidiy, asosiy mashqlar va texnik vositalar an’ana- viy hamda

modellashtirilgan tartib-vaziyatlarda qollaniladi.


To‘p urib chiqarish (78 - 80-rasmlar).
Mashqning maqsadi: Himoyalanish va ta’qib ostida nazorat qilish uchun barcha o'tkazishlar tehnikasi ustida ishlash.







  1. rasm. O'yinchilarni yarim maydonda harakatlinish

Mashqningbayoni: Barcha o“yinchilar to‘pga ega va chegaralangan hududda joylashadilar (masalan: o‘yinchilar maydonning yarmida yoki 3 ochkoli maydon ichida joylashadilar va h.k.). Belgilangan maydon ichida o‘yinchilar to'pni olib yurgari holda o‘z sheriklarini to‘pini urib chiqarishga harakat qiladi. O^yinchilar soni kamaygan sari belgilangan hudud ham kichrayib borishi kerak (masalan: markaziy doira yoki 3 soniyali zona).
Murabbiy ко ‘rsatmalari: О'yin jarayonida o‘yinchilar past holatda va boshlarini tik tutgan holda to‘p olib yurishni bajarayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. Yutgan iamoa rag"batlantirilishi kerak (masalan: ular birinchi suv ichishlari yoki tezlanib yugurishlami bajarmasliklari mumkin).


O‘rgatish va jarayonida qo‘llaniladigan texnik vositalar
Basketbol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o'tkazishda o‘ziga xos bo‘lgan jihozlar hamda asbob-anjomlardan foydalaniladi. Bu jihozlar va asbob-anjornlar basketbol harakatlariga o‘rgatish, hosil qilingan malakalarni takomillashtirish, shug‘ullanuvchilaming jismoniy tayyorgarliklarini va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samara'i vosita bo‘lib hisoblanadi.
Jihozlar va asbob-anjomlami ta’sir ko 'rsatisb xususiyatlariga qarab ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. texnik-taktik tayyorgarliklar uchun (81 - 82-rasmlar).

  2. jismoniy tayyorgarliklar uchun.

Texnik tayyorgarlik ko‘p-yillik pedagogik jarayon bo‘lib, o‘zining muqsadi, vazifalari, mohiyati va mazmuni bilan basketbolga xos harakatlar (o‘yin usullari) texnikasiga o‘rgatish, ularni takomillash- tirish hamda mukamallashtirishga qaratiladi. Uning asosiy maqsadi busketbolga dastlabki o'rgatish bosqichidan boshlab ko‘p-yillik sport Ircnirofkasining barcha bosqichlarida o‘yinga hos harakat funksiya- larini (holat va harakatlanish, to‘pni urib yugurish, uzatish, ilish, suvatga tashlash va h.k.) texnik jihatdan shakllantirish va mukatn- mallashtirish hamda texnik mahoratni bar tomonlama yo‘nalishda suyqal toptirishdan iboratdir.
Texnik tayyorgarlikning vazifalari har bir usul texnikasiga xos koordinasion biomexanik va kinematik xususiyatlarni bir-biriga mos turlibda shakllantirishga qaratiladi.
Ko'p-yillik sport trenirovkasi jarayonida texnik tayyorgarlik bir- biri bilan uzviy bogdiq bo'lgan uch bosqichda amalga oshiriladi:boshlang‘ich o‘rgatish bosqichi;

  • chuqurlashtirilgan o‘rgatish bosqichi (ixtisoslashtirish bosqichi);

  • takomillashtirish va mukammallashtirish bosqichi;

Yuksak natijaiar sari o'ta keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol musobaqalari o'yinchilardan har tomonlama shakllangan, o‘zgaruvchan vaziyatlami “yengishga” qodir texnik tayyorgarlikni talab qiladi. O'yin texnikasi doyirasini keagaytiruvchi yangi usullar avlodini yaratish, uzoq muddatii musobaqa sikllari bilan bog‘liq katta yuklamalarga bardosh fceruvchi serqirrali va mukammal texnik tayvorgarlika erishish imkoniyati uni erta yoshlikdan boshlab ko'p-yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida muntazam qoTlaniladigan rnuvofiq innovasion mashqlar evaziga yaratilishi mumkin, Binobarin, texnik tayyorgarlikning bunday darajada sayqal topishi uch bosqichga bo‘linadi.

  • dastlabki mode! texnikani o'zlashtirish;

  • uni shakllantirish, mukammallashtirish va yangi texnik usullar doirasini kengaytiish;

  • yuksak texnik mahoratga erishish.

Har bir bosqichda o'ziga. xos uslub va vositalar, shu jumladan texnik-innovasion vositalar, asta-sekin murakkablashtira borish prin- sipiga asoslangan tartibda qo‘llaniladi.
Texnik tayyorgarlik jarayonida tayyorlov, yordamchi, yondosh- tiruvchi, taqlidiy va texnik vositalar asosida o‘zlashtirilgan-holat va harakatlanishlar, to'pni o‘ng va chap qoTda-chap va o‘ng qoTda yon- lama holatda (raqibga teskari holatda undan to'pni berkitib) hamda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda (dribling) urib harakatlanish (yugurish), uzatish, ilish,savatga tashlash texnikasi avval yakka tartib­da (raqib qarshiligisiz) takornillashtiriladi vmukammal darajaga yyetkaziladi. So‘ng ushbu o’yin malakalari va ularnmng usullari vaziyatli o‘yin, musobaqa hamda modellashtirilgan mashqlar yordamida “chaxlantiriladi”. Bunday mashqlar “to'pni uzat-bo'sh joyga chiq”, “uchlik”, ”8-shaklida”, 1:1, 2:2, 2:3, 3:3, 3:4 tarkibli o'yin andozalari shaklida qoilanilishi mumkin.

Yüklə 241 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin