Xulosa.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z- o’zini anglashini jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’zo’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatl ari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir
xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabat larda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr- qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga ko’proq moyilligidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, oila bag’ishlangan kontseptsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bos qichga ko’tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6 -sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to’g’risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. SHuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. SHu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |