Mavzuning dolzarblligi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Kurs ishi maqsadi: Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili:
Kurs ishi ob’ekti: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand, avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi. 1999 yil — Ayollar yili: Ona xayotning boshi.
Kurs ishi predmeti: SHunday ekan jamiyatda ayollar ahvoli uning kelajakni belgilovchi asosiy omil bo’ladi. U nafaqat kelajakni dunyoga keltiradi, balki, uning tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Ona tarbiyasi o’rnini hech bir narsa bosolmaydi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov 1999 yil 7 dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami tantanalarida bu 2000 yilni — Sog’lom avlod yili, deya e’lon qildi. Bu bilan yuqorida sanab o’tilgan barcha maqsadlar, niyatlar bir narsaga — ya’ni, buyuk kelajak barpo etishga qaratilganligi kunday ravshan bo’ldi.
Kurs ishining vazifasi:O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.