Pedagoglar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. To’g’ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega bo’ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar o’rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bo’lishi kerakki, ota-onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg’onsin.
Ikkinchi, yanada ahamiyatli bo’lgan vazifa – oilani pedagogik ko’nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzda
tashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana o’zining farzandini
tarbiyalashdagina ema, balki butun sinning tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini ko’rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini to’ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, o’zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.
Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:
- oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o’rganish;
- oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bo’yicha guruxlash;
pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bo’yicha dastur tuzish;
tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;.
Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning o’rtasidagi munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar to’sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, o’ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun pedagoglarning o’zlari tashabbus ko’rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib ko’pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-tuman usullarini ishlab chiqish mumkin.
Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi
bir martalik yordam ko’rsatish;
ota-onalarning qobiliyatlaridan ba‘zan mashg’ulotdar o’tishda foydalaniladi;
ota-onalar doimiy ravishda yordam ko’rsatadigan ko’ngilli
yordamchilarga aylanadilar;
ota-onalar sinfda ishning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga yordam
beradilar;
5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan ko’p masalalarni
muhokama qilishda ishtirok etadilar;
Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir malakalarni o’rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari ko’payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bo’lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam vaqo’llab-quvvatlash ota-onalarga o’zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e‘tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bo’lishini ta‘minlaydi. O’zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bo’ladilar.
Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida ish ko’radi. Pedagoglar va oila a‘zolari o’rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini to’g’ri tanlashiga ham bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani shakllanishida maktab va oilaning o’zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir
Dostları ilə paylaş: |