I bob. Bolalarda son sanoq haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish


Maktabgacha yoshdagi bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə12/14
tarix09.06.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#127735
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bolalarda son sanoq haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish

Maktabgacha yoshdagi bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish. Maktabga tayyorlash guruhida bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish vazifasi qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarga 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik pullarning kartondan qirqilgan namunalarini tarqatadi. Ularni qarab chiqishni taklif qiladi. («To‘g‘ri, bular pullar deyiladi»). "Qaranglarchi, u erda qanday raqamlar turibdi? – deydi tarbiyachi: - Qaradinglarmi? Bir so‘mlikni toping, ko‘rsating (o‘zi tegishli chaqani ko‘rsatadi). 200 so‘mlikni toping, unda 2 raqami bo‘lishi kerak. Besh yuz so‘mlikni, toping, 100 so‘mlikni, toping. Hozir «Do‘kon» o‘yinini o‘ynaymiz. Hamma so‘mlarni oldingizga qo‘ying. (Tarbiyachi oldindan qimmatlari (qancha turishi) ma’lum bo‘lgan buyumlarni tayyorlab qo‘yadi, bir varaq oq qog‘oz— 100som, bir varaq rangli qog‘oz — 200 so‘m, qora qalam – 300 so‘m, daftar 300 so‘m, rasm – 500 so‘m). Do‘kon ochiq, nima qancha turishini bilish kerak. Bir varaq oq qog‘oz 100 som turadi. Bir varaq oq qog‘oz uchun to‘lash kerak bo‘lgan pulni ko‘rsating. Bu rangli qog‘oz varag‘i esa – 200 so‘m turadi. Shunday pulni ko‘rsating. Bu erda daftar ham sotiladi. U – 300 so‘m turadi. 300 so‘mlik pulni toping, buning uchun 1ta 100 so‘m va 1ta 200 so‘m kerak bo‘ladi. Rasm 500 so‘m turadi. 500 so‘mlikni toping va ko‘rsating» va h. k. «Do‘kon» o‘yinini, 2-3 mashg‘ulotda, har xil buyumlardan foydalanib, takrorlash mumkin. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar egallagan bilimlarini hisobga olib, mashqlar tashkil qilish kerak. Masalan, 5 ta 100 so‘mlik, 2 ta 200 so‘mlik, 1 ta 500 so‘mlik lardan iborat pul birliklaridan foydalanish mumkin. Bolalar sonning 79 birliklardan, 2 ta kichik sondan iborat tarkibini o‘rganishgan. Oldin bolalarga 500 so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan, keyin 1000 so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan ish ko‘radigan mashqlarni berish tavsiya etiladi.Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar. Maktabgacha yoshdagi bola ta’limini bola o‘rganayotganini tushuna oladigan darajada qilish kerak. Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga gurunch solingan tog‘orachani qo‘yamiz. Bolaga shu tog‘orachadan 5 qoshiq gurunch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq gurunchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga «Endi olgan gurunchingni tog‘orachaga qaytarib sol va sana» deymiz. Maktabgacha yoshdagi bola gurunchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay darajada to‘laligiga mutlaqo e`tibor bermaydi. Bola to‘rtgacha sanagandan keyin 133 «Necha qoshiq gurunch qoldi?» - deb so‘raymiz. «Bir qoshiq, - deb javob beradi u. Tekshirib ko‘rishni taklif qilamiz: Bola bilan birga gurunchni qoshiqqa (to‘ldirib) solamiz. Gurunch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo‘ldi, degan savol bolani boshini berk ko‘chaga tiqib qo‘yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni shunday o‘qitish kerakki, uni o‘rab olgan tabiat (borliq) u uchun tushunarli bo‘lsin. Ota-onalar bunda unga yordam berib, muhim o‘zaro aloqalarni va o‘zaro bog‘lanishlarni ko‘rsatish, mulohaza yuritishga, solishtirishga o‘rgatishi kerak.


Xulosa:
Psixologik, pedagogik tadqiqotlami ko'rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda m atematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta’lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, m antiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta ’lim jarayonida bunday sharoitlaming yaratilishi masalani yechishda o‘iganilayotgan bilimlami mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini rivojlantirish, m uam m oni yaqindan ko‘ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani yechishda psixologlaming birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan biiga tug‘ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlami tarbiyalashda maktabgacha ta’lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi m aktabgacha ta ’lim oldiga o ‘sib kelayotgan yosh avlodlarga ta ’lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takom illashtirish vazifasini q o ‘yadi. Pskologlar, pedagoglar va m etodistlar tajribali o ‘qituvchilar bilan birgalikda m atonat bilan darsni tashkil etish yo‘llari, shakllari ham da uslublarini izlashm oqda, bilim va ko‘nikm alar sifatini ko‘tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. Ta’lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talaolarini qo‘yayotganda yosh avlod bilan m atonatli xizmat qilish m uhim dir, maktabgacha ta ’lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o ‘zlashtirilgan bilim lar olingan n atijalar asosida b olalarda m atem atik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. Mantiqiy masalalar bolalarning bilishga bo‘lgan qiziqishini faollashtiradigan, ijodiy qobiliyatni shakllantiradigan kuchli vositadir. Bu jarayonda o'yin texnologiyalari alohida ahamiyatga ega.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin