I-BOB. Bolalarning nutqini o’stitish fanining ilmiy nazariy asoslari
1.1 Bolalar nutqini o’stirish fanining maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi» - deyilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur.
Pedagog kadrlarning uzluksiz ta’lim olishini tashkil etish muammolari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon ta’limini rejalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo‘yicha institute (Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy muassasalarda tadqiq etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.
Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev).
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.
_______________
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 23-b.
S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari,
o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova va boshq.).
Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866–1944) talantli pedagog va yirik jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yordam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani yaratish ustida ishlagan.
Y.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillaridayoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida inqilobgacha bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.I.Tixeyevaning pedagogik nazariyasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.I.Tixeyevaning «Ona tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim masalalarni til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xalqiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan. Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar singari oilada orttiriladi. Ye.I.Tixeyevaning fikricha, мaktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim».
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan olg‘a surilgan asosiy vazifasi – bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur.
Ikkinchi vazifa – bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat.
Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor.
Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojlanishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi.
Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaningasosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning
turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir14. Ilmiy va amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib brogan ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50–60-yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo‘lim – grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar».
___________________
Ушинский К.Д. Родное слово // Собр.соч. – М., 1949. Т. – С. 242–243
Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№ 9. С.95–108.
Ушинский К.Д. Родное слово. // Собр.соч. - М., 1949. Т. – С. 242–243
Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Педагогика, 1982. Т. 2.
Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№ 9. С.95–108
Dostları ilə paylaş: |