I-bob. Bolalarning nutqini o’stitish fanining ilmiy nazariy asoslari


Bolalar nutqini rivojlantirishning tashkiliy pedogogik va metodik ishlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#162127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Курс иши

1.2 Bolalar nutqini rivojlantirishning tashkiliy pedogogik va metodik ishlari.

Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi.


Metodist olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflarning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda ularning ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalarni hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:
– tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi);
– aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish);
– so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
– nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namunaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);
– nutq sur’atini rivojlantirish;
– nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya’ni
nutqning ongli ifodalanishi);
– nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;
– nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– nutq’iy nafas olishni shakllantirish;
– o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalarning roli benihoya kattadir.
Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:
a) tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo‘lishlariga;
b) tabiiy ohangda gapirishlariga;
d) so‘zlashganda suhbatdoshining yuziga qarab turishlariga;
e) qo‘llarini bamaylixotir holatda tutib turishiga e’tibor bermoq zarur.
Bizga ma’lumki, til bilan tafakkur o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ular bir-birisiz yashamaydi.
Manbalar tahlili shuni tasdiqlaydiki, maktabgacha katta yoshdagi
bolalarning so‘z boyligini rejali, tarzda izchil kengaytirib borish zarur.
Bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun:
a) nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlarini oldindan ajratish
va ular bilan tanishtirish;
b) bolalarning eslab qolishi va to‘g‘ri talaffuz etishi, so‘zlashganda tez-tez foydalanishi, ahamiyatini tushunishi, zarur bo‘lgan so‘zlarning taxminiy ro‘yxatini tuzish lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning faol lug‘atini boyitishda ularni tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim vosita sanaladi, tadqiqotchi A.M.Borodich shunday deb yozadi: «Bolalarni borliq bilan tanishtirishning ikkita yo‘li bor»:
1) hissiy organlar bilan tashqi olamni bevosita idrok etish – bolalar predmetlarni kuzatadilar, ushlab ko‘radilar, eshitadilar, tatib ko‘radilar, u bilan harakat qiladilar;
2) bolalar tevarak-atrofdagilar haqida bevosita ma’lumot oladilar; tarbiyachi mehnat kishilari to‘g‘risida, tabiat bilan bog‘liq hayot haqida gapirib beradi, bolalar kuzatgan hodisalarni tushuntiradi, kitob o‘qib beradi, rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar namoyish etadi.

_______________


Edited by Mary Rafferty “A brief review of approaches to oral language development” USA 2014 y.

Xuddi mana shu tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash uchun asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi.


Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi.
Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so‘zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Afsuski, bu masalaga tadqiqotchilar tomonidan ham tegishli darajada e’tibor berilmaydi. Ta’limiy-tarbiyaviy jihatdan nihoyatda dolzarb bo‘lgan bu muammo nazariy-metodologik va metodik jihatdan tadqiq etilmagan va ishlanmagan.
Hozirgi davr tadqiqotchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun (shu jumladan, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ham) namunaviy faol va passiv so‘zlar lug‘atini (hech bo‘lmaganda taxminiy) tuzishlari ham kun tartibidagi dolzarb masaladir. Ayniqsa, 5, 6 va 7 yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar tuzish nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, nafaqat so‘zlarning miqdoriy tarkibini aniqlash (1500, 2000 yoki 3000 – 4000 so‘z), balki ularni mavzular va hayotiy ahamiyati bo‘yicha ham hisobga olish muhimdir.
Shunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat tevarak-atrofni o‘rganish, obyektlarni asosli ravishda tanlash, balki ayni paytda eng ahamiyatli so‘zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi (ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi) bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin:
– ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq so‘zlar;
– maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar;
– bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan so‘zlar;
– hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlarni anglatadigan so‘zlar;
– hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan so‘zlar;
– jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so‘zlar;
– inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;
– buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va hokazolarni anglatuvchi so‘zlar;
– pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat,
qadriyat) kabilar bilan bog‘liq so‘zlar;
– ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
– tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
– badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
– savod o‘rgatishda;
– o‘yin faoliyatida;
– ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.
Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar metodik jihatdan muhim g‘oyani ilgari suradilar: «Bolani nutqqa o‘rgatish, – deb yozadi ular, – unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik
belgilar (intellektni mashq qildirish) ma’nosini tushunishni osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros va tuyg‘ularni mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalashni o‘rgatish, adabiyot me’yorlarini eslashni osonlashtirishga
ko‘mak berish demakdir».
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralarni qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e’ibor qaratadilar.
Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
- Nutqni rivojlantirish – bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
- Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.
- Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.
«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya’ni: otlarni turlash, eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni tuslashni bilishi lozim. Harakat belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun bolalar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin gapirdi, chapga burildi va boshq.
_____________________
Flerina Ye.A. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z. – M., 1933.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin