2. Huquqshunoslik darslarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni
Bugungi kun talablaridan biri — o’quvchi yoshlarni erkin, mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishimuqarrar. Mustaqil fikrlashning ahamiyati beqiyos katta. O’quvchilarda erkin fikrga egaqilish pedagoglarning eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shundan kelib chiqib, har birpedagog o’zining asosiy e’tiborini quydagilarga qaratishi lozim:
-O’qitish jarayonida o’quvchilar bilan hamkorlik qila olish;
-Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar faolligini oshirish;
-O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish;
- Davlat va huquq asoslari darslariga o’quvchilar qiziqishini o’stirish.
Hozirgi kunda o’quvchilarning bilim va amaliy ko’nikmalarini muntazam egallab borishlariga erishish o’quvchining muxim vazifalaridan xisoblanadi. Bu vazifanio’quvchilarning mustaqil ishlarisiz hal etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham dars va darsdantashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida e’tibor berishlozim. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishiiig metodik usullari xilma- xildir.Mustaqil ish sinfda va uyda sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida hambajariladi.O’qituvchining vazifasi sinf o’quvchilarining ish faoliyati ustidan nazorat qilish,ular mustaqil ishni ongli bajarishlariga erishishi lozim. O’qituvchining rahbarlik roli shungaqaratilgan bo’lishi kerak. O’quvchi dars jarayonida u yoki bu masala yuzasidan fikrmuloxazalaryuritsin, o’ylab ko’rsin, o’z fikrini bayon qilsin, xulosalar chiqarsin.O’quvchilarga darsda yangi ma’lumot berish jarayonida o’qituvchining bayonioldindan belgilab qo’yilgan savollar yordamidagi suhbat bilan qo’shib olib borilsa,o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun katgaimkoniyat tug’iladi. Bunda o’qituvchi butun dars davomida shu faollikni saqlashi vao’quvchilarning mustaqil fikrlashini kuzatib borishi lozim. Shu tarzda dars boshidanoxirgacha o’quvchilarning faol ishtirok etishlari va o’qituvchining savollariga mustaqiljavob berishlari asosida o’tadi. O’quvchilarning javoblari ongli, to’liq va mustaqil bo’lishikerak. Tadqiqotchi R.Boymirzaevaning ta’kidlashicha, “...ta’lim muassasalarida huquqiyfanlar doirasida huquqiy ong va huquqiy madaniyat mavzusini alohida o‘qitish jarayonidainnovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, tegishli qonun hujjatlarida vadasturlarda ushbu masala ustuvor vazifa sifatida belgilash kerak”, deyiladi.
O’quvchilar savollarga javob berishda hamma vaqt ham o’rganilayotgan materialningtomonlarini to’liq ochib bera olmaydilar. Bunday vaqtlarda asosiy savollar bilan birgaqo’shimcha savollardan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Yordamchi savollar malummaqsadga yo’naltirilgan bo’lishi, berilgan savolga javob berishda ochilmay qolgano’rinlarni to’ldirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Shuning uchun bunday savollar o’qituvchitomonidan sharoitni xisobga olgan holda beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki,o’quvchilarda huquqga oid bilim va malakalarni vujudga keltirish jarayonining hammatarkibiy qismlarini bir darsning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. Bu ishda o’quvchilarningmustaqil mutolaasi, darsdan tashqari mashg’ulotlar katta ahamiyatga ega.
O’quvchilarga davlat va huquq asoslari fanidan eng muxim manba - darslikdir. Undantashqari xujjatlar bilan ishlash, badiy, huquqiy adabiyotlardan foydalanish, mavzuga oidreferatlar yozish, tarixiy mavzularda kechalar, ma’lum bir mavzuda munozaralar o’tkazishham o’quvchilarni ta’limiy o’stirish vositasi hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilargadarslikdagi savol va topshiriqlarni muntazam bajarishga odatlantirish orqali mustaqilravishda aqliy faoliyat bilan shug’ullanishi, tarixiy xodisalarni taqqoslab ko’rishi, tushunchalarni umumlashtirishni, ijtimoiy xodisalar sabablarini aniqlashni, asosiy sababniasosiy bo’lmagan sababdan ajratishni, to’g’ri xulosa chiqarishni, xulosalarni asoslabberishni o’rgatib borishi kerak. O’quvchilar o’qituvchi bergan topshiriqni bajarishjarayonida mustaqil holda izlanadi, fikr yuritadi. Eng muhimi mustaqil fikrlashga o’rganadi.
O’qituvchi o’quvchi fikrini tinglashi, so’ngra esa uning kamchiliklarini muxokama qilishjarayonida sinf o’quvchilarini bahsga chorlashi yaxshi natija beradi. Fikr - muloxaza bahsjarayonida tug’iladi. Sinfdagi barcha o’quvchilarni bahsga chorlash ularni rag’batlantiribturish, o’quvchilarni cho’chimay o’z fikrini ochiq aytishga, erkin fikr bildirishga, o’z fikriniasoslab berishga - ijodiy fikrlashga olib keladi.
O’qituvchi qo’llaydigan metodik usullar o’quvchi fikrlash qobiliyatining o’sishidamuhim ahamiyatga ega. Bitta mavzuni turli xil metodik usul, vositalar bilan ochib berishmumkin. Masalan: ishlash, muammoli vaziyat yaratish, qiyosiy taxlil usullaridan,noan’anaviy usullardan foydalanish mumkin.O’quvchilarning fikrlash qobiliyati bilanbog’liq malaka va ko’nikmalariga quyidagilarni kiritish mumkin: huquqiy bilim beruvchimanbalarni tahlil qilish, tarixiy voqea va xodisalardagi eng asosiy, muxim narsalarni ajrataolish, huquqiy tushunchalarni ta’riflab berishga o’rgatish.O’quvchilarning fikrlashqobiliyati bilan bog’liq malaka va ko’nikmalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Huquqiy hodisalarning joyini aniqlash, huquqiy voqelikni tilga kiritish.
2. Voqealar va hodisalarni taqqoslash, qiyoslash.
3. Axborotlar, ma’ruzalar, referatlar tayyorlash, kichik badiiy-huquqiy asarlarni tahliletishga o’rgatish.
4. Huquqiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish, manbalarning eng asosiysini ajrataolish, huquqiy tushunchalarga ta’riflar berish.
Huquqiy bilim olgan shaxs o’z bilimini hayotda amaliyotda ishlata bilish, tadbiq etaolishi kerak. Masalan, bunday shaxs inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari , burchlaribo’yicha o’rganganlaridan hayotda foydalana olish, qonun asosida o’zini himoya qila olishilozim. Demak ,bugungi o’quvchilar ertaga huquqiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lganyetuk shaxs sifatida jamiyatning faol a’zolariga aylanadilar.
Shunday qilib, dunyoqarashning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan ana shumalakalarni takomillashtirib borish o’z-o’zidan o’quvchida erkin fikrlash qobiliyatiningshakllanishiga olib keladi.Maktab davri shaxsning shakllanishi jarayoni kechayotganbosqich hisoblanadi. Shu davrda o’z fikrini erkin aytishga, o’z qarashlarini himoya etishgaodatlanmagan.Bizning vazifamiz, har bir o`quvchiga to`g`ri va tezkor qarorlar qabulqilishni o`rgatish,huquqiy ongini rivojlantirish hamda qonunlarga hurmat nazari bilanqaraydigan shaxsni tarbiyalashdir .
___________________
Axundova S.L. Fanlararo aloqalar "Dunyoni bilish" fanining integrativ imkoniyatlarini amalga oshirish vositasi sifatida / Axundova S. L. // Zamonaviy fanning dolzarb muammolari.-2009. - N 2.-S. 52-56.
Dostları ilə paylaş: |