Kitob mutolaasi. (Nutq uslublari) Reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#151227
  1   2   3   4   5
6-Mavzu. Kitob mutolaasi


Kitob mutolaasi.


(Nutq uslublari)




Reja:

1. ”Kitobning yaratilish tarixi” matnini o’qib-o’rganish, tahlil qilish, topshiriqlarni bajarish


2. Nutq uslublari bilan tanishish
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.


1- tоpshiriq. Matnni o’qing va mazmunini ochuvchi tezkor so’rovlarga og’zaki javob bering.

Kitobning yatilish tarixi
Kitob nima? Bu savol ko’pchilik uchun ritorik tuyulishi mumkin. Biz har kuni, har soatda kitobga duch kelamiz va shuning uchun kitob nimaligini yaxshi bilamiz. Bu savol bir qarashda shunday tuyuladi, ammo iboraga e’tibor bersak ma’no kengligi e’tiborga loyiqdir. Masalan, Men kitobni stolga qo’ydim yoki yozuvchi yangi kitobni yozib bitirdi. Bu iboralardan kitob ikki xil tasavvur etiladi. Ulardan birinchisida moddiy madaniyat mahsuli haqida, bosmaxonada tayyorlangan muayyan shakli, o’lchamlari, haqida so’z yuritilsa, ikkinchisida ijtimoiy-siyosiy tafakkur, ilm-fan, adabiyot, san’at haqidagi asarlarning yaratilishini nazarda tutish mumkin. Birinchisida kitobning moddiy mohiyatiga e’tibor berilsa, ikkinchisida uning mazmuni ta’kidlanadi.
Kitob paydo bo’lgandan beri insonga hamrohlik qilib keladi. Kitob hamma davr va xalqlarning eng ulkan kashfiyoti bo’lib, ajdodlarning tajribasini jamlash va jamg’arishga ko’mak beradi. Qabilalar, odamlar, davlatlar yo’qolib ketavergan, ammo kitob qolavergan. Kitob – aql chirog’i Kitob – insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo’’tabar va muqaddas. Kitob insoniyat ongli hayotining, ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanalib kelinadi. Qadimiy dinlar mohiyatini belgilovchi barcha obidalar negizida ham kitob tushunchasi mujassam. Masalan, “Bibliya” – kitoblar, “Avesto” – “unasta” so’zidan olingan bo’lib kitobiy qoidalar, muqaddas “Qur’on” so’zi ham to’g’ri amallar, tamoyillarning ilohiy yo’riqlari tarzida, u yoki bu darajada kitobga nisbat berib nomlangan. Kitob shu tariqa ilohiy mohiyatga daxldorligi bilan ham muqaddasdir.
Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o’rganish bilan bog’liq katta jarayonni o’z ichiga oladi. Fan, adabiyot, san’at asarlaridan matbaada ko’pay- tirish va tarqatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezak, matbaa ijro- sini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni ko’plab chiqarish – kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi. Kitoblarni to’plash, saqlash, o’quvchilar o’rtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga kiradi. Kitob va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan o’quvchilarga ma’lumot-axborot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiyaning vazifasidir.
Kitobning paydo bo’lish tarixi yozuvning yaratilishi va shakllanish jarayoni bilan uzviy bog’liq. Yozuvning tuzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o’ziga xos tomoni va boshqalar ma’lum darajada kitobning tuzilishini ham belgilab berdi.
Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga ko’ra, hajmi 48 sahifadan kam bo’lmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni shartli ravishda Kitob deyish qabul qilingan.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin