Kitob mutolaasi. (Nutq uslublari) Reja


Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#151227
1   2   3   4   5
6-Mavzu. Kitob mutolaasi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi.
(So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari)


Reja:
1. “Yurtimizdagi yirik kutubxonalar” matnini o’rganish, tahlil qilish
2. So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari
3. Mavzu bo’yicha mashq topshiriqlar ustida ishlash



Hozirgi paytda hayotimizni kitoblarsiz va kutubxonalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Maktab o’quvchisi ham, dehqonu chorvador ham, ishchi-yu xizmatchi ham, talabalar va barcha ziyolilar o’zlari qiziqqan sohalariga oid kitoblarni o’qib turadilar. Sharqda kitobni nondek e'zozlaydilar.
Kutubxona — bu bir kishi yoki ko’pchilik tomonidan yig’ilib, saqlanadigan kitoblar to’plami hamda barcha savodxon va ijodkorlar uchun ilm-ma'rifat maskanidir.
Kutubxonalar bir necha ming yillardan beri mavjud. Mamlakatimizda ham dastlabki kutubxonalar bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan. Qomusiy bilimlar egasi boigan Muso Xorazmiyning 20 dan ortiq, Ahmad Farg’oniyning 10 dan ortiq, Ismoil Buxoriyning 20 dan ortiq, Abu Nosir Forobiyning 160 dan ortiq, Ibn Sinoning 450 dan ortiq, Beruniyning 160 dan ortiq, Zamaxshariyning 50 dan ortiq turli fanlarga oid asarlar yaratganliklari ham yurtimizda kitob, kutubxona, ilm-ma'rifatga qiziqish qadimdan katta bo’lganligidan dalolat beradi. Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur hukmronlik qilgan paytlarda kutubxonalar madrasalar qoshida, saroylarda bo’lgan. Kutubxonalardan ko’proq mudarrislar, talabalar, shoiru olimlar foydalanishgan.


1- tоpshiriq. Matnni o’qing va mazmunini sharhlang. Savollarga og’zaki javob bering.


Yurtimizdagi yirik kutubxonalar
Bugungi kunda esa har bir korxonaning, har bir maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtining o’z kutubxonasi bor. Tuman, shahar, viloyat miqyosida aholiga xizmat ko’rsatadigan katta-katta kutubxonalar mavjud. Hatto ayrim kishilarning ham boy shaxsiy kutubxonalari bor.
Respublikamizdagi eng katta kutubxona — Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat kutubxonasidir. Bu kutubxona 1870-yilda tashkil etilgan. Bu kutubxonada dunyoning ko’pgina tillaridagi 5 milliondan ortiq kitob mavjud. Bundan tashqari, bu kutubxonada O’zbekiston, O’rta Osiyo tarixi, ilm-fani, adabiyoti, madaniyatiga oid necha minglab noyob qo’lyozmalar saqlanmoqda.
Samarqand shahri ham qadimiy ilm-fan markazlaridan hisoblanadi. Bu yerda ham kutubxonalar ko’p. Samarqand shahridagi eng katta va boy kutubxona SamDUning ilmiy kutubxonasidir. Bu kutubxona 1927-yili tashkil topgan. Hozir bu kutubxonada qariyb 3 millionga yaqin ilmiy, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar mavjud. Bu kitoblar o’zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, arab, fors-tojik kabi 50 dan ortiq tillardadir. Ilmiy kutubxona ikki qavatli binoda joylashgan. Birinchi qavatda kitoblarni saqlash, ma’lumotlar va kartotekalar bo’limlari joylashgan. Ikkinchi qavatda katta va yorug’ o’quv xonasi, chet tillardagi adabiyotlar, sharq qo’lyozmalari, gazeta va jurnallar, badiiy va ilmiy asarlar saqlanadigan bo’limlar hamda professor-o’qituvchilar uchun alohida qiroatxona joylashgan. Ilmiy kutubxonaning ikkita katta filiali liam bor. Ularda talabalar ko’proq o’quv adabiyotlarini o’rganish bilan mashg’ul bo’ladilar.
Ilmiy kutubxona har kuni ertalab soat 8 dan kech soat 20 gacha ishlaydi. Kutubxonaning o‘quv xonasi ertalabdan kechgacha ilmiy xodimlar, professor-o’qituvchilar va talabalar bilan gavjum bo’ladi. Kutubxona xodimlari kutubxonlarga kitoblarni izlab topish va tanlashda yordam beradilar.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin