Kitob mutolaasi. (Nutq uslublari) Reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#151227
1   2   3   4   5
6-Mavzu. Kitob mutolaasi

Mavzu yuzasidan savollar:
1. Kutubxona so’zining ma’nosini qanday sharhlaysiz?
2. Jamiyat, muassasalar va umuman insoniyat uchun kutubxonaning qanday ahamiyati bor?
3. Sizning shaxsiy kutubxonangiz mavjudmi? Unda nechta kitob jamlagansiz?
4. Kutubxonalarning yuzaga kelishiga nima sabab bo’lgan deb o’ylaysiz?
5. Oxirgi marta qachon va qayerdagi kutubxonaga borgansiz va qanday kitob olgansiz?


So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari

So‘zlashuv uslubi til birliklarini tanlash va ularni qo‘llashning nisbatan erkin uslubidir. Bu uslub o‘z xususiyatlariga ko‘ra ikki turga: adabiy so‘zlashuv uslubi va oddiy so‘zlashuv uslubiga ajratiladi.
Adabiy so‘zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining keng tarqalgan va barcha sohalar uchun bop turi bo‘lib, u adabiy me’yorlarga mos, ishlangan va tartibga solingan bo‘ladi.
Adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o‘qitish ishlari, tarbiya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi.
Oddiy so‘zlashuv uslubi nutq muomalasi jarayonida (erkinlik bilan) adabiy til hamda sheva elementlari ishtirok etishi, fikriy idrokni keng qamrovli bayon etishi bilan ta’riflanadi. Bu uslubda so‘z tartibi qoidaga nomuvofiq bo‘lishi (kecha konsert bo‘ldi klubda); ko‘ch-ma, obrazli emotsional vositalar ko‘proq (g‘ayrat qil, shalvirama; Alini qarang, og‘zi qulog‘ida kabi) dialogik shaklda bo‘lib, to‘liq-siz gaplar va imo-ishoraning ko‘p ishlatilishi (Kelyapti (navbatchi), Ketdimi?— Ha, kabi), takrorlar (Kelib-kelib shu gapni topdingmi?), talaffuzda erkinlik (na’lat (la’nat), yangitdan (yangidan), opti (olibdi) kabi) yaqqol namo-yon bo‘ladi. Oddiy so‘zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallashtirish-da keng qo‘llanadi.
 1-mаshq. O‘z shevangizga xos so‘zlashuv uslubining belgilarini adabiy til me’yorlari bilan qiyoslang va farqlarini tushuntiring.
1- tоpshiriq. Tarjimayi holingizni yozing. Bu matnning so‘zlashuv uslubidagi matnlardan farqini izohlang.

 2-mаshq. Dastlab O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ini o’qing. So’ng har bir bitik mavzusiga o’zingiz ham xohlagan ikkitasiga mustaqil ijodiy yosndashib og’zaki-yozma uslubda qisqa va lo’nda jumlalar tuzib ko’ring.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin