I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tamoyillaridan biridir. U ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligani, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifa-tida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarih va madaniyatini hurmatlashga yo’naltirilgan yangi tarbiya tizimini taqozo qiladi. Ushbu davlat buyurtmasini mukammal bajarmoq uchun uzluksiz ta’lim tizimi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari nuqtai nazaridan isloh qilinmoqda. Chunki bu O’zbekiston uchun muhim strategik, siyosiy zaruratdir.
Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik — milliylik» tushunchalari orasida «tsivilizatsiya — ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon — milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keddi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi.