I bob. Davlat byudjeti xarajatlari ijrosining 3



Yüklə 132,21 Kb.
səhifə2/11
tarix10.05.2022
ölçüsü132,21 Kb.
#57415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vahobov SH.2 O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosini tashkil etishda g‘aznachilik faoliyatining zarurligi, xususiyatlari va ahamiyati

Kurs ishining maqsadi byudjet islohotlarni jadallashtirish sharoitida byudjeti xarajatlari ijrosini tashkil etish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishning maqsadidan kelib chiquvchi vazifalar quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjeti ijrosini tashkil etishning nazariy asoslarini o‘rganish;

  • byudjet ijrosini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘rganish;

  • davlat byudjeti xarajatlari ijrosini tahlil qilish asosida byudjetning ijrosini tashkil etish xususiyatlarini o‘rganish;

  • davlat byudjeti xarajatlari ijrosining samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganish, izlanishlar yuzasidan xulosa va takliflarni shakllantirish va ularni nazariy jihatdan asoslab berish.

Kurs ishining tadqiqot predmeti sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tizimida byudjet ijrosini tashkil etish yuzasidan yuz beradigan iqtisodiy munosabatlar tizimining amal qilish mexanizmi tanlab olindi. Kurs ishining izlanish ob’ektini byudjet ijrosini tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya Vazirligi, hududiy moliya boshqarmalari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan tadbirlar tizimi tashkil etadi.

Izlanishning nazariy ahamiyati xorijiy va o‘zbek iqtisodchi olimlarining turli darajadagi byudjetlarni byudjetlarni ijro etish masalalariga doir asarlarini o‘rganish asosida bitta kichik hajmdagi ilmiy ishda byudjet xarajatlari ijrosini nazariy jihatdan yoritib berilganligida namoyon bo‘ladi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda bugungi G‘aznachilik sharoitida davlat byudjeti xarajatlari ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan xulosa va tavsiyalar shakllantirilgan.

Kurs ishi kirish qismi, 5 ta paragrafni qamrab olgan 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.



Yüklə 132,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin