Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy etish, byudjet mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bunda navbatdagi qadam bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 28.02.2007 y. PQ-594-son Qarorining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qarorning ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti‖ boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Mazkur qaror bilan Moliya vazirligi G‘aznachilik zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar ichida quyidagilar ham bor:
davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish.
Bu vazifalardan kelib chiqqan holda, G‘aznachilik Davlat byudjetining pul mablag‘larini rejalashtirish va boshqarish bilan bog‘liq aniq faoliyatlarni amalga oshiradi. Uning bu boradagi faoliyati ―Davlat byudjetining pul mablag‘larini rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom‖5 bilan tartibga solinadi.
Avvalo shuni ta’kildash kerakki, davlat byudjetining pul mablag‘larini boshqarish deganda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlaridagi (yagona g‘azna hisobvarag‘idagi) hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi valyuta hisobvaraqlaridagi (milliy va xorijiy valyutadagi) pul mablag‘larini boshqarish tushuniladi .
Davlat byudjeti (milliy va xorijiy valyutadagi) pul mablag‘larini boshqarishning maqsadlari6 quyidagilardan iborat (2.1-rasm):
byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini operativ bartaraf etish;