2.1-rasm. Davlat byudjetining pul mablag‘larini boshqarish tartibi
18
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish va byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G‘aznachilik bo‘linmalari:
g‘azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag‘larini belgilangan tartibda ishlatishi;
tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan chiqishi;
mablag‘larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa
manbalardan (respublika byudjeti bo‘yicha) foydalanishi mumkin.
Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirish maqsadida kassali rejalashtirish amalga oshiriladi.
Kassali rejalashtirish quyidagilarga bo‘linadi:
Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga oshiriladi. Respublika va mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan daromad va xarajatlar yoyilmasi asosida Davlat byudjetining daromad va xarajatlari yoyilmasi tuziladi va tasdiqlanadi.
Respublika va mahalliy byudjetlarning joriy kassali rejalashtirilishi tegishli moliya yili uchun ma’lum muddatga (oy, oyning birinchi va ikkinchi yarmi), mos ravishda, G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan byudjetlarning tegishli yillik kassa rejalari, shuningdek respublika va mahalliy byudjetlarning oylik daromad prognoziga asosan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti bo‘yicha joriy kassali rejalashtirilish respublika va mahalliy byudjetlarning joriy kassali rejalashtirilishi natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Daromadlarning prognozi: respublika byudjeti bo‘yicha - har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan respublika byudjetining chorak hajmi doirasida unda mavjud ma’lumot (axborot)lar asosida hamda tuman (shahar) G‘aznachilik bo‘linmalari orqali olingan joylardagi tegishli davlat soliq xizmati organlaridan olingan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan, kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarga asosan;
tuman (shahar) mahalliy byudjetlari bo‘yicha - hududiy moliya organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli byudjetlarning chorak hajmlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tuman (shahar) bo‘linmalari bilan birgalikda ularda mavjud ma’lumot (axborot)lar asosida hamda joylardagi tegishli davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim qilingan kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarga asosan tuziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari bo‘yicha daromadlar prognozi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari bilan birgalikda, ularda mavjud ma’lumot (axborot)lar asosida hamda tuman va shahar G‘aznachilik bo‘linmalari orqali joylardagi tegishli davlat soliq xizmati organlaridan olingan, kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarga asosan tuziladi.
Byudjetga kutilayotgan tushumlarning prognoz oyi uchun umumiy summalarining hisob-kitobida tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va tegishli G‘aznachilik bo‘linmalari prognoz davrida tushmay qolishi mumkin bo‘lgan bir martalik (doimiy bo‘lmagan) tushumlarni e’tiborga olishga majburdirlar.
Bunday tushumlarga quyidagilar kiradi:
fermer xo‘jaliklariga Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tizimi bo‘yicha yo‘naltiriladigan maqsadli transh mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalaridan
"O‘zpaxtasanoat" uyushmasi korxonalariga tushadigan mablag‘lar; "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi korxonalari valyuta tushumining qisman sotuvidan tushadigan mablag‘lar;
byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi kreditor qarzdorlikni to‘lash uchun tushadigan markazlashgan mablag‘lar;
bir martalik tusga ega boshqa turdagi tushumlar.
Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi kutilayotgan tushumlarda inobatga olinmagan, bir martalik tusga ega tushumlar tushganda, tuman (shahar) G‘aznachilik bo‘linmalariga ilgari taqdim qilingan, kutilayotgan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritishga haqlidir.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va xarajatlar turlarining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash tegishli G‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘rnatilgan ustuvorliklar, shuningdek oylik daromadlar tushumi prognozi va tasdiqlangan oylik xarajatlar yoyilmasi asosida G‘aznachilik bo‘linmalari byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xarajatlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma (XTR)lar beradi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar faqat oylar kesimida berilgan XTR summalari doirasida yuridik va moliyaviy majburiyatlar oladi hamda xarajatlar to‘lovini amalga oshiradi.
Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish maqsadida XTR faqat tegishli davrda RG‘H va HG‘H (YaG‘H)ga tushishi kutilayotgan summalar doirasida beriladi.
O‘z vaqtida tushmagan daromadlar natijasida vujudga kelgan vaqtinchalik kassa uzilishlari holatida G‘aznachilik bo‘linmalari "Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga byudjet ssudalarini berish va olingan byudjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda7 ko‘zda tutilgan tartibga ko‘ra tegishli byudjetlar uchun rejadan tashqari byudjet ssudalarini jalb qilish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Buning uchun G‘aznachilik bo‘linmalari tegishli moliya organlariga asos bo‘luvchi kerakli hisob-kitoblarni ilova qilgan holda byudjet ssudasiga bo‘lgan talab to‘g‘risidagi xatni yuboradi.
Xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasi G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan har bir byudjetdan mablag‘ oluvchiga byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar baza smetasi summasi doirasida beriladi.
Respublika byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun XTRlarni berish qoida tariqasida oyda bir marta amalga oshiriladi.
XTR ko‘rsatilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ish haqidan ajratmalar, kapital qo‘yilmalar xarajatlari, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar, bir yilga tuziladigan shartnomalar bo‘yicha xarajatlar uchun butun moliyaviy yilga beriladi. Yillik shartnomalar tuzilmaydigan boshqa xarajatlar uchun XTR bir oy muddatga beriladi.
XTRlar respublika byudjetidan moliyalashtiriluvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilarga, mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilarga joriy kassa rejalariga asosan shakllantirilishi mumkin. Bunda, agarda daromadlar tushumi tegishli oyning oxirida kutilsa, XTRlar daromadlarning haqiqiy tushumiga qarab beriladi.
XTR summalarini hisoblashda xarajatlarni moliyalashtirishning quyidagi sanalarini inobatga olish lozim:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar - har oyning 1 - 5 sanalarida 60% miqdorida, har oyning 15 - 20 sanalarida 40% miqdorida, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
yagona ijtimoiy to‘lov - har oyning 1 - 5 sanalarida;
ijtimoiy nafaqalar (voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar) - har oyning 1 - 15 sanalarida.
XTR berilgan, biroq hali yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan, shuningdek kassa xarajatlari amalga oshirilmagan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ajratilgan byudjet mablag‘larining summasini kamaytirish zaruriyati paydo bo‘lsa, G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ilgari berilgan XTR summalarini kamaytirish maqsadida minus ishorasi bilan XTR beriladi. Bundan so‘ng tegishli moliya organlari tomonidan G‘aznachilik bo‘linmalari bilan birgalikda byudjetdan ajratilgan mablag‘lar summalarini aniqlashtirish choralari amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan byudjetlar doirasida XTRlarni berish uchun javobgarlik tegishli G‘aznachilik bo‘linmalariga yuklatiladi. Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi rejadan tashqari kassa uzilishlari holatlarida byudjet ssudalarini jalb qilish yoki byudjetdan ajratilgan mablag‘larga tegishli aniqliklar kiritish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar amalga oshirishi uchun moliya organlari javobgar bo‘ladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish hamda berilgan XTR summalari doirasida kassa xarajatlarini amalga oshirishga javobgardir.
Dostları ilə paylaş: |