I bob. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqini rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari


Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish usullari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/5
tarix08.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#109669
1   2   3   4   5
nutqni rivojlantirish

1.2. Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish usullari
Nutq egallash jarayonida bola shaxsining faolligi, tafakkur jarayonlarining harakatchanligi katta rol о‘ynaydi. Barqaror kо‘rish diqqati va xotira nutqiy nuqsonni kompensatsiyalash va nutqni rivojlantirishga kо‘maklashadi. Kar bolalarda nutqni shakllantirish maxsus о‘qitish sharoitida qoldiqli analizatorlardan foydalanishga asoslanadi.
Kо‘rib va eshitib idrok idrok etish, kinestetik sezgi, taktik vibratsiyali sezgirlik faol jalb qilinadi. Surdopedagog kar bolaga nutqiy apparat harakatlarini egallash, eshitib idrok etishni rivojlantirishda (ovoz kuchaytirish apparaturasidan majburiy foydalanish bilan) kо‘maklashadi. Zaif eshituvchi bolalarning nutqini rivojlantirish tabiiy yoritish sharoitida qoldiqli eshitish asosida amalga oshiriladi. Xatto og‘zaki nutqni idrok etish tо‘liqsiz bо‘lsa-da, bola og‘zaki nutqni mustaqil, biroq turli buzilishlari bilan, egallashga qodir. Intensiv rivojlanish va eshitishdan foydalanish uchun sharoit yaratilganida nutqning grammatik qurilishini mustaqil о‘rganish imkoniyati tezkorlik bilan ortadi. Keyinchalik kar bо‘lib qolgan bolalar shakllangan, rivojlangan nutqqa ega. Ularda nutq saqlanganligining turli darajasini kuzatish mumkin. Eshitish yо‘qotilguniga qadar keyin kar bо‘lib qolgan bolada nutqning rivojlanishi va lisoniy tafakkurning shakllanishi eshitish asosida tabiiy nutqiy muloqot sharoitida kechadi. Keyinchalik kar bо‘lib qolganlarning kо‘pchiligi og‘ir darajadagi eshitish nuqsoniga ega. Korreksion ta’limda nutqni kо‘rish yoki kо‘rish-eshitish asosida (ovoz kuchaytirish apparaturasi yordamida) idrok etishni shakllantirish vazifasi birinchi planga qо‘yiladi. Keyin kar bо‘lib qolgan bolalar og‘zaki nutqni kо‘rib idrok etish kо‘nikmalarini nutqni egallash vaziyatining о‘zidan keyin egallashlari lozim. Shu bilan ular eshitishida nuqsoni bо‘lgan boshqa bolalardan farq qiladi. Nutqiy rivojlanish bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Eshitishning pasayishi ijtimoiy muloqotning cheklanishini belgilaydi.
Bu cheklanish bola psixikasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bilish faoliyatining barcha sohalari defitsitga uchraydi (qiyinlashadi). Nutq, idrok, xotira, diqqat, tasavvur, tafakkur zarar kо‘radi. Hayotining dastlabki 2-3 oyida kar va eshitadigan bola о‘rtasidagi tafovut deyarli kо‘zga tashlanmaydi (YE.F.Rau, F.F.Rau). kar bolaning baqirig‘i va g‘о‘ldirashi eshitadigan bolanikidan u qadar farq qilmaydi. Kar bolalarda g‘о‘ldirash paydo bо‘ladi, ammo о‘z talaffuzini nazorat qilish imkoni yо‘qligi sababli u astasekin yо‘qolib boradi. Maktabgacha yoshda kar bolalarda ta’lim olib borilmasa, nutq shakllanmaydi. Turli ovoz reaksiyalari, tovush birikmalari, g‘о‘ldirash kuzatiladi. Ta’limsiz ovoz reaksiyalari soni kamayib boradi, ular tobora bir xillashib boradi, 5-6 yoshga kelib butkul yо‘qoladi. Ba’zan katta maktabgacha yoshdagi, nutqqa о‘rgatilmagan, bolalar о‘zining nutqiy muammolarini anglab yetadi, kishilar bilan muloqotga kirishni unchalik istamaydi, kattalar va eshitadigan bolalar bilan aloqadar о‘zini olib qochadi. Muloqotning nolisoniy vositalari miqdori bola kattalashgani sari kengayib boradi. Tabiiy imo-ishoralar kо‘payadi, bolalar bularni kattalardan nusxa oladi yoki о‘zi о‘ylab topadi. Ularning emotsional holatini tavsiflovchi bir xildagi qarashlar rivojlanadi. Tо‘rt yoshdan keyin kar va og‘ir darajali zaif eshituvchi bolalar nutqida tafovutlar yanada sezilarli bо‘ladi.
Zaif eshituvchi bolalarda xatto maxsus о‘qitishsiz ham talaffuz qilinadigan sо‘zlar miqdori ortib boradi. Ayrim bolalar «Oyi, te (Oyi, keling), oyi be (Oyi, bering)» tipidagi qisqa, agrammatik jumlalarni о‘zlashtiradi. Nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishlarni olib borishning asosiy shartlaridan biri eshitish-nutqiy muhitni yaratish sanaladi. U bola bilan eshitish apparatlaridan foydalanib, doimiy nutqiy muloqot qilishni kо‘zda tutadi. Gо‘dak yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish ishlari kattalarning yuzi, nutqi, predmetlarga kо‘rish va eshitishni jamlashga qaratiladi. Bu ish bola bilan kun davomidagi muloqot jarayonida, shuningdek, tizimli maxsus mashg‘ulotlarda uzoq muddat olib boriladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar hayotining 2-3-yilida nutqiy rivojlanish nisbatan yuqori sur’atga ega bо‘ladi. Turli predmet, hodisalarni bilgani tufayli bolada ularning nomlari lug‘ati, predmetlar bilan harakatlar shakllanadi.
Tuzilishiga kо‘ra sodda jumlalardan doimiy foydalanish ularning ayrimlari, tobora kо‘p takrorlanadigani tushunarli bо‘lishiga olib keladi. Bolani fe’llarning ma’nosini tushunishga о‘rgatish muhim, zero bu jumlalarni tushunish va qо‘llash uchun zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ilk yosh davrida boshlangan ishlar davom ettiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan oilada olib boriladigan ishlarni tashkil qilish va ularning mazmuniga talablar ilk yoshdagi bolalar bilan ishlarga qо‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Biroq turli yо‘nalishlardagi ishlar mazmuni kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Turli xil ishlarni о‘z ichiga oladigan mashg‘ulotlar har kuni olib boriladi. Bola bilan ishlar davomida eshitish apparatidan foydalaniladi.
Bolaning har tomonlama barkamol rivojlanishi jismoniy, mehnat tarbiyasi, atrof olam bilan tanishtirish, о‘yin faoliyati, tasviriy faoliyatni rivojlantirish, nutqni rivojlantirish ishlari, boshlang‘ich matematik tasavvurlarni shakllantirish, shuningdek о‘qishni о‘rgatishni о‘z ichiga oladi. Bola maktabga qabul qilinganda nutqni, idrokni, xotirani va umuman, tafakkurni rivojlantirish ishlari davom ettiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning potensial imkoniyatlari favqulodda keng. Tibbiyot bu kabi bolalarning eshitish qobiliyatini qaytarishga qodir emas. Biroq eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar umumiy va nutqiy rivojlanish darajasi bо‘yicha eshitadigan tengdoshlariga yaqin kela oladi.
Agar bolalar rivojlanishda qо‘shimcha nuqsonlarga ega bо‘lmasa, adekvat va maqsadli korreksion ishlar esa bola hayotining dastlabki oylaridan boshlansa, 3-6 yoshiga kelib, umumiy va nutqiy rivojlanish darajasini yosh normalariga yaqinlashtirish mumkin (xatto og‘ir darajadagi zaif eshitish holatida ham). Bunday bolalar keng jumlali (frazali) nutqqa ega, bolalar kabi kattalar bilan ham erkin muloqot qiladi, kо‘rganlari va hayotidagi ayrim voqayealar haqida hikoya qila oladi, ularga qaratilgan nutqni yaxshi tushunadi (kо‘rib-eshitib idrok etadi), she’rni yoddan aytib va xatto qо‘shiq xirgoyi qilib bera oladi. Ularning о‘z nutqi jarangi odatda eshitadigan bolalar nutqidan u qadar farq qilmaydi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar eshitish apparatlaridan foydalanadi. Keyinchalik ya’ni hayot davomida kar bо‘lib qolgan bolalar (4-5 yoshida eshitmay qolgan va bungacha nutqi saqlangan bolalar) ishlar о‘z vaqtida boshlangan va maqsadli olib borilgan sharoitda shunday yuqori natijalarga erishishi mumkin. Mavjud nutqiy kо‘nikmalarni saqlab qolish va ulrani takomillashtirishga, shuningdek.
Qisqa muddatlarda og‘zaki kommunikatsiyani boshqa sensor (kо‘rish-eshitish, kо‘rish, kо‘rish-vibrotaktil) asosda tiklashga erishilsa, keyin kar bо‘lib qolgan maktabgacha yoshdagi bola xatto eshitish qobiliyatini yо‘qotguniga qadar tarbiyalangan muassasasida qoldirilishi va ommaviy maktab sharoitida og‘zaki о‘qitishga tayyorlanishi; keyin kar bо‘lib qolgan maktab о‘quvchisi esa kasallikkacha о‘zi о‘qigan sinfda ta’dimni davom ettirishi mumkin. О‘qitish kech boshlangan kech kar bо‘lib qolgan bolalar 2-3 yoshga kelib qator ijobiy omillar о‘rin tutgani holda umumiy va nutqiy rivojlanishda yuqori darajaga erisha oladi. Bunday omillarga bolaning о‘zining yuksak potensial imkoniyatlari, uning shaxsiy xususiyatlari (kommunikabelligi, faolligi, jismoniy chidamliligi, ishchanlik qobiliyati), shuningdek sistemali, intensiv, adekvat о‘qitishni kiritish mumkin. Mashg‘ulotlar yakka tartibda, kichik guruhlarda (6-8 bola), qо‘shimcha yordam kо‘rsatilgan holda, oilaning bola ta’limi va tarbiyasida faol ishtiroki sharoitida olib boriladi.
Vatanimiz surdopedagogikasiga eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni har tomonlama rivojlantirishning mumkinligi masalasida optimistik qarashlar xos. Vatanimiz psixologiyasida mavjud, individ psixikasi rivojlanishini uning tabiiy va ijtimoiy muhit bilan о‘zaro hamkorligi sifatida tushunish bilan bog‘liq qoidalarga muvofiq, surdopedagogika bola nuqsonining oqibatlarini muvaffaqiyatli bartaraf qilish va uni har tomonlama rivojlantirish uchun maqbul ijtimoiy, jumladan maxsus amaliy shart-sharoitlarning hal qiluvchi roli haqidagi qoidani ilgari suradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda qabul qilingan majburiy umumiy ta’lim sharoitida karlar uchun maktab unda ta’lim olayotgan bolalarning turli toifalari uchun mumkin bо‘lgan ta’lim darajalarini differensiatsiyalashni ta’minlashi, ishning ustivor yо‘nalishlarini, eshitmaydiganlar uchun ta’limning yangi vazifalarini belgilab berishi zarur.
Maxsus (korreksion) maktab bolalarni bilimlarning tayanch darajasi bilan qruollantirish bilan birga bitiruvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasi, ularning mehnat faoliyatiga kirishishi va munosib hayot darajasini ta’minlash; ularda turli sharoitlarda, 80 stress vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish, kerakli axborotni olish va о‘z bilim hamda kо‘nikmalaridan foydalanish qobiliyatini rivojlantirishga chaqirilgan. Bu vazifalarni maktabda о‘qiyotgan bolalarning turli guruhlari xususiyatlarini hisobga olgan holda hal qilish nazariya, amaliyot va eyesperimental ta’limning о‘zaro birligini talab qiladi. Fan, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim jarayonini qayta qurishni, e’tiborni bolalarning rivojlanishi, ularning о‘qishga, bilimlarni tо‘ldirib borishga bо‘lgan istagida jamlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Kar va zaif eshituvchi bolalar muammolarini tadqiq qilgan kо‘p sonli mutaxassislar ta’kidlaydiki, bolalarning kо‘pchiligi ham jismoniy, maxsus mashg‘ulotlar olib borilmagan holda esa ham intellektual rivojlanishda orqada qoladi.
Bu holat korreksion mashg‘ulotlarni maktabgacha yosh davridayoq boshlash zaruratini belgilaydi. Jismoniy orqada qolish borasida, N.A.Rau fikricha, kar va zaif eshituvchi bolalarda yurishning mustahkam emasligi, oyoqlarini sudrab bosishi, harakatlarning qо‘polligi kuzatiladi. Vestibulyar apparatning buzilganligi kо‘pincha muvozanatning beqarorligi va yо‘qolishiga olib keladi. Karlik va zaif eshituvchilik nutqning shakllanmaganligiga sabab bо‘ladi, bu о‘z navbatida bilish faoliyati va lisoniy-mantiqiy tafakkurning tormozlanishiga olib keladi. Aynan shuning uchun pedagoglar maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratadi.
Korreksion ishlar qanchalik erta boshlansa, ularning samaradorligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha psixik jarayonlar, jumladan, tafakkur, xotira, idrok va sh.k. larning kuchli rivojlanishi kuzatiladi. Nuqsoni tufayli eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar о‘z tengdoshlaridan ortda qoladi, shuning uchun ham bu hollarda maqsadli tizimli tarbiya-ta’lim talab etiladi. Kundalik hayotda jonli ishtirok etadigan, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilgan bola faol rivojlanadi. Uning nutqi shakllanadi, atrof olam haqidagi tasavvurlari yuzaga keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kar va zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar ularning yoshiga mos bilim va kо‘nikmalarni egallashi, maktabga tayyorlanishida kо‘maklashadi, intellektual faoliyatini rivojlantiradi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar muammolari bilan kо‘plab tadqiqotchi-pedagoglar shug‘ullanishgan. Bunday bolalarga Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida maxsus ta’lim va tarbiya talab etiladi, garchi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar rivojlanishining umumiy yо‘nalishlari sog‘lom bolalarniki bilan umuman mos keladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar qator xususiyatlarga ega. Ularda: - kо‘rib idrok etish borasida yetarlicha rivojlanmaganlik, jumladan, predmetlarni idrok eti shva tanib olish tezligi past ekani; - taqlidning sekin shakllanishi, shuningdek namunaga qarab tanlashda qiyinchiliklar; - nutqning yо‘qligi va nutqqacha muloqotning kamligi kuzatiladi. 81 Bu bilish faoliyati va lisoniy-mantiqiy tafakkurning rivojlanishidagi kechikishga olib keladi. Aynan shuning uchun zaif eshituvchi bolalarning aqliy rivojlanishiga katta e’tibor qaratish talab etiladi. Maxsus mashg‘ulotlarda bolalar atrof olamdagi predmet va hodisalar, predmetlarning tuzilishi va ularning vazifalari qida tasavvurlarga ega bо‘ladi. Bundan tashqari, inson va hayvonlarning hayotiy faoliyati haqida dastlabki ma’lumotlar beriladi. Mashg‘ulotlar kо‘rgazmalilik, tabiiy narsalardan keng foydalangan holda olib boriladi. Ekskursiyalar, kino va videofilmlar namoyishi uyushtiriladi. Parallel ravishda nutq о‘stirish bо‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi, ularda maktabgacha yoshdagi bolalar turli predmetlar bilan manipulyatsiya jarayonida egallagan lug‘atini mustahkamlaydi. Ma’lumki, atrof olamni bilish asosida hissiyot va idrok yotadi. Kо‘rish, his qilish, eshitish, kinesteziya, hid bilish, ta’m bilish bolalarga atrofdagi voqelikning ma’lum manzarasini tuzish imkonini beradi. Boshqa tomondan, idrok va hislar kabi psixik jarayonlarning rivojlanishi bolaning intellektual rivojlanishiga ham olib keladi. Birinchi mashg‘ulotlardayoq eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar sensorikani rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlarni bajaradi. Buning uchun turli kо‘rgazmali qurollar: yorqin о‘yinchoqlar, tabiiy buyumlardan foydalaniladi.
Bolalar predmetlarni qarab chiqish, predmetlarning u yoki bu xossalarini aniqlash, predmetlarni о‘zaro qiyoslashga о‘rganadi. Samaradorlikni oshirish uchun bola о‘rganilayotgan narsani о‘z qо‘lida tutib kо‘rishi, aylanma harakatlar bilan uni kо‘rsatishi kerak. Ayni paytda yangi sо‘z jadval bо‘yicha qayta yaratiladi. Mayda motorikani rivojlantirish bolalarning о‘qituvchining qо‘l harakatlariga taqlidi jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, predmetlar bilan manipulyatsiyalash oldidan bola: yuvinish, kir yuvish, mix qoqish va sh.k. harakatlarni imitatsiyalaydi. Natijada harakatlar murakkablashadi.
Bola bilan daktil alifbo belgilari о‘rganiladi. Taqlid qilish malakasi bolalarda ma’lum ma’lum о‘yinlar: kо‘zgu, mozaika, namuna asosida tayoqchalardan naqsh tuzish yordamida shakllantiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning sensor tarbiyasiga, ayniqsa eshitish idrokini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Nutq va nolisoniy tovushlarni farqlashga mashqlar bajariladi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolada tovushlar olami haqida ma’lum tasavvurlar shakllanadi, bu og‘zaki nutq sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun ayniqsa lug‘aviy nutqni erta о‘rganish juda muhim.
Normal eshitadigan bolada nutqni egallash uchun sensitiv davr uch yoshgacha bо‘lsa, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolada shu nuqson tufayli orqad qolish kuzatiladi. Nutqning shakllanmaganligi intellektual rivojlanishning kechikishiga olib keladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni maktabgacha о‘qitish normal eshitadigan bolalar bilan ortib boradigan tafovutlarni bartaraf qilish imkonini beradi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bola nutqni egallashi uchun zaruriy shart bolalar muassasasida nutqiy muhitning yaratilganligidir. Bola о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan nutqiy material о‘xshash vaziyatlarda kattalar nutqida doimiy qо‘llanishi, natijada, bolalar tomonidan takrorlanishi lozim.
Katta yoshdagi ayrim kishilar eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan har bir bо‘g‘inni sekin aytib gaplashashga urinadi. Natijada, bola muloqotning shu kabi uslubini о‘zlashtiradi. Ularning nutqi g‘ayritabiiy va atrofdagilar uchun tushunarsiz bо‘lib qoladi. Mashg‘ulotlarda nutq о‘stirish ishlari uchta yо‘nalishda olib boriladi: -mavzular bо‘yicha taqsimlangan nutqiy materialni о‘zlashtirish va mustahkamlash; - nutqiy faoliyat turlarini (og‘zaki nutq, о‘qish, yozish, eshitib-kо‘rib idrok qilish, daktillash, tingalsh) shakllantiriladi; - sо‘z ma’nolarini bilish uchun tilga oid maxsus kuzatuvlar, sо‘zning tovushharf tahlili, sо‘zning butun gap strukturasidagi grammatik shakllari ustida ishlash. Og‘zaki nutq darslarining mazmuni nafaqat talaffuz ustidagi ishlarni, balki ushbu nutq shaklidan muloqotda foydalanishga о‘rgatishni nazarda tutadi. О‘qitish materiali og‘zaki nutq dasturiga kо‘ra ajratilgan va Rau, Slezinalar tomonidan ishlab chiqilgan talaffuzni о‘rgatishni ishlab chiqishning ma’lum izchilligini hisobga oladi. Og‘zaki nutq darslarida sо‘zning tovush tarkibi ustida ish olib boriladi. Shuning о‘zida (yerda) sо‘zining ma’nosi yoritiladi, bolalar uni talaffuz qilishni, muloqotda qо‘llashni о‘rganishadi. Talaffuz ustidagi ish uning ma’nosini yoritib berilgandan sо‘nggina boshlanadi. Shu maqsadda og‘zaki nutq darslarida daktil nutqiga о‘rgatish metodik usullarida qо‘llaniladi. Bu sharoitlarda kerakli sо‘z qо‘llanilishi shart.
Aniq (konkret) ahamiyatga ega sо‘zlar ma’nosini (F.F.Rau va boshqalar) darsligida keng yoritilgan turli ish turlarini qо‘llash yо‘li bilan ochiladi. Predmetning rasmini kо‘rsatish, rasmni nomlash, sо‘zning grafik elementlariga kо‘ra sо‘zni og‘zaki shaklda ifoda etish (xarf, bо‘g‘in, sо‘zlarni о‘qish, harakatga kо‘ra sо‘zni ifodalash). Sо‘zni berish uslubiyati (metodikasi) quyidagicha: О‘qituvchi predmtni (rasmni) kо‘rsatadi, uni og‘zaki daktilda nomlaydi, bolalarni birgalikda talaffuz etishga undaydi. Bolalar uni eshituv – kо‘ruv orqali idrok etadilar, og‘zaki – daktilda ifodalaydilar. Sо‘ng har bir о‘quvchiga sо‘zni mikrafon orqali talaffuz etish imkoni beriladi va о‘qituvchi ishlab chiqilayotgan tovushning talaffuzini baholaydi. Bolalar tovush tarkibini о‘zlashtirib olganlaridan sо‘ng ular sо‘zni daktillashsiz talaffuz etadilar. Talaffuz malakalari yakka mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi. Shunday qilib, tovush talaffuzi ustidagi ishning boshlang‘ich materiali uchun butun sо‘z xizmat qiladi. U avval butunligicha, sо‘ng qismlarga bо‘lib talaffuz qilinadi.
О‘qituvchi bolalar diqqatini fonemalarni bо‘g‘inlarda va yakka talaffuz etishga qaratadi. Bunday analizdan sо‘ng sо‘zni sintez qismi ustida ish boshlanadi, ya’ni fonemalarni bо‘g‘inlarga, bо‘g‘inlarni sо‘zlarga bog‘lash. Talaffuz ustida ishlashning bunday yо‘li talaffuzga о‘rgatish analitikosintitik metodiga mos tushadi. Og‘zaki ekspressiv nutqqa о‘rgatish qisqartirilgan fonemalar tizimida qabul qilingan tovushlarni qо‘yish tartibiga kо‘ra tanlangan materialda olib boriladi. Talaffuzga о‘rgatishning konsentrik metodi qisqartirilgan fonemalar tizimini qо‘llashga asoslanadi.
Talaffuzning barcha bilimlari bо‘yicha bolalarning ortib borish izchinlligini nazarda tutadi. Boshlang‘ich (ilk) о‘qitish ikki konsentrdan iborat, ularning birinchisi tayyorlov sinfi bilan mos tushadi, ikkinchisi birinchi va ikkinchi sinflarni qamrab oladi. Tayyorlov sinfida о‘quvchilar asosiy 17 fonemaning aniq talaffuzini egallaydilar: “a”, “o”, “u”, “e”, “u”, “p”, “t”, “k”, “f”, “”, “s”, “sh”, “x”, “v”, “m”, “n”, “l”, “r” – va ikki jarangli tovushlarni: “b”, “z”. Ushbu tovushlardan tuzilgan sо‘zlarni artikulyatsiya bо‘yicha yaqinlarning о‘rindoshi hisoblanadi, maslan, “s”, - “z”,- “z”. Tovush ustidagi ish izchilligi dasturda keltirilgan, darslik betlarida о‘z ifodasini topgan.
Tayyorlov sinfini 4 – choragiga kelib kar о‘quvchilar asosiy tovushlar talaffuzini egallashadi. Og‘zaki nutq darslarini bu davrdagi materiali bо‘lib daktil nutqida egallangan ibora, sо‘zlar hisoblanadi. Bu esa 4 – chorakka kelib darslarning nutqiy mazmuni ancha kengayishini anglatadi va bu bolalarga og‘zaki nutqni muloqot quroli sifatida о‘qitish ishlarini ancha jadal kechishi imkonini beradi. Bu davrda о‘qituvchi talaffuzni ikki turlanishlari ifodalovchi bolalar nutqini sinchkovlik bilan kuzatib borishi kerak. Birinchisi asosiy tovushlarni sо‘zlardaniq talaffuz etish (og‘zaki va daktil nutqi dasturidagi sо‘zlar), ikkinchisi – qisqartirilgan fonemalar tizimiga kо‘ra asosiylari bilan almashtiriladigan tovushlarni о‘z ichiga oluvchi sо‘zlarni talaffuz etish. 4- chorakka qadar bolalar nutqida talaffuzning uchinchi turi ham mavjud bо‘ladi. Hali egallanmagan asosiy fonemalar va tovushlar imkon darajasida talaffuz etiladi. Bu holatda kerakli tovush о‘rnida о‘quvchilar faqat artikulyatsiya elementini berishadi. yoki tovushni butkul tushurib qoldirishadi, qisqartirilgan fonemalar tizimida keltirilmagan tovush bilan almashtiriladi.
Shunday qilib, og‘zaki nutqning talaffuz malakalarini shakllantirish о‘zaro bog‘langan ikki yо‘l orqali amalga oshiriladi. Birinchisi – informal (maxsus о‘qitishsiz) – butun о‘quv tarbiyaviy jarayon mobaynida о‘z о‘rniga ega va barcha darslarning nutqiy materialida amalga oshiriladi. Ikkinchi yо‘l fonetik tamoyilga kо‘ra tanlangan materialda talaffuz malakalarini ravon ishlab chiqishni nazarda tutadi va yakka mashg‘ulotlarga о‘tkazish bilan ogzaki nutk darslarida amalga oshiriladi. Tovushlarni rо‘yishda bolalarning barcha saqlangan analizatorlari mavjud eshituv qoldig‘idan foydalaniladi. Demak, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirishda maqsadga yо‘naltirilgan, tizmli ish olib borish maqsadga muvofiq Bolada og‘zaki nutq atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi.
Eshituv idroki yordamida bola atrofdagilar og‘zaki nutqini idrok etadi, 5-6 yoshlarga eshituvchilar tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzini egallaydilar. Lug‘at boyligi va gap grammatik qoidalarini amaliy egallaydi. Maktabgacha yoshdagi kar bola bu yо‘l bilan nutqni egallay olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshitmaydi. Agar eshituchi bola bog‘chaga maktabga shakllangan nutq bilan borsa maktabgacha yoshdagi kar bola og‘zaki nutqi mavjud bо‘lmagan holda boradi. Unda nutqni boshidan boshlab shakllantirish kerak. Tadqiqotlar kо‘rsatishicha, maktabgacha yoshdagi kar bolada eshituvchi bolaga nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususiyatlari egadir. U bо‘lingan havo oqimidan foydalana olmaydi va frazalarni qismlarga bо‘la olmaydi.
Maxsus mashqlar davomida maktabgacha yoshdagi kar bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. Ularning ovozi ustida ham ish olib boriladi. Kо‘p miqdordagi maktabgacha yoshdagi karlarda ovoz bо‘g‘iq, modullashmagan bо‘ladi. Maxsus mashqlar jarayonida tarbiyalovchi kar bolani ovozini eshituvchi bola ovoziga yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham kerakli natijalarga olib kelmaydi. Maktabgacha yoshdagi kar bola nutqi ovoziga butun xayoti davomida о‘ziga xos otsenkaga ega bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi kar bolalarni og‘zaki nutqqa о‘rgatishning muhim qismi ularda turli talaffuzni shakllantirshdir. О‘zbek tilidagi har bir fonema maktabgacha yoshdagi kar bolada maxsus usullar bilan qо‘shiladi.
Saqlangan analizatorlar kо‘ruv, sezgi, harakat analizator faoliyatini qо‘llab, tarbiyachi oldi tovush talafuzini kо‘rsatadi va taqlid asosida talaffuz etiluvchi tovushlar “p”, “b”, “m” qо‘shiladi, sо‘ng bо‘g‘in, sо‘z birikmalariga о‘tiladi. Shu tartibda boshqa nutqiy tovushlar talaffuziga о‘tiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig‘iga tayaniladi. Maktabgacha yoshdagi kar bolada og‘zaki nutqni shakllantirshda kо‘ruv, harakat va sezgi analizatorlari yordami bilan maydonga chiqadi. Eshituvchi bola о‘z talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib sо‘ng tо‘g‘irlaydi.
Maktabgacha yoshdagi kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, sо‘ng kо‘ruv va harakat sezgilari orqali nazorat qiladi. Tovush artikulyatsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bо‘lish kinestik sezgilar shunchalik differensiyalashgan bо‘ladi. Bu sezgi turi maktabgacha yoshdagi kar bola talaffuzini shakllantirshda muhim о‘rin hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi kar bolaning og‘zaki nutqini shakllantirishda eshitish qoldig‘i ham katta ahamiyat kasb etadi.
Chunonchi, maktabgacha yoshdagi kar bolalar pedagogik ta’limi ularda sо‘zlashuv nutqini shakllantirish asosida tashkil etiladi. Agar oldin nutqiy ta’limotdan amaliyotga о‘tsa, sо‘zlashuv nutqini shakllantirish muloqotni shakllantirishga о‘qitiladi, lekin bu amaliyot grammatik jihatdan tashkil etilgan. Qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida og‘zaki nutqqa о‘rgatishda tezroq maqsadga erishish uchun talaffuzni yengil bо‘lgan, hosil bо‘lish о‘rniga kо‘ra о‘xshash fonemalar о‘zaro almashtirib о‘rgatiladi.
Bu lug‘at boyligi oshirish sо‘zlarni muloqtga kiritish, maktabgacha yoshdagi kar bola nutqiy amaliyoti imkonini oshiradi. Bunday psixologik yondashuv maktabgacha yoshdagi kar bolalarni tilga о‘qitishninig boshlang‘ich etapida saqlangan bо‘lishi mumkin. Shunga о‘xshash holat eshituchi bolani nutqiy rivojlanishida ham kuzatiladi. Eshituvchi bola 2-5 yoshlar о‘rtasida ma’lum tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Bu bosqich bolaning nutqiy apparati tо‘liq shakllanmaganligi va hosil bо‘lishiga kо‘ra murakkab bо‘lgan tovushlar talaffuziga tayyor emasligi bilan almashtiradi, tushirib qoldiradi. Bunda sо‘zning tovush tarkibi о‘zgarsa ham u о‘zining mazmunini о‘zgartirmaydi.
Vaqt о‘tishi bilan bu xatolik о‘z – о‘zidan yо‘qolib ketadi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar imo-ishora yordamida muloqotga kirishadilar. Imo-ishora nutqi atrof-olamini tushunishga yordam beruvchi vosita sanaladi. Masalan, kar bola oilada kar bola imo-ishora nutqidan foydalangan holda tarbiyalanadi, lekin uning rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi. Shunday qilib, imoishora eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun muloqot funksiyasi bajarishni ta’kidlash joiz. Bu jihatdan u og‘zaki nutq shakliga о‘xshashdir. Lekin u chegaralangan davrada, faqat kar shaxslar о‘rtasida muloqot quroli sifatida namoyon bо‘ladi. Nutq tafakkur quroli sifatida namoyon bо‘ladi. U о‘zini birinchi vazifasini bajara olmashi, tafakkur quroli sifatida faoliyat kо‘rsata olmaydi.
Imo-ishora nutqining qurish materiali mimik belgilar foizidir. Sо‘zdan farqli, imo-ishora belgilari bir qator о‘ziga xosliklarga egadir. Ayrim mimik belgilar sо‘z kabi muloqot elementiga egadir. Sо‘z qat’tiy va universal ahamiyatga ega. Mimik belgilar esa qat’iy bо‘lmaydi. Kо‘p tushunchalar kar shaxslar о‘rtasida bir xil ishora bilan ifodalanadi. Ularning harakteri ta’lim jarayonida sо‘zlashuv nutqi vositasida о‘zgarishi mumkin. Sо‘z tarkibida tovush kompleksi va ma’nosi bо‘yicha mustahkamlash aloqasi mavjud bо‘lib, uni ixtiyoriy buzib bо‘lmaydi. Sо‘zning tovush tarkibi bо‘zilsa, u о‘zining funksiyasini bajarmay qoladi.
Tovush kompleksi uning ma’nosi bilan umumiy bog‘liqqa ega emas. Ayrim mimik belgilarda bu aloqa yaqqol nomayon bо‘ladi. Kо‘p olimlar mimik belgilarini tasniflashga harakat qilganlar (N.G. Morozova, R.M.Boskil, L.V.Zankov, G.L. Zayseva, N.F.Slezina).
Ularning ilmiy ishi natijalariga tayanib mimik belgilarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Kо‘ruv sezgisiga asoslangan belgilari: a. kо‘rsatuvchi ishning belgilari (burun, kо‘z, stol, shkaf, u); b. predmet konturi yoki uning harakterli xususiyatlari kо‘rsatuvchi mimik belgilar (yulduz, g‘oz, ona); v. tо‘liq yoki qisman imitatsiya qiluvchi harakterlar.
2. Sezgilariga asoslangan belgilar.
3. Xid sezgilariga asoslangan belgilar.
4. Teri sezgilariga asoslangan belgilar.
5. Xid sezgilariga asoslangan belgilar.
6. Moza ta’lim sezgilariga asoslangan belgilar.
7. Organik sezgilarga asoslangan belgilar.
8. Ematsional sezgilarga asoslangan belgilar.
9. Mimiko-daktil sezgilar
10. Tabiiy sezgilar
11. Shartli sezgilar
12. Sonni ifodalovchi sezgilar
13. О‘tkazuvchan mimik sezgilar.
Mimik belgilar tarkibi qat’iy va bir turga ega bо‘lmaydi. Karlar Yangi tushunchalarni egallashi va nutqda yangi sо‘z paydo bо‘lishi bilan mimik belgilar yuzaga kela boshlaydi (televizor, bomba). Ayrim mimik belgilar bir tomondan konkret va kо‘rgazmaliligi, ikki tomondan diffuzligi va differensiallashmaganligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun, uy belgisi kо‘p qavatli uy, hovli joy ma’nosidagi ishlatilishi mumkin. Shu sababli, mimik belgilarda umumlashtirishlar kо‘p uchraydi.
Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarning ta’lim tizimida sо‘zlashuv nutqi о‘zgarib boradi va mimik belgilar yanada differensiyalanib boradi. Avval kar bola turli turdosh qurilishlarni uy belgisi bilan markali mashinalarni belgisi bilan ifodalanmasa, sо‘zlashuv nutqi yordamida yangi differensiallashgan belgilarni qо‘llay boshlandi. Har qaysi mimik belgi qoidadir, obyektiv realligi ifodalasa ham, har shakllarni turli jamoalarida turlicha ma’noda kelish mumkin. Bu avvalo kо‘rsatish, plastik va imititatsyalovchi belgilarga xosdir. Mimik belgida emotsional belgi sо‘zga nisbatan yorqli ifodalanadi.
Mimikada predmet xodisani belgilanish va unga munosabat bir vaqtda ifodalanadi. Nutqning ikki tomonni uning grammatik tomonida yordamida tilning ovoz qismi ma’noli harakter kasb etadi.
Mimik imoishora nutqi о‘zining grammatik tuzilishiga egami?
Imo-ishora nutqi grammatik tuzilishga ega bо‘lmagan, agrammotik nutqdir. Lekin bu ushbu nutq turixaotik degan ma’noni bildirmaydi. Imo-ishora nutqida ham gap tuzishning о‘ziga xos qonunqoidalari mavjud. Nutqda har bir sо‘z ma’lum grammatik shaklga egadir, u gapda boshqa sо‘zlar bilan muloqotga kirishishi bilan grammatik shakli о‘zgaradi. Mimik belgisini shakli esa о‘zgaruvchan bо‘lmaydi, u gapda boshqa ishoralar bilan kelganda ham grammatik jihatdan о‘zgartirmaydi.
Mimik belgi sо‘zga nisbatan grammatik jihatdan sodda bо‘ladi, lekin mimik gap qо‘rilishda nutq qismlarni qо‘llashda о‘ziga xos tendensiyani kо‘rish mumkin. Sо‘zlashuv nutqida va imo-ishora nutqida ham gaplarda sо‘zlarni joylashish tartibi bir xil bо‘ladi. Xususan, kesim, vositali tо‘ldiruvchidan iborat. Yoyiq gapni sо‘zlashuv va imo-ishora nutqida joylashish tartibi bir xildir. Imo-ishora nutqida qо‘shimcha gaplarga nisbatan sodda gaplar kо‘p qо‘llaniladi. Gap tarkibidagi yuklama qо‘shimchalar imo-ishora nutqida kam qо‘llaniladi. Imo-ishora nutqi egallash jarayoniga kar bolani sо‘zlashuv nutqini egallash darajasi ta’sir kо‘rsatadi. Imo-ishora nutqi ham sо‘zlashuv nutqi shakllanishiga ta’sir kо‘rsatadi, lekin bu ta’sir salbiy kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Ba’zan yozma yoki og‘zaki nutqda gap tuzish imo-ishora nutqidagi barcha nuqsonlarni о‘zida ifodalaydi: gap bо‘laklarini о‘rnini almashib qolishi, sо‘zlarni grammatik aloqasini buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni imo-ishora nutqi sо‘zlashuv nutqidan juda katta farq qiladi. Bu farq uning vazifasi, tarkibiy qismlari va mimikasiga ham xosdir. U asosan sо‘z va mimik belgini solishtirganda, gapdagi sо‘z bо‘laklarini bu ikki turda nutq shaklida namoyon bо‘lishida yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Og‘zaki nutqga nisbatan chegaralanganligi, takomillashmaganligiga qaramay imoishora nutqi kar shaxslari uchun asosiy muloqot qurolidir. Pedagogik jarayonida imoishora nutqidan foydalanish ilk bosqichlarda yaxshi samara beradi. Eshitadigan bolaning og‘zaki nutqi kabi (mimika) imo – ishora nutqi muloqot ehtiyojidan kelib chiqadi. Bola dastlab foydalanadigan imo – ishoralar juda sodda, tabiiy (masalan, u nimanidir hohlasa, predmetga ishoa qiladi). Asta – sekin ular murakkablashadi, muloqot vazifasini bajara boylaydi, shartli xarakter kasb etadi. Biroq eshitish sezgilari asosida shakllanadigan og‘zaki nutqdan farqli о‘laroq, mimika – ishora nutqi boshqa natomik – fiziologik asosda - kо‘rish va harakat sezgilari asosida yuzaga keladi. Sо‘zning realizatsiya vositasi uning tarixan shakllangan va barqaror tovush yoki grafik qobig‘i bо‘lsa, mimik belgini realizatsiyalash vositasi qо‘l harakati va yuzning tegishli mimik ifodasi sanaladi.
Bosh miya qobig‘iharakat uchastkalarining mimika – ishora nutqi shakllanishi uchun ahamiyati afaziyalarda nafaqat nutqiy, balki harakat funksiyalari ham buzilishi, jumladan ba’zan mimika – ishora va daktil nutq buzilishi rо‘y berishi mumkinligi bilan о‘z tasdig‘ini topadi. Ma’lumki, til ikkita asosiy vazifa bajaradi. U fikrlash quroli va muloqot vositasi sanaladi.
Mimika – ishora nutqi shu vazifalarga egami? Ma’lumki, karlar mimika yordamida murojaat qilish va о‘zaro tushunishga erisha olishadi. Mimika – ishora nutqi ular uchun atrof olamni bilishga kо‘maklashuvchi vosita hamdir. Masalan, kar – soqov ota – ona oilasida kar bola asosan mimika vositasida muloqot qilib rivojlanadi, biroо‘q shunga qaramay, uning intellektual rivojlanish darajasi anchagina yuqori bо‘lishi mumkin.
Shunday qilib, mimika karlar uchun muloqot funksiyasini bajarishini inkor etish notо‘g‘ri bо‘ladi. Bu jihatdan u odatiy nutq bilan ma’lum о‘xshashlikka ega. Biroq mimika va tilning bu funksiyani realizatsiyalashida jiddiy farqlarni kuzatish mumkin.
Mimika – ishora nutqi faqat insonlarning juda cheklangan doirasi – karsoqovlar uchun muloqot vazifasini bajarishi mumkin. Og‘zaki nutqni egallamagan, mimikani bilmaydigan boshqa kishilar bilan erkin muloqot qila olmaydi. Til esa umumxalq muloqot vositasi sanaladi.
Til muloqot funksiyasini bajargani uchungina fikrlash quroli bо‘lib xizmat qila oladi. U muloqot vositasi bо‘lmas ekan, о‘zining ikkinchi funksiyasini ham yо‘qotadi. Bir qarashda, qarama – qarshilikka duch kelgandaymiz. Agarki fikrlash quroli til va fikrlar faqat til asosida yuzaka kelar ekan, demak uni, ya’ni tilni egallamagan kar - soqovlarlarda fikrlash asosi yо‘q.
Biroq aslida bunday emas: ularning xulqi aqlli, anglashilgan, biroq fikrlar boshqa asosda – saqlangan sezgi a’zolari (kо‘rish, 88 hid bilish, taktil – vibratsiya analizatorlari) tufayli yuzaga keladigan obrazlar, tasavvurlar, idrok asosida shakllanadi. Tadqiqotlar kо‘rsatadiki, kar odamlar fikrlashida mimika ham qatnashadi, biroq bu masala hali yaxshi о‘rganilmagan vash u sababli karlarda fikrlash qо‘roli mimika, deb tо‘liq ishonch bilan aytishga hali erta.
Tilning eng muhim tarkibiy qismlari uning lug‘at tarkibi va grammatik qо‘rilishi sanaladi. Mimikani til bilan qiyoslaaganda, uning ham ayrim tarkibiy qismlarini shartli ravishda ajratish mumkin. Mimika – ishora nutqi uchun о‘zaga xos qurilish materiali ma’lum, nisbatan shakllanib ulgurgan mimik belgilar frndi sanaladi. Ularni sо‘z bilan qiyoslaganda farqli jihatlar о‘xshashlariga nisbatan kо‘proq bо‘ladi. ayrim mimik ishorlar sо‘zlar kabi umumlashtirish elementiga ega. Bu ularning ma’lum diffuzligida, bо‘linmasligida ifodalanadi (masalan, ishlamoq, ishchi, qilmoq, bolg‘a bilan qoqmoq tushunchalari karlarning ayrim jamoalarida aynan bir belgi bilan ifodalanadi.
Har bir tilning sо‘zlari barqaror va universal ma’noga ega. Aynan bir predmetning nomi shut il tarqalgan butun hudud doirasida saqlanadi. Mimik belgilar bunchalik barqaror emas. Karlarning turli jamoalarida aynan bir tushunchalar turlicha belgilar bilan ifodalanishini kо‘rish mumkin. Ularning xarakteri aynan bir jamoada lisoniy nutqni о‘rganish jarayonida uning ta’sirida ham о‘zgarishi mumkin. bularning barii sо‘zlarga xos emas. Sо‘zda tovush kompleksi bilan ma’no – mazmun о‘rtasida mustahkam tarixan shakllangan aloqa mavjud bо‘lib, u ixtiyoriy tarzda buzilishi mumkin emas. Sо‘zning tovush tarikbini о‘zgartirar ekanmiz, u о‘zining signal funksiyasini shu zahoti yо‘qotishi mumkin. Tovush kompleksi, odatda, u ifodalagan mazmun bilan hech bir umumiylikka ega emas. ayrim mimik (masalan, kо‘rsatish, plastik) belgilarda esa bu aloqa anchagina yaqqol kо‘zga tashlanadi. Mimik belgilar xarakteri kar bolalarni lisoniy nutqqa о‘rgatish jarayonida jiddiy о‘zgarishlarga uchraydi – ularning ma’nosi aniqlashtiriladi, yanada differensiatssiyalanadi.
Dastlab bola hamma qurilmalarni uy, avtomobillarning hammasini mashina belgisi bilan ifodalasa, keyinchalik lisoniy nutq ta’sirida yangi alohida differensiatsiyalangan belgilar (katta uy, kichi kuy, bir qavatli uy), shuningdek yengil va yuk avtomobilini ifodalash uchun alohida belgilar paydo bо‘ladi.Mimik belgilar konkretligi va yetarlicha umumlashtirilmagani sababli mavhum tushunchalarni ifodalaydiganlari soni u qadar kо‘p emas.
Bu holda ba’zida mimik belgilar kompleksidan foydalanishga tо‘g‘ri keladi. Har bir mimik belgi qandaydir obyektiv reallik, qandaydir predmet, yorqin ifodalangan belgili harakatni ifodalagani sabali kо‘plab belgilar barqaror ma’nolarini saqlab qoladi va karlarning turli bir - biridan uzoq bо‘lgan guruhlari uchun bir xil sanaladi. Bu avvalo kо‘rsatish, plastik, imitatsiyalaydigan belgilarga taalluqli (uy, qush, kitob, ishlamoq, yemoq). Shu bilan birga ayrim mimik belgilar avtonom bо‘lib, turli jamoalarda turlicha tushunchalarni ifoda etadi. Masalan, predmet yoki harakat qator raqobatdosh belgilarga ega bо‘lsa, ayrim hollarda bitta belgi, boshqa hollarda boshqasi mimik belgi uchu nasos bо‘la oladi. Emotsional ottenka mimik belgida sо‘zga qaraganda yorqinroq ifodalanadi. Mimikada predmet, belgi va unga munosabatni ifodalash gо‘yo uyg‘unlashib ketadi va bir paytning о‘zida ifodalanadi.
Tilning yana bir muhim belgisi uning grammatik qurilishi sanaladi. Mimika – ishora nutqida ergashgan qо‘shma gaplar kam qо‘llanadi. Yordamchi sо‘zlar deyarli qо‘llanmaydi. Lisoniy nutqni о‘zlashtirish mimik ishora gap qurilishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Mimika ham lisoniy nutq shakllanishiga – umuman salbiy – ta’sir о‘tkazadi. ba’zida og‘zaki yoki yozma nutqda gap mimik – ishora nutqidagi kamchiliklarni saqlab qoladi. Shunday qilib karlarning imo – ishora nutqi lisoniy nutqdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar funksiyalar, kabi til va mimikaning tarkibiy qismlariga ham oid. pedagogik jarayonda mimikadan foydalanishga yо‘l qо‘yiladi. Biroq maktabning vazifasi bolalarda lisoniy nutqni shakllantirishni yoddan chiqarmmaslik lozim bо‘ladi. I .3-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqini о‘qitish mazmuni Daktil nutqni bizga ma’lum bо‘lgan og‘zaki nutqnining boshqa shakllari bilan taqqoslasak, u yozma nutqqa kо‘proq yaqin keladi. Xuddi yozuv kabi undan faqat savodli odam foydalana oladi. Qolaversa, daktil nutqni о‘zlashtirish bilan inson savod о‘rganadi, zero daktil nutq, xuddi yozma nutq kabi lisoniy nutq shaklidir. Daktil nutqning yozuvdan farqi shundaki, yozuv belgilari о‘rniga sо‘zlovchi barmoqlari yordamida makonda (bо‘shliqda) aks ettiriladigan belgilardan foydalanadi.
Daktil alifboda xuddi harflisidagi kabi 29 ta belgi mavjud. Har bir daktil belgi alifbo harfiga tо‘liq mos keladi. Daktil tasvirdagi kо‘plab belgilar bosma va qо‘lyozma harflarni eslatadi. Masalan,: o, l, m, s, sh. Mimik yoki imo-ishora nutqi. U lisoniy qismlarga bо‘linadigan nutqqa qarshi qо‘yiladi. Bu nutqda sо‘z va xatto butun bir jumla bita ishora bilan «aytiladi». Bunda predmetlar, alohida harakatlarga ishoralardan, yuz imosidan foydalaniladi. Imo-ishoralar lisoniy nutqqa xos bо‘lgan grammatik shakllarga ega emas, ya’ni turlanmaydi, tuslanmaydi va sh.k. farqiga yetmaydigan kishilar imo-ishora va daktil nutqning о‘xshashligi xaqida gapirar ekan, ularning faqat tashqi belgilariga, ya’ni har ikkala nutq shaklida qо‘llardan foydalanilishiga e’tibor qiladi. biroq bu о‘rinda ham e’tiborliroq bо‘lgan kuzatuvchi jiddiy tafovutlarni kо‘ra biladi. Daktil nutqdan foydalanuvchi faqat bitta qо‘l barmoqlaridan foydalanadi (ayrim mamlakatlar, masalan Angliyada daktil nutq har ikkala qо‘l barmoqlari yordamida ifodalanadi). Imo-ishora nutqida har ikkala nutq qatnashadi, ular harflarni emas, balki turli ishoralarni о‘ziga xos kuchli yuz ifodasi bilan ifoda etadi. Biroq og‘zaki nutqqa ega bо‘lgan va nutqiy tafakkuri rivojlangan karlarning mimikasini savodi chiqmagan kishilar, ayniqsa nutqni egallamagan kichik yoshdagi bola mimikasi bilan farqlash kerak. Eshitmaydigan, biroq labdan о‘qiydigan va gapira oladigan kishilar uchun mimika – tezroq va osonroq о‘ziga qaratilgan sо‘zni idrok etish va boshqalarga fikrini yetkazish vositasi.
Nutqni egallagan karlarga imo-ishora ularga qaratilgan nutqni yaxshirok tushunishga yordam beradi. Imo-ishoralar og‘zaki sо‘z bilan birga qо‘llanilganda, ular gо‘yo kattalashtiruvchi oyna vazifasini о‘taydi. Mimikali nutq qurilishi bu xolda og‘zaki nutq qurilishiga bо‘ysundiriladi, sо‘zni idrok etishga kо‘maklashadi. 90 Daktil nutqdan foydalanish – sо‘zlarning ma’nosini tushunish, tilning grammatik qurilishini egallash demak. Bu nutqni ham og‘zaki ham yozma shaklda egallashga kо‘maklashadi. Daktil belgini nafaqat idrok etish, balki tovushga qaraganda qayta yaratish ham ancha oson. Xatto ikki yarim yoshli bola ham daktil alifboni о‘zlashtira oladi. Uch yoshli bolalar uni 15-30 kunda о‘zlashtiradi. Bu juda muhim, chunki bu tarzda bolaga sо‘z yordamida murojaat qilish, eshitadigan bolaga istalgan predmetni aytish mumkin. Buni sо‘zni ovoz chiqaribgina emas, balki barmoqlar yordamida ham «talaffuz qilish» kerak. Bunda bola har bir sо‘zning harf tarkibi va grammatik qurilishini aniq idrok etadi. Shu tariqa uni nutqqa va muloqotga о‘rgatish boshlanadi. Bunda xuddi eshitadigan boladagiga о‘xshash jarayon kechadi. Vaqt о‘tishi bilan, tovushlarni talaffuz qilishga о‘rgangan bola barmoqlari yordamida «ayta oladigan» sо‘zlarini va iboralarini og‘zaki shaklda ham qо‘llaydi.
Taniqli surdopedagog F.A. Rauning kuzatishlariga kо‘ra, bunda xuddi biz hamma vaqt telefonda gaplashgandagiga о‘xshash jarayon о‘rin tutadi. Ma’lumki, telefon orqali hamma tovushlarni ham farqlab bо‘lmaydi, biroq tanish sо‘zlarda buni biz his qilmaymiz, eshitib idrok qilingan tanish sо‘z konturidan, suhbat kontekstidan kelib chiqib, aniq eshitmagan tovushni faxmlaymiz. Biroq notanish familiyani talaffuz qilishganida, uni harflab aytishlarini sо‘raymiz, toki eshitib idrok qilish qiyin bо‘lgan tovush ismlarning tanish birikmasida birinchi bо‘lib chiqsin. Sо‘z bilan daktil nutqda tanishib, uning ma’nosini о‘zlashtirib, harf tarkibini egallab, bola bu sо‘zni labdan ancha oson о‘qiydi, aniq kо‘rinmagan yoki umuman kо‘rinmagan tovushlarni xotiradan tо‘ldiradi. Gap shundaki, labdan о‘qiyotib, talaffuz qilingan tovushlarning faqat bir qismini idrok qilish mumkin. a, o, u, i, eunlilari oson farqlanadi. p- b-mundoshlar guruhit, n, dyoki sh, ch, jundoshlaridan farq qiladi. biroq bu guruhlarning har birida harflar, masalan p-b-m kо‘rinishdan bir xildek idrok etiladi. k, g, x undoshlari esa umuman kо‘rinmaydi.
Shu о‘rinda avvaldan daktil nutqda о‘zlashtirilgan sо‘zning ijobiy roli namoyon bо‘ladi. Ba’zida daktil nutq undan foydalanish estetik emasligi bois ota-onalarning noroziligiga sabab bо‘ladi. bunda ma’lum ma’noda haqiqat bor. Biroq daktil nutq kar bola uchun noqulay bо‘lgan muloqotning umum tomonidan qabul qilingan shakli о‘rniga emas, balki atrofdagilarning e’tiborini yanada kо‘proq jalb qiladigan mimika о‘rniga taklif qilinadi. Kо‘pchilikni daktil nutqdan foydalanish bolalarning talaffuziga zarar yetkazishi, daktil muloqotga о‘rganib qolib, bolalar eng kam qarshilik yо‘lidan borib, og‘zaki nutqdan foydalanmasligi xavotirga soladi. Kо‘p yillik kuzatishlar bu xavotirlar asossiz ekanidan dalolat beradi. Bolalarni daktilologiyadan foydalanish bilan parallel tarzda talaffuzga tо‘gri, malakali о‘rgatilganda, labdan о‘qishni muntazam mashq qildirilganda, bolalarning og‘zaki nutqi ularning individual imkoniyatlariga mos tarzda rivojlanadi. Bolaning og‘zaki nutqi qanchalik tushunarli bо‘lsa, bola daktilologiyadan о‘zini tiyib, og‘zaki nutqdan shunchalik tez foydalana boshlaydi.bundan tashqari, bolaning nutqda yaxshi о‘zlashtirilmagan tovushlardan foydalanishi (bolalar shunday qilishga majbur, sо‘zni boshqacha ifoda qilish imkoni yо‘q) talaffuzni buzadi, hali aniqlashmagan talaffuzni mustahkamlaydi.
Daktil belgilar tovushlarni qо‘yishni tezlashtirish zaruratini yо‘qqa chiqaradi, talaffuz ustida batafsil ishlash imkonini beradi. Boshqa sharoitlar bir xil bо‘lgani holda bolaning yomon ogzaki nutki uning talaffuziga extiyotsizlik bilan munosabatda bо‘lish, kattalar tomonidan xar kunlik e’tibor va nazoratning yо‘qligi natijasi sanaladi. Biz og‘zaki nutkdan foydalanishga qarshi e’tirozlarni inkor etishga, ularning asossiz ekanini isbotlashga urinib kо‘rdik. maksadimiz – kar bolani о‘kitishda uning samaradorligini va zaruratiga ishonch xosil qilish. Biroq og‘zaki nutqning axamiyatini anglab yetishning о‘zi yetarli emas. Natija kar bola bilan mulokot kiluvchilarning xammasi daktil alifbodan qanchalik tо‘g‘ri foydalana bilishiga bog‘lik.
Belgilarni mohirlik bilan kо‘rsata olish (daktillash) birinchi dastlabki shart. Buning uchun ayrim qoidalarni bilish kerak: о‘ng kо‘l bilan «sо‘zlash» kerak. kо‘lni kо‘krak qafasi darajasida tutiladi. О‘ng tirsak о‘ng yonga siqilgan. kо‘l bilan «gaplashganda», asosan, barmoqlar harakatlanishi lozim. Bunda yozish va о‘qishdagi jarayon bilan ma’lum umumiylik kо‘zga tashlanadi: sо‘zlarni daktillab, yozuv jarayoni о‘ziga xos tarza takrorlanadi, uni idrok qilayotgan bola esa о‘kish jarayonini takrorlaydi.
Yozuvda bо‘lgani kabi sо‘zlarda xarflar aloxida belgilar sifatida emas, balki yaxlit joylashadi (buning uchun harfni kо‘rsatayotib, qо‘lni xayolan keyingi belgi xolatiga tayyorlash kerak bо‘ladi).sо‘zlar orasida sukut kilinadi, u yozuvda bir sо‘zni boshkasidan ajratib turadigan bо‘sh makonga mos keladi. Yozuvda xarflar chizikda tekis yozilgani kabi, bu о‘rinda ham kо‘l bir xil darajada (balandlikda) bо‘lishi, belgilar aniq va ravshan kо‘rsatilishi kerak, birok yozuvdagidan farqli о‘laroq, qо‘l harakatsiz qoladi. Bu kabi aniklikni bolada avval boshdan tarbiyalab borish lozim. tо‘gri, bolani bunga о‘rgatish uning taklid kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun mashklardan boshlanadi. kо‘l tо‘gri turishi kerak; kaft harakatsiz, fakat barmoqlar harakatlanishi lozim. i, sh, s kabi harflarni kо‘rsata turib, kaftni yengil buring. i ni kо‘rsatganda, barmoqlarni vertikal qо‘yish shart emas, kо‘lni gorizontal holatda saqlash mumkin, zero bu belgini, odatda, boshqalari bilan adashtirishmaydi.
Bir paytning о‘zida gapirilsa va daktillansa, buning uchun daktillash texnikasi juda yaxshi rivojlangan bо‘lishi talab kilinadi, talaffuz biroz sekinlashtiriladi, birok bо‘ginlab talaffuz kilinmaydi, aks xolda bu bolaning ogzaki nutqida, uning labdan о‘qishida va talaffuzida salbiy okibatlarga olib kelishi mumkin. Daktilologiya atrofdagilar nutqini labdan о‘qishda ham muhim vosita sanaladi. Chunonchi, ayrim tovushlar labdan yomon о‘qiladi, shu о‘qishda daktilologiyadan foydalanadi.
Labdan о‘qish jarayonida daktilologiyadan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Kar bolada og‘zaki nutqni tarbiyalash uchun, eng avvalo, uning diqqatini, kuzatuvchanligi, taqlidni tarbiyalash lozim. Shu sababli siz bola uchun qiziqarli bо‘ladigan va bolada zarur sifatlarni, kо‘nikmalarni tarbiyalashga kо‘maklashadigan mashg‘ulotlar, о‘yinlar, о‘yinchoqlar, kitobchalarni tanlay bilishingiz kerak. Eshitish qobiliyatida nuqsoni bor maktablarning tayyorlov sinflarda maxsus maktabgacha muassasalarda tarbiyalanmagan, nutqi mavjud bo‘lmagan bolalar o‘qitiladi. Bu kategoriyadagi bolalarni o‘qitishda juda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi, chunki bunday bolalarda nutqini shakllantirishning qulay vaqtlari boy 92 berilgan, nutqning yo‘qligi esa bolaning psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘ladi.
Maktabga borish, yangi sharoit bilan tanishish, yangi do‘stlar, bular hammasi bolalarga o‘zaro muloqotga kirishishi talab etadi. Tarbiyachi va o‘qituvchining vazifasi – ularning atrofdagilar bilan muloqot qilish ehtiyojini qondirishdir. Buning uchun ularni og‘zaki nutq bilan muloqot vositasi sifatida qurollantirish ko‘zda tutiladi. Agar maktablarda so‘zlashuv nutqiga yaxshi ahamiyat berilgan bo‘lsa, butun pedagogik jamoa faoliyati nutqni muloqot vositasi sifatida o‘qitishga qaratilgan bo‘lsa, bunda bolalar kommunikatsiyaning bu turidan ko‘proq foydalanadilar. Jonli muloqotdan noto‘g‘ri foydalanish bolalarda imo-ishora bilan gapirish yo‘lini tanlashga olib keladi. Maxsus o‘qitish jarayonida kar bolalarda tovush bilan ishlash, nutq nafasi, ayrim tovushlar ustida ishlash, talaffuzini shakllantirish amalga oshiriladi.
Og‘zaki nutqni talaffuz qilish va shakllantirish o‘qituvchi hamda bolalardan katta mehnat talab qiladi. Eshituvchi o‘quvchilar kabi, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor o‘quvchilar uchun og‘zaki nutq muloqot uchun juda katta ahamiyatlidir. Kar bolalarni og‘zaki va yozma so‘z nutqini shakllantirishdagi qiyinchiliklar daktil nutqiga murojaat qilishga sabab bo‘ldi. Daktil nutqi karlar o‘rtasida muloqot (aloqa)larining amalga oshirish uchun yaratilgan. Daktil nutqini o‘zlari uchun sukut saqlab yashash turmush tarzini qabul qilgan Ispan monaxlari tomonidan ixtiro qilingan. Nutqning og‘zaki nutqga o‘xshash bo‘lgan bu ko‘rinishidan faqat bevosita (yuzma-yuz) muloqotda bo‘lganda foydalanish mumkin. Daktil nutqi yozma nutqga ham o‘xshash bo‘lib, har bir harfga aniq bir daktilema to‘g‘ri keladi. O‘zbek tili daktilema alifbosi quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. Nutqning bu ko‘rinishini egallash uchun karlardan nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarini qanday darajada egallash talab qilinmaydi. Daktil nutqi yordamida bolalar o‘z xohish, istaklari va iltimoslarini bildirishlari va daktil nutqdan foydalanayotgan boshqa kishilarni tushunishlari mumkin.
Tayyorlov sinfining o‘quvchilari, katta maxsus tayyorgarliksiz ham daktil belgilarini tezda o‘zlashtirisha oladi. Daktil nutqidan tilni egallashning boshlang‘ich formasi sifatida foydalanish kar bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish va atrofdagilar bilan nutq aloqlarini o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, kar bolalarni tilga o‘rgatishda daktil nutqini qo‘llanishi asosiy maqsad emas, kar bolalarni og‘zaki nutqini shakllantirish maqsadida foydalanadigan majburiy choradir. Xususan, tayyorlov sinflarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qituvchining daktillashiga taqlid qilish asosida daktillamalar o‘rganadilar. Og‘zaki nutqga o‘rgatish jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar daktil belgilari va daktillash texnikasini birga egallaydilar. Materialni idrok etish va egallash jarayonini yengillashtirish uchun daktil belgilar ifodalangan so‘zli ifoda jadvalidan foydalaniladi. So‘zli ifoda jadvalini qo‘llab o‘quvchi, daktilema belgilarini qo‘li vosita amalga oshiradi. Daktil belgilari ifodalangan so‘z o‘quvchilar to‘liq eslab, qolmaguncha, yig‘ma polotnoga osib qo‘yiladi. O‘qituvchi daktil shaklda berayotgan nutqiy materialni og‘zaki bayon etadi. Bu o‘qituvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi.
Nutqiy materialni og‘zaki daktil bayon etish tayyorlov sinfi yili oxirigacha asosiy talabdir. O‘qituvchi o‘ng quli bilan daktillaydi, barmoqlar uni labini o‘ng tarafida joylashgan holatda bo‘ladi. Barcha daktil belgilar aniq ko‘rsatilishi zarur. Ta’limning birinchi yilida daktillash bilan birga bayon etiluvchi og‘zaki nutq sekin timpda bog‘langan va aniq bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchining og‘zaki dakti nutqi bolalar uchun yaxshi namuna bo‘ladi va ularni daktil nutqini egalash jarayonini tezlashtiradi. Bu bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning daktil nutqiga qat’iy talablar qo‘yiladi. O‘quvchilar har bir harf va so‘zni daktillashi aniq, to‘g‘ri bo‘lish kerak. So‘zlarni eslab qolish o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan maxsus mashqlar asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi bolalarda nutqqa ehtiyojni talab etuvchi o‘yin, mehnat, o‘quv faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Masalan, sinfdagi umumiy faoliyat bolalar ismini bilishni talab etadi, o‘quvchilarga topshiriq, vazifalar bayon etish jarayonida o‘qituvchi ularni ismini nomlaydi. O‘quvchi ismini og‘zaki daktil nomlanadi va so‘zli ifoda jadvali ko‘rsatiladi.
O‘quvchilardan o‘rtog‘ini ismini aytish so‘raladi. Tabiiy sharoit o‘quvchilarga yangi so‘z ma’nosini tushunishga yordam beradi. Jamoa faoliyatida so‘zlarni og‘zaki daktil bayon etish uni ma’nosini eslab qolishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar so‘zni, tovush tarkibini og‘zaki bayon etish imkoniga ega bo‘lgunlariga qadar uni og‘zaki daktil bayon etadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘z tarkibini daktil nutqini qo‘llamasdan o‘rgatish nutqiy muloqotni buzilishi va nutqiy rivojlanishni sekinlashishiga olib keladi. Lekin o‘quvchilar tomonidan xaddan ortiq daktil nutqini qo‘llash og‘zaki nutqni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, daktil nutqi boshlang‘ich nutq shakli sifatida qo‘llab, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini shakllantirish ishini boshlab o‘qituvchi butun faoliyatini og‘zaki nutqni muloqot quroli sifatida shakllantirishga qaratishi lozim.
Daktil nutqiga o‘rgatish bilan yonma-yon (parallel) ravishda bolalarni og‘zaki va yozma nutqqa o‘rgatish ham olib boriladi. Bolalarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish, daktil formasida egallangan so‘zlarini ovoz chiqarib aytish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Talaffuzni o‘zlashtira borish bilan birgalikda o‘quvchilar tomonidan daktillangan so‘zlarni gapirish aniqligi ortib boradi. Og‘zaki nutq xatolarini to‘g‘rilash talaffuz qilingan tovush namunalarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi va unga mos ravishdagi daktilamani ko‘rsatish bilan mustahkamlanadi. Daktil nutqini egallash o‘qish va yozishga o‘rgatishda yordam beradi. Daktil orqali so‘zlashganda, bolalar so‘zini va o‘qish so‘zlarini analiz va sintez qiladi. Bu esa o‘qish va yozish ko‘nikmalarini asosini tashkil qiladi.
Qo‘l harakatlari yoki katakcha orqali daktillangan so‘zni qabul qilganda kar bolalar daktil shriftini o‘qishni o‘rganadi. Asta-sekin daktil belgilarini o‘rganadilar, harflar yozish va o‘qish malakasini egallab boradilar. O‘quvchilar o‘z daktillariga suyangan holda yozma so‘z va iboralarni o‘qishni boshlaydilar, xatolarini to‘g‘rilaydilar. Daktil nutqidan foydalanish savodga o‘rgatish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi. Shunday qilib, kar o‘quvchilar nutqini shakllantirish jarayonida daktil nutqidan foydalanish so‘zlashuv nutqini muloqot quroli sifatida tez va samarali shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq o‘rgatishning dastlabki bosqichi o‘z ichiga tayyorlov sinfni qamrab olgan bo‘lib o‘ziga xos vazifalari uslubiy qo‘llanmalari bordir.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin