I bob. Etnos haqida umumiy tushuncha



Yüklə 87,92 Kb.
səhifə3/13
tarix22.09.2023
ölçüsü87,92 Kb.
#146962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Abdujalilov Inomjon kurs ishi

Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, oltita paragraf, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro’yxati va glossariydan iborat.
I BOB.ETNOS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
1.1. Etnos haqida umumiy tushuncha.
ETNOIS TASNIFI - bu turdagi odamlar jamoasining ma'lum belgilari, parametrlariga qarab dunyo etnik guruhlarini semantik guruhlarga taqsimlash. Bir qancha tasniflar, guruhlar mavjud, lekin ulardan eng keng tarqalgani hududiy va etnolingvistik tasniflardir. Mintaqaviy tasnifda xalqlar tarixiy-etnografik yoki an'anaviy-madaniy mintaqalar deb ataladigan yirik mintaqalarga birlashtirilgan bo'lib, ular doirasida uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida ma'lum bir madaniy jamoa shakllangan. Bu umumiylikni, birinchi navbatda, moddiy madaniyatning turli elementlarida, shuningdek, ma'naviy madaniyatning alohida hodisalarida kuzatish mumkin. Hududlar tasnifini tarixiy-etnografik rayonlashtirishning bir turi sifatida qarash mumkin...
Etnopsixologik xususiyatlarning o’ziga xos tomonlarini mujassamlashtiruvchi va uni namoyon etuvchi shu etnik birlik vakillaridir. Kanday kilib etnik birlikka xos xususiyatlar ularda shakllanadi. Ma’lumki bola o’ziga vatanni yoki ota-onani tanlab tugilmaydi. Shunday ekan u o’z millatiga xos bulgan tayyor ruxiy xususiyatlar bilan xam tugilmaydi . Bola ota-onasidan, avlod-ajdodidan biologik yul bilan fakat irkiy xususiyatlarini va ayrim ruxiy xususiyatlarnigina meros kilib oladi xolos. Bola tugilish davrida odam bulishiga nomzod. Lekin yakka ajralgan xolda u odam bula olmaydi. Jamiyatda yashab u odam bo’ladi. Bola xayotining birinchi kunidan boshlabok ixtiyorsiz xolda o’zi dunyoga kelgan muxitdagi turli-tuman ta’sirlar va tassurotlar ostida shakllana boshlaydi. Bolaning biologik va ruxiy jixatdan rivojlanishi uchun ta’sir etayotgan bu informatsiyalar turli sotsial muxit va geografik sharoitlarda bir xil bulmaydi. Mana shu turli xil muxit va informatsiyalarning turfa xilligi bir-biriga uxshamaydigan xalqlarni yaratadi.
Garchi xar bir inson ma’lum darajada mustakil yashash va faollik ko’rsatishga ega bo’lsa xam lekin xayotda u fakat o’z xoxishi va tushunchasi bilan yashab kolmay shuning bilan birgalikda o’zi yashab turgan sotsial muxit va o’zi ma’sul bulgan xalqning tajriba, bilim va e’tikodlarini xam o’zlashtirib boradi. Chunki odam o’zi yashab turgan sotsial muxitda butunlay chikib ketib yashay olmaydi.
Bola fakat milliy muxitda yashab turgandagina shu millat va elatga xos bulgan xususiyatlarni egallab ayni millat vakili bula oladi. Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti –xarakatlaridan botiniy ya’ni «akliy» xususiyatlariga aylanishi davrida unda milliy psixologikqiyofaasoslari shakllana boshlaydi.Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini o’zlashtirish bilan boshlanadi.Milliy tilni bilmaslik etnik muxitdagi jarayonlarni, tilda ifodalanayotgan xolat va xodisalarni moxiyatlarini anglab olishga tuskinlik kiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan so’zlarda milliy o’ziga xoslik bo’ladi. Tafakkur bilan til va nutk o’zaro boglik bulganligi uchun ruscha tili chikkan bolalarning fikrlash malakasi xam ruscha bulib o’zbeklarnikidan farklanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutkda, tilda reallashadi, moddiylashadi.
Ular o’zbekcha gaplashishga urganganlaridan keyin xam, ruscha fikrlab, o’zbekcha gapirishga xarakat kiladi. Ruscha tafakkur tarzi bilan o’zbekcha gapirish juda kiyin.
Boshka millat vakili voqeylikni o’zbekning ko’zi bilan kurib o’zbekona tafakkur tarzi bilan idrok eta olgandagina u chinakamiga o’zbekcha fikr yuritib, o’zbekcha gapira boshlaydi. Yuqorida aytib utganimizdek kurgan narsalarni idrok etish va mazmunini tushunib etish miyaning tugma xususiyati bulmay, bu xususiyatni u turmush tajribasi asosida xosil kiladi. Shuning uchun xam turli tabiiy sharoitlarda va sotsial muxitda yashab voyaga etgan kishilar turli xodisa va voqealarni idrok etishda o’ziga xos sotsial – psixologik xususiyatlarga ega bulishadi. Olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki Afrika kit’asidagi ijtimoiy taraqqiyotdan kolib ketgan ba’zi qabila bolalari tajriba bilan boglik bulgan amaliy axamiyatga ega bulgan narsalarni, xodisalarni esda olib kolishga ajoyib xotira namunalarini ko’rsatishgan. Ular ov kilinadigan sukmoklarni topish, yovvoyi xayvonlar izini farklash, urmon ichida orientirovka kila olishlik kabi vazifalarni bajarishda evropalik tengdoshlariga karaganda bir muncha ustinlik kilgan xolda geometrik shakllarni deyarli fikrlay olmaganlar.
Inson sotsial zot sifatida ma’lum milliy munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o’z-o’zidan stixiyali ravishda o’zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda kabul kilingan ma’lum ta’lim- tarbiya tizimi orqali sekin asta o’zlashtirib boradi. Xar bir avlod vakillari ajdodlarining turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o’zlashtirib, millat uchun umumiy bulgan shart-sharoitlar ostida usib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasi shu millatga mos bulgan umumiy psixologik xislatlarni shakllantiradi.Shuni xam ta’kidlash kerakki, ijtimoiy informatsiyalarni yosh avlod tomonidan o’zlashtirilib borilishi, fakat ongli ravishda, ta’lim tarbiya berish jarayonidagina bulib kolmasdan shuningdek, individning o’zi bilmagan va o’zlashtirish jarayonini anglab etmagan xolda xam yo’z beradi. Bu taklid va ta’sirlanish orqali amalga oshadi. Individning taraqqiyoti u bevosita yoki bilvosita munosabatga kirishgan boshqa individlarning taraqqiyoti bilan belgilangan bo’ladi va bir-biri bilan munosabatga kirishadigan turli avlod vakillari o’zaro boglangan keyingi avlodlarning jismoniy mavjudligi esa o’tmishdoshlari tomonidan belgilangan bo’ladi. Ilgor fan namoyondalari insoniyat bu sotsial xodisa ekanligini allakachon isbotlab berishgan. Shu jumladan konkret bir kishi xam avvalo sotsial munosabatlar mevasidir. Shuning uchun xam xatti- xarakatlari moxiyatini biologik yoki irsiy xususiyatlar bilan emas balki sotsial konunlar bilan belgilash kerak.
Bir vaktlar irkchilar bosh miyaning shakli va vazni guyoki xalqlarning ilgor yoki kolokligini bildiradi deb da’vo kilib chikishgan edi. Lekin kilingan tadqiqotlar bu da’voning asossiz ekanligini isbotlab berdi. Masalan, inglizlar va melanizitslar miyasining urtacha vazni 1456 gr, frantso’zlarniki 1473 gr, buryatnilarniki 2508 gr, shimoliy Amerika negrlariniki 1514 grn ekan. ( V. Yakimov «Antropologiya razblachaet» Jar. «Aziya i Afrika segodnya». 1996,№4 ) I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga ko’ra, xamma xalqlar ijtimoiy taraqqiyotning kanday darajasida bulishlaridan kat’iy nazar, oliy nerv faoliyatining bir xil bulgan apparatiga birinchi va ikkinchi signal sistemasidan tashqil topgan apparatga ega.Agar oliy nerv faoliyatining rivojlanishi yo’z ming yillar davom etganligi sinfiy jamiyatning vujudga kelganligi esa bir necha ming yil bulganligini nazarga oladigan bo’lsak, inson oliy nerv faoliyati mexanizmi sinfiy jamiyat barpo bulmasdan ancha ilgarirok shakllanganligi ravshan bulib koladi. Inson ruxiyati fakat uni urab turgan tashqi muxit sharoitlariga moslashib va uning xususiyatlarini aks ettirib kolmasdan, shuningdek, doimiy taraqqiyot etib turli xarakteriga ega bulgan iqtisodiy - ijtimoiy xodisalarning o’zgarib turishiga xam moslashib turadi.
Sotsial - iqtisodiy ukladning yashash sharoitlarining o’zgarishi bilan va yangi amaliy faoliyat formalarining vujudga kelishi bilan insonning bilishi bilan boglik bulgan ruxiy jarayonlarda yo’z beradi. Bunda ruxiy jarayonlarda kayta kurish sodir bulib, avval mavjud bulmagan yangi ruxiy faoliyat turlari vujudga keladi. Mexnat jarayonida odam tashqi tabiatni o’zgartirib borib, shuning bilan bir davrda o’z tabiatini xam o’zgartiradi.
Milliy psixologik kiyofaning xususiyatlarini ularning ob’ektiv jixatdan namoyon bulishi orqali urganish mumkin. Garb faylasuflari asarlarida u yoki bu xalqka xos psixologik xususiyatlarni urganish, avvalo, ularning ma’naviy ijodiyotini taxlil qilishdan boshlanadi deb ko’rsatilgan. Chunki xalq o’z tarixini, turmush tarzini, orzu - istaklarini moddiy va ma’naviy namunalarida aks ettirib kelgan. Milliy psixologik kiyofaning turli-tuman tomonlari tekshiruvchi uchun bir karashda kandaydir faxmlab tushunib olishi kiyin bulgan voqelikdek bulib kurinishi mumkin. Bu albatta yo’zaki karashda masalaning moxiyatiga chukur kirishishmasdan vujudga keladigan tushuncha. Aslida milliy psixologikqiyofamoddiy jixatdan ko’zga tashlanib turadigan xaraktyerga ega bulib, fakat madaniyatning turli-tuman farmonlarini urganish orqali uni faxmlab olish mumkin.



Yüklə 87,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin