I bob. Etnos haqida umumiy tushuncha


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 87,92 Kb.
səhifə2/13
tarix22.09.2023
ölçüsü87,92 Kb.
#146962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Abdujalilov Inomjon kurs ishi

Muammoning o`rganilganlik darajasi. Atrofdagi voqelikni, hodisalarni o‘ziga xos idrok, tafakkur, tasavvur qilish va ta’b, tuyg‘u, urf - odat, an’ana, xarakter tarzida namoyon bo‘lishi milliy psixologik qiyofaning qaytarilmas xususiyatlarini tashqil qiladi. Ma’lum bir millat vakillarining voqelikni o‘ziga xos idrok etishi, fikrlashi, orzu - istaklari, oliy psixik xususiyatlarini tushunish va tushuntirish uchun, uning namoyon bo‘lish sabablarini organizm yoki miya to’zilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, tabiiy muhitning shart - sharoitlaridan qidirish kerak. O‘tkazilgan ko‘plab tajribalar shuni ko‘rsatadiki, murakkab bilish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oddiy ruhiy jarayonlar va funktsiyalar ham inson tug‘ilishi bilanoq namoyon bo‘lmaydi, voqelikdagi hamma narsa va hodisalar kabi hayotdagi ijtimoiy - tarixiy sharoitlar asosida vujudga keladi. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, geografik muhit, avvalo, inson faoliyatini va bu faoliyat, o‘z navbatida, ruhiy jarayonlar va ongning to’zilishini belgilaydi.Har bir xalqning tarixi va taqdiri o‘ziga xos. Agar biz xalq tarixi va psixologik qiyofasini bir - biriga solishtirsak, milliy psixologik qiyofada, milliy xarakterda uning tarixi chuqur aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishimizning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Etnik o’zlikni anglashning tarkibiy to’zilishi va funksiyalari.

  • Etnos va Shaxs umumiy ma’lmotlar

  • Etnopsixologik xususiyatlar

  • Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti

Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari: Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko’ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo’lib shakllanguniga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o’rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo’lib, etnik tarix o’z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo’lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o’rganiladi.

Yüklə 87,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin