1.2. Etnos va uning turlari. Etnos (yunon. - xalq; ingl. - ethnos; nem. - ethnos)- tabiiy-tarixiy jarayonlar natijasida tarkib topgan kishilar guruhidir1. Ma’lumki, insoniyat biologik mavjudot, tabiatning bir qismi bo'lishiga qaramay kishilik jamiyatidagi evolyutsion taraqqiyot natijasida hamda ijtimoiy omillar tufayli muayyan ijtimoiy birliklar va jamoalarga bo'linadi. Yer yuzida yashovchi turli ijtimoiy- siyosiy jamoalar orasida o‘zbek tilida xalq, ilmiy adabiyotlarda etnos, deb yuritiluvchi kishilar jamoasi alohida ajralib turadi. «Etnos» atamasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘lganiga garchi ancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin alohida kishilar guruhini anglatuvchi ibora tarzida faqatgina XX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran etnogenez va etnik tarix, umuman, etnik jarayonlarga qiziqishning kuchayishi natijasidagina yanada keng ilmiy iste’mol doirasiga kirdi1. Shubhasiz, mazkur ibora bugungi kunga kelib ijtimoiy fanlar tizimida o'zining munosib o'rnini topdi, deb aytish mumkin. Hozirda ushbu atamani nafaqat etnologlar, balki faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar, sotsiologlar, psixologlar va hatto iqtisodchilar ham doimiy ravishda keng qo‘llamoqdalar va mazkur muammo bilan bog‘liq o‘zlarining turli-tuman qarashlarini bayon qilmoqdalar2. Etnos tushunchasi etnologiya fanida juda ko‘p qo'llaniladi. Zero, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, fanning bosh tadqiqot ob’ekti ham etnosning o‘zidir. Etnos kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan. Etnos atamasi dastlab yunon tilidagi manbalar - da yunon bo'lmagan xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan. Aynan shu ma’noda mazkur ibora Rim madaniyati va lotin tilida ham uchraydi. XVIII asr oxiriga qadar etnos atamasi nihoyatda chegaralangan holda qo‘llanilgan. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu atama ilmiy adabiyotlarda «xalq» (narod) ma’nosida qoTlanila boshlangan. Garchi etnologiya fanida etnos iborasi anchadan buyon ishlatilayotgan bo‘lishiga qaramay, faqat XX asr oxirida dunyo bo‘yicha etnogenez va etnik tarix hamda etnik jarayonlarga qiziqishning ortishi natijasidagina u alohida kishilar jamoasini anglatuvchi maxsus atama sifatida qo‘llanila boshlangan. Etnik guruh (ing. - ethnic group; nem. — ethnische Gruppe) - aniq bir xalqning (qabila, qabila ittifoqi, elatning) parchalanib, alohida qismlarga bo‘linib ketshi natijasida vujudga keladi. Etnografik guruhdan etnik guruhning farqini quyidagicha izohlash mumkin: o‘z xalqidan (qabila, elat) ajralib chiqqan guruh boshqa xalq tarkibiga kirib, uzoq muddat yashab, shu xalqning tili, xojalik faoliyati, urf-odatlari, turmush tarzini qabul qilib, unga batamom singib, o'zlarini shu xalq nomi bilan ataydigan bo'lib qoladi. Ammo shu bilan bir qatorda bu guruh o‘z etnik nomining o'tmishda qaysi qabila, elatga mansub ekanligini, ba’zi an’analarini saqlab qolgan bo‘ladi. Masalan: qipchoqlar XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida o'zbek xalqining tarkibida (o‘z lahjalari, turmush tarzi, madaniy hayotidagi ba’zi xususiyatlarini saqlab 127 Adhamjon Ashirov. Etnologiya qolganliklari tufayli) etnografik guruh bo‘lgan bo'lsalar, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, boshqird va boshqa xalqlar tarkibida ular (qipchoqlar) etnik guruh hisoblangan. Shunga o‘xshash, qang'li, uyshun va bir qancha boshqa qabilaviy nomlar ham yuqorida eslatilgan xalqlar tarkibida mavjud bo‘lgan. Bular o‘z etnik nomlari bilan qaysi xalq ichida bo'lsalar o'sha xalq (qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, boshqird va boshqalar) nomlari bilan atalganlar. Ajralib chiqqan etnik qism, boshqa etnoslarga qo'shilmasdan o‘zi mustaqil etnik guruh bo'lib qolishi ham mumkin. Vaqt o'tishi bilan uning tarkibiga ayrim (qipchoq bo'lmagan) etnik guruhlar qo'shilib, yirik qabila ittifoqini tashkil qiladi. Bunga XIII - XIV asrlarda Dashti Qipchoqda yashagan qipchoq etnik guruhi misol bo‘la oladi. Taniqli olim K. Shoniyozovning ta’kidlashicha, qipchoq etnosining asosiy o'zagidan ajralib chiqqan guruhlardan biri qoraqalpoq, qang'li, durut va boshqa etnik guruhlarni o'z tarkibiga qabul qilib, yirik qabila ittifoqini tashkil qilgan edi. Ma’lumki, vaqt o'tishi bilan etnik birlik kishilarining bir qismi ajralib, boshqa yerga, boshqa tabiiy muhitga borib o'rnashib, shu joydagi etnosga qo'shilib, turmush tarzini birmuncha o'zgartirib, yerli xalqning tilini qabul qilib unga aralashib qolish hollari ham oz bo'lmagan. Agar shunga o'xshash etnik guruh boshqa xalq tarkibiga kirib, etnik birlikning asosiy shartlaridan biri bo'lgan etnik nomini (etnonimini) va ba’zi boshqa belgilarini saqlab qololsa, unda bunday etnik guruh o'zining burungi etnik birligiga taalluqli bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan boshqa etnik uyushmaga kirgan etnik guruh o'z tilini, madaniyatini, o'zligini batamom unutib yuborgan taqdirda, bunday guruh (oldingidan) boshqa etnos kishilari bo'lib qoladilar. Boshqacha aytganda, ma’lum etnik guruh oldingi etnik birligidan 128 I l l bob. Etnos muammosi bilan bog'liq qarashlar va nazariyalar ajralib, mutlaqo boshqa etnik birlik tarkibiga kirib, unga singib, o'zlarini shu etnos (qabila, elat, millat) kishilari hisoblaydilar. Misol uchun halaj qabilasini olaylik. Bu qabilaning asosiy qismi ilk o‘rta asrlarda Yettisuvda yashagan. Milodiy VI - VII asrlarda bularning ma’lum qismi ajralib hozirgi Afg'oniston hududiga borib o'rnashgan. Vaqt o'tishi bilan ular bu hudud aholisining tilini, urf-odatlarini, turmush tarzini qabul qilib, o‘z etnik nomlarini unutib, XIII asrdayoq boshqa nom bilan gilzoy, deb ataladigan bo'lib qolgan edilar. Ayrim etnik guruhlar boshqa etnik birlikka kirib, unga aralashib singib ketgan bo'lsalar ham, o‘z etnik nomlarini asrlar mobaynida saqlab qolganlar. Qashqadaryoning o'rta oqimlarida mojor nomi bilan ataluvchi etnik guruh yashaydi. Ma’lumki, mojorlar Vengriya davlatining asosiy xalqidir. Bularning ilk ajdodlari ugro-fin tilida gapiruvchi xalqlar bo'lib, Sirdaryo quyi oqimlaridagi cho'llarda va Ural tog' oldi rayonlarida yashaganlar. Milodiy IX asrda mojorlarning katta bir qismi xazarlarning siquviga bardosh bera olmay, g'arbga siljib, hozirgi Vengriya hududiga borib o'rnashganlar. Bu yerda ular slavyanlashib, elat va keyinchalik millat bo'lib shakllanadilar. Qadimgi yerlarida qolganlari esa til jihatidan turklashib totor, boshqird va o'zbeklar tarkibiga kirib, batamom singib ketganliklariga qaramasdan qadimgi etnik nomlarini (mojor etnonimini) bizgacha saqlab kelgan. Zamonaviy etnologiya va sotsiologiya fanlarida etnik guruhga birmuncha boshqacharoq ta’rif beriladi. Chunonchi, sotsiolog E. Giddensning yozishicha, etnik mansublik ma’lum bir guruhni boshqasidan ajratib turadigan madaniy urf-odatlar va dunyoqarash bilan xarakterlanadi. Etnik guruh a’zolarini o'zlarini madaniyat va boshqa jihatlardan boshqa ijtimoiy hamjamiyatlardan farqli, deb hisoblaydilar va jami 129 Adhamjon Ashirov. Etnologiya yatdagi boshqa guruhlar tomonidan ham shunday qabul qilinadilar. Etnik guruhlarni farqlash uchun ko'plab turli tavsiflar mavjud, lekin bunda, asosan, til, tarix yoki kelib chiqishi, din, kiyinish tarzi va bezaklariga ko'proq e’tibor beriladi. Ko'pchilik zamonaviy jamiyatlar ko'plab etnik guruhlardan tashkil topgan. Chunonchi, Buyuk Britaniyada irlandiyalik, osiyolik, italiyalik, gretsiyalik va boshqa mamlatlardan kelgan muhojirlar shular jumlasidandir. Etnologiyaning nazariy metodologik muammolari borasida so‘z yuritganda etnik va etnoslararo jarayonlarga ham to‘xtalib o'tish joizdir. Etnologiyada «etnik jarayonlar» deganda u yoki bu etnos (etnik birlik) bilan bog'liq kechayotgan barcha o'zgarishlar tushuniladi. Ya’ni «etnik jarayonlar» tushunchasi keng ma’nodagi tushuncha bo'lib, etnos bilan bog‘liq genetik, lingvistik, psixologik, xo‘jalik-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarni qamrab oladi. Etnik jarayon ikki xil ko'rinishda, ya’ni bo‘linib ketishga hamda birlashishga moyil jarayonlarda namoyon bo'ladi. Etnik jarayonlarning birinchi ko'rinishi uchun ilgari bo‘linmasdan kelgan etnosdan bir necha etnik guruhlarning yoki uning ma’lum bir bo‘lagining ajralib chiqib, alohida mustaqil etnosning tashkil topishi xarakterlidir.