II.BOB. “ARSLON ” DRAMASIDA XARATERLAR TASVIRI. 2.1.Arslon dramasida badiiy san’atlarning qo’llanilishi. Fitrat o’z dramalarida nafaqat so’z va gaplatr orqali balki shu so’z va gaplar ohangi, gapda so’zlarning joylashuvi so’zda qoshimchalarning jiylashuvi orqali ham ma’no - mazmun anglatishga intildi. “Arslon” dramasida qo’llanilgan “o’lmoq” so’zining ma’no va ohang tovlanishlariga diqqat qilaylik.
1.To’raqul. Men ikki kundan boshqa har kun chiqqanman. Shul ikkikun chiqmaganim ham onamning o’lgani uchun edi. Bu gapda “o’lgani uchun” so’z o’z ma’nosida yani jismoniy o’limni ifodalayapti, shuning uchun neytral xususiyatga ega chunki mazkur situtsiyada asosiy zarb mazkur so’zga berilmagan.
2. Xuddi shu sahnada - hasharga chiqmaganlardan soliq undirish sahnasida oqsoqol pulni to’layolmayotgan Tursunga shunday deydi: “O’ldingmi boydan ko’tara qol!” “O’ldingmi” so’zi bu yerda kirish so’z vazifasida kelgan - bu so’z pisand qilmaslik, xurmatsizlik, do’q - po’pisa, kamsitish yerga urush, tahqirlash ohanglari bilan omuxtalashib kelgan.
Oynuqso tilidan ishlatilgan “muzday oyoq” tashbihi ham xar bir o’zbek uchun tanish va tashbihli xususiyati sezilarsiz. “Hayvon kabi” tashbihi esa yuqoridagi ikki misoldan o’xshahslik belgisi bilan farq qiladi. Chunki turli vaziyatlarda odamning hayvonga o’xshatilishida befarosatlik, ochko’zlik, ongsizlik va boshqalar asos bo’lishi mumkun. Biroq Hasanning hayvonga o’xshatilishida bu asoslarning birontasi yo’q. Balki unda oqsoqolning subektiv munosabati yashiringan. Buhoroda ko’proq “molga oxshab” shaklida qo’llaniladigan mazkur o’xshatish oqsoqol tomonidan Hasanga nisbatan ishlatilgan. Oqsoqol Hasanni mensimaydi, oddiy, yersiz, pulsiz dehqonni istagancha haqorat qilishi, ezish - toptashi, urushi mumkin. Hasanning hayvonga “ko’r” degan haqoratning mantiqiy davomidir. Bu bilan oqsoqol inson hayvonga nisbat qanchalik hukmfarmonlik qilishi mumkun bo’lsa, o’zining Hasanga nisbata hokimligi ham shu darajada ekanligini ta’kidlaydi. Bu tashbih ham persanaj harakterini yorituvchi ko’zgucha vazifasini o’tayotgan bo’lsa ,ikkinchi tomonidan o’quvchida Hasanga nisbatan achinish ,oqsoqolga nisbatan nafrat ,tengsizlikka asoslangan jamiyatga nisbatan isyon tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qilishi bilan ahamyatlidir .Arslonning ikkinchi pardasida dramaturg Arslonni shunday tasvirlaydi ;’’qizil do’ppi,qisqagina bir cho’pon kiygan keng ko’kragini ochiq qo’yib,belini bo’shatibgina bog’lagan,yalang oyoq Arslon ter to’kib ketmon chopadir “.Bu parchadagi sifatlashlarning har biri muhim ahamiyatga ega “qizil”,qisqagina va “yalang oyoq” Arslonning kambag’alligini, bechoraholligini ko’rsatuvchi belgidir:odatda,erkaklar qizil rangli kiyim kiyishmaydi .CHopon ham uzun, gavdaning deyarli butun qismini yopish va isitishga mo’ljallangan bo’ladi. Ammo Arslonning yengi bolalikdan buyon yangi chopon ko’rmagan,bolaligida tikilgan cho’pon, yigit bo’lib yetilgach kalta kelib qolgan bo’lsa-da, boshqasiga qurbi yetmagach, o’shani kiyib yuraverishga majbur . Lekin nega Arslon yozda ham chopon kiyadi Buning boisi ham kambag’allik; chunki kambag’allikning qishki yozgi kiyimi alohida bo’lmaydi .Yigitning ‘’yalang oyog’liligi sabab ham kiyishga etigi yo’qligida. Demak dramaturg dehqon yigitning kiyinishiga oid sifatlashlar orqali uning kambag’alligini ta’kidlab ko’rsatyapti. SHuning uchun muallif, masalan, choponga oid “guldor’’, “olacha”, “beqasam” yoki “yangi”,“eski’’ va boshqa ko’p sifatlashlarni qo’llagan.Dramaturg badiiy tafakkurning mahsuli bo’lgan o’xshatishlarning ko’proq dialoglarda emas , monologlarda, shuningdek fikri teran, dirdi yuqori, dunyoqarashi keng personajlar nutqida qo’llash sabablari ham shunda. “Arslon”…. Tog’angdan ming; boydan milyontasi oramizga kirsa, hammasini itarib, sudrab, toptab tebib yuraman-da, senga erishaman”. Bu yerda ikki hissa kuchaytirish bor:
Tog’a, boy va shunga muvofiq ming va million. Arslon o’z sevgisining qudratini ko’rsatish uchun “ tog’ondan mingtasi” deydi, ammo yana qoniqmay ularning o’rtasida g’ov bo’lgan ikkinchi kishini – kishini tog’adan ham qudratliroq kishini tilga olib “boydan milyontasi” deydi;
Itarib – sudrab, yiqitib – toptab tepib: bu so’zlar bir birining ma’nosini to’ldirib va kuchaytirib boradi. Qahramon qalbidagi tuyg’u va kuchni yorqinroq ifodalashga xizmat qiladi.
“Arslon. Mayli, mayli hammamizning qayg’uyimiz birdir. Men senga jonim bilan, tanam bilan, butun bor yo’g’im bilan ko’maklashaman”; “Nuriddin….ket, go’zalim ket… “ misollardan ko’rinadaki har bir gapda kuchli his – hayajon, sevinch, qayg’u, nafrat, ruhiy holatlar aks etgan. Bunday kuchaytirishlarda voqealar shiddat bilan avj oladi. Dramatizim kuchaygan saxnalarda perzonajlar holatini ruhiy g’alayonlarini aniq – tiniq ifodalashi, ifodalay bilish bilan harakterlidir. Tadrij, ya’ni pardana - pardaga, voqedan – voqeaga, hatto so’zdan – so’zga graydasion rivojlanib boorish dramatik asarning asosiy xususiyatlaridan biri.
Boy (qibroq). Bu ko’r juda yuzsiz ekan, bo’lmasa, joni chiqsin, men nima qilay. Olish bor, berish yo’qmi? Ko’rning suyaklarini sindirib olaman. Qoyamanmi uni? Agar boy faqat bir o’rindagina shu taqlid so’zlatilga uni vaziyatini va boyning ruhiy holatini izohlash mumkun edi. Ammo dramaturg izchillik bilan boy nutqida hilma-xil mubolag’alar, o’xshatishlar, sinonimlar, so’kinish, xaqorotlar qo’llaydi. “Og’ir yukjlarni ko’tara olmaysan, beling sinib qoladir”; “Qarg’a ko’ndirg’oli butoq topolmaysan, sen xotinni qanday qilib olasan?”; “ Meni tingla borib o’z bechorachiligin bilan bo’l, ishlab bir tilim non topib onangni to’yg’uz. Xotin olaman deb el qizlarni orqasidan yurma”; “Sen ham shul itlarning bittasi”; “Taxsir, qishlog’imizda yomonlar ko’p. Botir degann qimorboz bir yigit bor. Arslon degan bir oqpadar bor. Ikkalasi ham betafiq”. Bunday misollar mubolag’ali yorqin rangdorlik boyning nutqining xarakterli xususiyatidir. Fitarat Mansurboy nutqida anashunday so’z iboralarni qo’lash orqali uning individual xususiyatlarini ochib bergan.
Gradasiya(tadrij) fikrni darajama – daraja rivojlanib borishga bu sintaktik figura gap va gap bo’lagi shaklida bo’lishi bilan sintaksis obekti hisoblanadi. Bu dramada buni ko’rishimiz mumkun.
“Bek. Hokim bilan o’ynaysizmi hokimning tayog’i bor zindoni bor hukmi hushi bor. Sizni qo’yadimi?” ; “Nor hola. Oqsoqol shularniki bo’lsa, imom shularniki bo’lsa eshon, qozi, bek, amir shuniki bo’lsa…iloj nima?”; “Arslon mayli mayli hammamizni qayg’uyimiz birdir”;
Yuqorida takidlaganimizdek, Fitrat drammalarida ijtimoiy hayotdagi juda ko’p guruh vakillari obrazlari yaratilgan. Eshon - mullalar, boylar, qozilar, dehqonlar bilan bir qatorda loliyu qalandarlar ham yashaydilar, faoliayt ko’rsatadilar. Asrda lo’li obrazi o’zining yoqimliligi individualligi bilan ahamiyatlidir. Dramaturg lo’lini lo’lichasiga gapirtish orqali orqali hayotiylikni yuksak cho’qqiga ko’targan. Lo’lilarga hos ayyorlik, tamagirlik, yaxshi gapirib, odamlarni umidlantirib qo’llaridagini qoqib olish, so’z bilan rom etish, fol boqtirayotganlarining o’zidan hamma narsani bilib olish singari “lo’lik” xususiyatlari saj, tinimsiz ko’p gapirish, shu guruh ko’p ishlatadigan leksemalarni istifoda etish, maqtash singari vositalar orqali ifoda etilgan. “Nor holaning follari, holu ahvollari, taxtalari to’q bo’lsin. Qayg’ulari yo’q bo’lsin. Nor holamni xafa ko’rdim, ahvollarini so’rdim. G’oyibingiz bormi? Kasalingiz bormi? Qaysi birisin ko’ray? Ikkalasini ham ko’rdim, ikklasani ham so’rdim. Bittasi kasal, bitasi g’oyib deylar. Bir yoshgina odam ko’rinadir, bu kim? Yuzi oydek, qoshlari yoydek, ko’zlari qora, sochlari qora yigit deymi qiz deymi?”; “Kasalanigiz og’ir, tez sog’olar deb bolmaydir. Buning uchun bir qashqa qo’y yo bir qora tovuq keltirsangiz qon olaman, so’ngra sog’olor”. Shu gapda ham badiy san’atlarni ko’rishimiz mumkun.