2-rasm. Vaqt o‘tishiga qarab tempraturaning o‘zgarishi
Kalorimetrdagi suv 5 minut davomida, ya’ni temperatura bir tekisda o‘zgaradigan holatga kelguncha aralashtirib turiladi, bunda temperatura har 0,5 minutda 0.0020gacha aniqlik bilan yozib olinadi. Shundan keyin tuz solingan ampula tayoqcha bilan sindiri-ladi, bunda tuzning hammasi suvga tushishi kerak; eritmani aralash-tirib turib, erish temperaturasi qanday o‘zgarayotgani (asosiy davr) kuzatib boriladi. Asosiy davr tamom bo‘lib, so‘ngi davr boshlana-yotganda temperatura bir tekisda o‘zgaruvchan holatga kelib qoladi. So‘ngi davrda ham, boshlang‘ich davrdagi singari temperatura 5 minut davomida o‘lchab boriladi.
Tuzning erish temperaturasi qancha o‘zgarganini aniq hisob-lash uchun, mm ga bo‘lingan qog‘ozga grafik chiziladi, abssissa o‘qiga vaqt, ordinata o‘qiga esa temperaturaning har 0,5 minutda o‘zgarishi qo‘yiladi. Shu tariqa tоpilgan nuqtalar birlashtirilsa ikkita qiya to‘g‘ri chiziq hosil bo‘ladi, bunda chiziqlarning qiyaligi kalorimetr bilan muhit temperatura orasidagi farqqa bog‘liqdir. Bunda taxminan qandat diagramma hosil bo‘lishi 7-rasmda ko‘rsa-tilgan (A B boshlang‘ich davr, D, E so‘ngi davr ).
3-rasm. Tuz va kislota eritmalari yoki ishqor eritmalari
solish uchun shisha tayoqchali ampula
Jarayonning boshidan ohirigacha kalorimetr bilan muhit orasida issiqlik almashininb turadi, shu sababli tuz eriganda temperatura qanchalik o‘zgarganini bilish uchun tegishli tuzatish kiritish kerak. Bunda temperatura o‘zgarishining boshlang‘ich hamda so‘ngi davr uchun hosil qilingan chiziqlar davom ettiriladi. (grafikda qo‘ng‘ir chiziq bilan ko‘rsatilgan) BD nuqtalar oralig‘i ikkiga bo‘linadi va С nuqtadan ordinata o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi, bu to‘g‘ri chiziq punktir chiziqlarini kesib o‘tguncha davom ettiriladi. Shu chiziq kesib o‘tgan nuqtalar oralig‘i ∆t=t1-t2 tuz erishi natijasida o‘zgargan temperaturaga to‘g‘ri keladi.
∆t shu yo‘sinda topilgandan keyin kalorimetr doimiyligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
K (1)
Bunda Qerish – tuzning ma’lum erish issiqligi;
m –tuzning (kaliy nitratning) molar soni .
Kaliy nitratning 180C dagi erish issiqligi
Qerish =-8,52 kkal/molga teng.