Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari: 1) Erituvchi va uchuvchan zaharli moddalar bilan amaliy mashg‘ulotlar ventilyatsiya shkaflarida olib borilishi kerak.
2) Erituvchi va zaharli moddalar bilan ishlashda, kuyish xavfidan extiyot bo‘lish zarur. Ularni to‘kilishi sachrashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
3) Zaharli moddalar turgan idishdan ularni faqat pipetka yordamida tortib olish kerak. Og‘iz yordamida so‘rib olish taqiq-lanadi.
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari: 1) Kislotani suv bilan aralashtirishda doimo kislotani suvga quyish zarur.
2) Ishqorni suvda eritilayotgan paytda doimo aralashtirilib turish lozim.
3) Kislota bilan kuygan joyni suv yoki sodali suvda yuvib tashlash kerak.
Uskunalarni ishga tayyorlash Uskunalarni yig‘ishda ularni tozaligiga, biriktirish mosla-malariga e’tibor berish tajribani samaradorligini yaxshilaydi. Kimyoviy idishlarni yuvishda xromli aralashmadan foydalanish zarur. Metaldan yasalgan uskunalar: reaktor, kublarni kerosin, benzinda yuvib, toza havoda quritish kerak. Shundan so‘ng ishni olib borish mumkin, tajribani olib borishdan avval, ishni bajarish usuli bilan to‘liq tanishib chiqish kerak.
Tajriba natijalarini tekshirish Laboratoriya ishlarini olib borishda o‘lchash va tortish ishlarini aniq bajarish kerak. Material balanslari talabga javob berib, yo‘qotilish 0,10–1,6 foizdan oshmasligi zarurdir. Hisoblash ishlari to‘g‘ri bo‘lishi uchun aniq o‘lchash va qayta hisoblash lozimdir. Ish bajarilib bo‘lgandan so‘ng, quyidagi tarzda hisobot topshirilishi zarur:
1. Ishdan maqsad, ishni olib borish tartibi.
2. Apparat va sxemalarni ta’rifi.
3. Tajribani tavsifi.
4. Tajribani olib borilish sharoitlari.
5. Hosil bo‘lgan mahsulotlar xarakteristikasi.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitilgan shisha tiqin (shliflangan), rezena yoki yog‘och probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishga reaktiv-ning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo‘yilishi kerak. Reaktivlardan foyda-lanilganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Reaktivlardan keragidan ortiq miqdorda sarflash yara-maydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerak-ligi aytilmagan bo‘lsa, ulardan mumkin qadar kamroq oling.
2. Ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang, laborant ko‘rsatgan boshqa idishga solib qo‘yish kerak.
3. Tajriba o‘tkazish reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin berkitib, o‘z joyiga qo‘yish kerak.
4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bo‘lishi kerak.
5. Suyuq, reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmas-dan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foyda-lanish uchun qo‘yilgan reaktivlarni har kim o‘zi ishlatayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi.
6. Umumiy foydalanish uchun qo‘yilgan asbob va reaktiv-larni o‘z ish joyingizga olib ketmang, aksincha, ularning o‘z joyini o‘zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo‘ladi.
1.Labaratoriya ish. Mavzu: Termokimyo.Gess va Kirxgoff qonunlaridan reaksiyaning issiqlik effektini aniqlash.Kalorimetrik o’lchashlar uchun Bekman termometrini sozlash.