I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari


Tuzning erish issiqligini topish



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə8/15
tarix20.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#165753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs

Tuzning erish issiqligini topish
O‘lchov idishiga tortib olingan distillangan suv qo‘yiladi (400-500ml), o‘lchov ampulasiga avvaldan yaxshilab maydalangan 5-10g quruq tuz solinadi va ampulaga sindirish tayoqchasini solib, uni asta o‘lchash idishiga tushiriladi. Shunga e‘tibor berish kerakki, suyuqlik yuzasi ampulaning tuzli qismidan nisbatan yuqoriroq turishi lozim, Tuz suyuqlik haroratini egallashi uchun 10-15 minut kutish kerak, so‘ngra harorat o‘zgarishi kuzatila boshlanadi. 10 ta qiymat olingandan keyin tayoqcha yordamida tuzli ampula ehtiyotlik bilan sindiriladi va o‘lchash davom etiladi.
Harorat o‘zgarishini yuqorida qayd qilingani kabi chizma yordamida topiladi. Erish issiqligi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
(9)
bunda М – tuzning molekulyar og‘irligi;
– tuzning og‘irligi.
Tajribani ikki-uch marotaba qaytariladi va natijalarning o‘rtacha qiymati olinib, J/mol birligi orqali ifodalanadi.


3-laboratoriya ishi
Mavzu: Kristallogidratning hosil bo‘lish issiqligini aniqlash
Ishdan kuzatilgan maqsad:
1. Issiqlik effektini kalorimetrik metodda o‘lchash usuli bilan tanishish.
2. Suvsiz tuzdan kristallgidratlar hosil bo‘lish issiqligini topish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Aralashtirgich o‘rnatilgan Dyuar idishi, 0.5 litrli kolba, Bekman termometri, tuz solish uchun probirka, shisha tayoqcha, analitik tarozi, chinni hovoncha, texnik tarozi, 1 minutga mo‘ljallangan qum soat, mis kuporosi, suvsiz mis (II) sulfat.
Gidratlanish issiqligi deb, suvsiz quruq tuzdan bir mol qattiq kristallogidrat hosil bo‘lish jarayonining issiqlik effektiga aytiladi. Odatda bu issiqlik effektini tajriba usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi. Bu masalani kalorimetr yordamida suvsiz toza tuzni va shu tuz krisstallogidratini ko‘p miqdordagi suvda erish issiqligini aniqlash va Gess qonunidan foydalanilgan holda hal qilish mumkin.
Masalan, mis sulfatning gidratlanishini olaylik. Boshlang‘ich holatda 1 mol kristallik mis sulfatiga va п mol suvga egamiz.
;
Oxirgi holda: ya‘ni ning п mol suvdagi eritmasi hosil bo‘ladi.
Boshlang‘ich holatdan oxirgi holatga o‘tishni ikki yo‘l bilan olib borish mumkin.
1-yo‘l:
2-yo‘l:

Gess qonuniga binoan quyidagini yozish mumkin:
(10)
Bu degan so‘z, birinchi yo‘l bilan olib borilgan jarayonning issiqlik effekti ikkinchi yo‘l bilan olib borilgan jarayonlar issiqlik effektlarining yig‘indisidan iborat. Natijada (10) dan
ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Tajriba
Tuzning gidratlanish issiqligini topish uchun kalorimetrdan foydalaniladi. Kalorimetrning ishlash mexanizmi 1-laboratoriyada berilgan.
Kalorimetrda suvsuz missulfat CuSO4 (taxminan 5,5gr) va uning kristallogidrati CuSO4*5H2O *(taxminan 8gr) eritilganda temperaturaning o‘zgarishi kalorimetr doimiyligi o‘lchangan usulda topiladi.
Tajriba uchun tuzlar aniq tortib olinishi lozim.
Suvsiz tuz hosil qilish uchun shu tuzning kristallogidrati chinni kosachada qattiq qizdiriladi. Tuzning erish issiqligi (1) tenglamaga muvofiq,
Qerish= K∆t/m ga teng bo‘ladi.

Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin