I bob. Iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro valyuta munosabatlarining roli va ahamiyati


Mavzuning oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalari



Yüklə 483,07 Kb.
səhifə2/8
tarix13.06.2023
ölçüsü483,07 Kb.
#129549
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzuning oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalari:Mamlakatimizning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan besh yillik istiqboli aks etgan - Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar bugun amaliyotda o’z isbоtini topmoqda. Shundan kelib chiqib xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatini oqilona olib borish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliy takliflar berish tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadlaridan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo’yilgan:

  • Mamlakat eksport salohiyatini oshirish;

  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish;

  • Tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish;

  • Valyuta еtishmovchiligi xatarining oldini olish

  • Ishlab chiqaruvchilarning tashqi hamda ichki bozorda raqobatdoshligini oshirish;

  • Respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;

  • Valyuta bozorida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish;

Ayniqsa, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta hamda narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish kabi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganganlik darajasi: valyuta siyosati keng o’rganilayotgan tushunchalar bo’lib, ko’plab olimlar tomonidan o’rganilgan, ilmiy asarlari, kitoblari, o’quv qo’llanmalarida tahlil qilingan. Mavzuni quyidagilar yuqori darajada o’rganganlar: R..R.. Tojiev, T.I. Bobakulov, U.A. Abdullayev, Ataniyazov J.X., Alimardonov E va boshqalar.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti :Ushbu bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib valyuta siyosati va valyuta bozori hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot predmeti bo’lib esa O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosatini olib borishda yuzaga keladigan moliya munosabatlari hisoblanadi.

Yüklə 483,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin