I bob. Iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro valyuta munosabatlarining roli va ahamiyati


-rasm.2018-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yalpi ichki mahsulot(YAIM)



Yüklə 483,07 Kb.
səhifə7/8
tarix13.06.2023
ölçüsü483,07 Kb.
#129549
1   2   3   4   5   6   7   8
5-rasm.2018-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yalpi ichki mahsulot(YAIM).

6-rasm. 2018-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha YAIM
Sanoatning asosiy ko`rsatkichlari4

Ko'rsatkichlar

2018

2019

2020

2021

2022

Sanoat ishlab chiqarish hajmi, mlrd.so'm

235340,7

322535,8

368740,2

456056,1

553265,0

Sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi indeksi, o'tgan yilga nisbatan %

110,8

105,0

100,9

108,8

105,3

Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari5

Ko‘rsatkichlar

2018

2019

2020

2021

2022 Q4

2023 Q1

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar

3396,0

3309,4

3396,1

3260,7

X

x

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so`m

187425,6

216283,1

250250,6

303415,5

347564,4

37760,2

shu jumladan:







dehqonchilik

98406,4

111904,8

123858,8

152130,4

179853,4

2752,9

chorvachilik

89019,2

104378,3

126391,8

151285,1

167711,0

35007,3

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga nisbatan foizda

100,2

103,3

102,7

103,9

103,6

103,2

shu jumladan:







dehqonchilik

95,8

104,8

103,2

104,3

103,8

97,7

Chorvachilik

105,7

101,6

102,1

103,5

103,4

103,6

2.2. Valyuta kursi o’zgarishi xalqaro moliya munosabatlari barqarorligiga ta’siri tahlili.
Har bir mamlakatda iqtisodiy inqiroz nafaqat bir odamga, balki butun aholisiga ta'sir qilishi mumkin. Natijalar hayotning barcha sohalariga zararli bo'lishi mumkin. Inflyatsiya nima ekanligini tushunish, inqirozning kamchiliklari va kamchiliklari va uni bartaraf etish mumkinmi, degan savolni beramiz. Ushbu iqtisodiy davrda tovar va xizmatlar qiymatini oshirish degani. Inflyatsiya mohiyati shundan iboratki, ayni paytda uning boshlanishidan oldin bir xil pulga nisbatan mol-mulkni kamroq sotib olish mumkin bo'ladi. Moliyani sotib olish kuchi kamayganligini aytish mumkin va ular o'z qiymatining bir qismini yo'qotib qo'ydi. Bozor iqtisodiyotida bunday jarayon narxlarning ko'tarilishida o'zini namoyon qilishi mumkin. Ma'muriy choralar bilan narxlash bir xil bo'lib qolmoqda, ammo mahsulot guruhlari etishmasligi bo'lishi mumkin. Inflyatsiya atamasiga bir qancha ta‘rif berish mumkin. Umuman olganda inflyatsiya bu pulning qadrsizlanishi hisoblanadi. Bu ta‘rifning mazmun mohiyatini yanada chuqurroq ifodalash maqsadida iqtisodiyot fanlari nomzodi I.Sayfiddinovning so‘zlarini keltirib o‘tamiz:
 Inflyatsiya – bu, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi va pul birligining qadrsizlanishidir.
Tadqiqot jarayonida statistic, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik, mantiqiy, monitoring, ekspress – baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. O‘rganilgan adabiyotlar natijasida mavzu to‘liq yoritib berildi. Muomalada qog‘o pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Inflyatsiya termini lotincha inflation so‘zdan olingan bo‘lib shishirilgan, bo‘rttirilgan, ko‘pchigan degan ma‘nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli o‘sma kasalligini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatdan ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorlarda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy o‘girtmasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli boshqa xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napaleon bilan urush davrida, Fransiyada – fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori su‘atlardagi inflyatsiya 1923 – yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, balki tarixan mavjud bo‘lgan jarayon bo‘lib hisoblanadi. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xusuiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Oldingi davr inflyatsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib, xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillarida tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez – tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi qonuning buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi: birinchidan, pul talabining Tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilann ifodalanadi. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar – pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlarga bo‘linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo‘jalik va iqtisoddagi mutanosiblikni buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo‘l qo‘yish, iqtisodning siklik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining noto‘g‘ti olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi krezislar, davlatning byudjet defitsiti, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo‘l qo‘yish va boshqalar kiradi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo‘lgan krezislar, (xom – ashyo, yoqilg‘I, valyuta bo‘yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo‘ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keladigan nomutanosibliklar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
 Tovarlar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
 Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
 Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Inflyatsiyaning turlari:
 Sudraluvchi inflyatsiya (mamlakatda inflyatsiya darajasi 5 – 10% bo‘lgan holatda kuzatiladi);
 Shiddatli inflyatsiya (inflyatsiya darajasi 10 – 100%, ba‘zan, 200% gacha bo‘lgan holatlarda kuzatilishi mumkin);
 Giperinflyatsiya (inflyatsiya darajasi 200% dan yuqori bo‘lgan vaziyatda namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, giperinflyatsiyaga misol tariqasida 1923 – yillarda Germaniyada yuzaga kelgan inflyatsiyani keltirib o‘tishimiz mumkin);
 Talab inflyatsiyasi. (Inflyatsiyaning bu an‘anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la qondira olmaydi, taklifiga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi tovarlar ko‘p pul massasiga to‘g‘ri keladi);
 Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiya. (Har xil jarayonlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi). Inflyatsiya oqibatlari Inflyatsiya iqtisodiyotni vayron qilish darajasigacha ta'sir qilishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida:
 Eng avvalo pul birligi qadrsizlanadi;
 Tovarlardagi narxlar mutanosibligi buziladi;
 Xaridor va sotuvchilar u yoki bu qarorni aniq qabul qilishga ikkilanadilar;
 Katta investitsiyalar qilish xavf-xatari oshadi;
 Tadbirkorlar qisqa muddatli qarorlar va harakatlar bilan cheklanib qolishadi;
 Shaxsiy jamg`armalar o`z qadrini yo`qotadi;
 Aktsiyalar, obligatsiyalar, cheklar, veksellar, sertifikatlar, sug`urta polislarining real qiymati pasayadi.
 Kam ta'minlangan aholi yanada qashshoqlashadi;
 Mehnat qilish va tadbirkorlikning rivojlanishiga karaganda ish haqi tezroqqadrsizlanadi. Xullas, inflyatsiya bozor jarayonini tartibsizlantirib, ham ishlab chiqarishni, ham iste'molni izdan chiqaradi, aholining turmush darajasini keskin pasaytiradi, jamiyatda sotsial tanglikni vujudga keltiradi. O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosatning olib borilishi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni uzoq muddatli va qisqa muddatli siyosat bilan qo`shib olib borish kerak. Uzoq muddatli siyosat quyidagilarni o`z ichiga oladi:
 Soliq tizimini takomillashtirish hamda davlatning xarajatlarini kamaytirish hisobiga byudjet taqchilligini qisqartirish choralarini ko‘rish;
 Pul muomalasi sohasidagi tadbirlar, xususan pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori me‘zonlarini, pul massasi o‘sishining har yilgi qat‘iy limitlarini belgilash;
 Inflyatsiyani avj oldiruvchi tashqi omillarni bartaraf etish, xususan hukumat byudjet taqchilligini moliyalashtirish maqsadida chet eldan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar olishyo‘li bilan iqtisodiyotga inflyatsiyaning ta‘sirini kamaytirish, bu kreditlar va qarzlarni konvertatsiyalash hamda shu summaga milliy valyutaning qo‘shimcha massasini chiqarish; Inflyatsiyaga qarshi qisqa mmuddatli siyosat inflyatsiya sur‘atlarini vaqtincha pasaytirib turishga qaratilgan bo‘lib, u quyidagilarni qamrab oladi:
 Jami talab oshmagan holda tovarlar va xizmatlarni qo‘shimcha ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hisobiga, iste‘mol tovarlarini ko‘plab miqdorda import qilish, kkorxonalarning kata miqdordagi aksiyalarini sotish hisobiga jami taklifni kengaytirish;
 Sug‘urtalash va jamg‘arishni rag‘batlantirish. Inflyatsiyaga qarshi siyosat munosabati bilan inflyatsiyaga qarshi kurashning xarajatlari masalasi keskin bo`lib turadi. Jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan olganda inflyatsiyaga qarshi kurash. Xalq xo`jaligida kattagina zarar ko`rishga, ya'ni ishsizlikning o`sishi va ishlab chiqarishning pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, inflyatsiyani 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlik yil davomida o`zining tabiiy darajasidan 2 foiz yuqori bo`lishi kerak, bunda real YaMM potentsial YaMM ga qaraganda 4 foiz kamayadi. Ko`pgina mamlakatlarning xukumatlari nazoratdan chiqib ketgan inflyatsiyani jilovlashga harakat qilib, narxlar va daromadlar siyosati deb atalgan siyosatni amalga oshirdilarki, uning asosiy vazifasi ish haqi o`sishini cheklashdan iborat bo`ladi. Bundan tashqari inflyatsiyani jilovlashning yana bir usullaridan biri ―Inflyatsion targetlash‖ usuliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda qo'llanilmoqda. “Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target) o'rnatiladi. Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi. O'z navbatida, ushbu rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi. Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidankeng foydalangan holda qaror qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish, kommunikatsiyaviy siyosat tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va boshqalar. Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini (masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pulkredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim. Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi. Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq etmoqda? Gap shundaki, past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin, inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga olib keladi. Shunday qilib, tadbirkorlar qarz mablag' (kredit)lardan foydalanganliklari uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) bo'lishi, ularni qaytarish bilan bog'liq to'lovlarga ta'sir qiladi. Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Barqaror iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani ta'minlash aksariyat markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi (target) sifatida belgilanadi. Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak? Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish imkonini beradi:
 narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;
 pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf etish;
 ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini ta'minlash. Inflyatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi? Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
 inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)
 inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo'yicha instrumentlardan (REPO va valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish;
 pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar (xo'jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo'jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo'lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga olgan holda prognozlash;
 pul-kredit siyosati maqsadlari (narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo'lgan ishonchini oshirish va hokazo)ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish imkoniyatini ta'minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish. Inflyatsion targetlash rejimi sharoitlarida pul-kredit siyosatining qanday instrumentlari qo'llaniladi? Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun pulkredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi. Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirish orqali tijorat banklari tomonidan omonat va kreditlar bo'yicha taklif etiladigan foiz stavkalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu o'z navbatida, umumiy talab orqali iqtisodiyotdagi narx darajasiga ta'sir ko'rsatadi. O’zbekistonda inflyatsion targetlash rejimi Yuqoridagilardan kelib chiqib, inflyatsion targetlash deganda – oldindan belgilanadigan inflyatsiya darajasi (target)ni keng jamoatchilikka e'lon qilish, hamda ushbu ko'rsatkichga erishish va uni saqlab qolish jarayoni tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tilayotgan bo'lib, 2023 yilda 5 foiz darajadagi inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan. O„zbekistondagi inflyatsiyaga ta‟sir etuvchi omillar. Ekspert fikriInflyatsiya ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari inflatsiyaga ta‘sir yetuvchi omillar va ularning dinamikasini o’rgandi. Unga ko’ra, O’zbekistondagi inflyatsiyaga ta‘sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflyatsiyasining o‘sishi asosiy inflyatsiyaning taxminan 38% ini ifodalaydi. O’zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflatsiyaga qo’shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta‘sir yetuvchi omillardagi o’zgarishlar mamlakatda iste‘mol narxlari indeksining 33%ga o’sishiga turtki bo’lmoqda. Import inflyatsiyasi Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi. Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoy eng kata hissa qo‘shgan. Bu davlatlarning O‘zbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) – 0,90% va 0,81%. Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi. Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta‘sir ko‘rsatdi. Qozog‘istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta‘sir ko‘rsatdi. Inflyatsiya ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo’lib, bu o‘z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni yaratadi. O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi keskin pastladi. Bu nimani anglatadi? Avval xabar qilganimizdek, 2021-yil yakuniga ko’ra O’zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu O’zbekiston uchun tarixiy voqea sanaladi. Birinchidan, bu ko’rsatkich 2017-yildan beri ilk bor o’n foizdan pastladi (2020-yilda 11,1 foizni tashkil qilgan, 2019-yilda 15,2 foiz edi, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz). Ikkinchidan, 2021-yil Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiya darajasini nazorat qila boshlaganidan keyingi birinchi yil bo’ldi. Regulyator o’z maqsadiga erishdi va inflyatsiyani 10 foizlik darajada ushlab turishning uddasidan chiqdi. Inflyatsiyaning hayotga ta’siri Inflyatsiya mamlakat taraqqiyotining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir — u qancha past bo’lsa, shuncha yaxshi. Masalan, Shveysariya kabi rivojlangan mamlakatlarda yillik inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan oshmaydi, Venesuela kabi inqirozga botgan davlatlarda esa 500 foizdan oshib ketgan. O’zbekiston 2021-yil boshidan inflyatsion targetlash tizimiga o’tdi. Bu tizimda Markaziy bank inflyatsiya bo’yicha maqsad (target) qo’yadi va unga erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi. 2021-yil uchun mo’ljallangan maqsad o’n foiz bo’lgan bo’lsa, 2023-yilga kelib, bu ko’rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma‘lumot uchun, besh foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng ko’rsatkichdir. Targetlash doirasida narx barqarorligi moliyaviy barqarorlikni ta‘minlaydi, chunki mamlakatdagi ahvol hamma uchun oydinlashadi va oldindan aytish mumkin bo’ladi. Masalan, investorlar, tadbirkorlar va boshqalar qaror qabul qilishga izchilroq yondashadi. Bu, o’z navbatida, butun moliya tizimining barqarorlashuviga olib keladi hamda Markaziy bank ishtiroki darajasini pasaytiradi. Dunyodagi ahvol va milliy valyutaning o‘rni O’zbekistonda inflyatsiya darajasi rekord darajada tushib ketgan bir vaqtda dunyoning ko’plab mamlakatlarida bu, aksincha, keskin tezlashib ketdi. Masalan, Qo’shma Shtatlarda u 40 yil oldin, Rossiyada esa besh yil oldin rekord darajaga yetgan. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, albatta, koronavirus — pandemiya ortidan deyarli barcha mamlakatlar pul-kredit siyosatini yumshatdi. Ya‘ni, hukumat iqtisodga ko’proq pul to’ka boshladi — masalan, aholiga to’g’ridan-to’g’ri to’lovlar yoki arzon kreditlar shaklida. Buning oqibatida, iste‘molga talab oshib, ishlab chiqarish ortda qolyapti. Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi. Bu vaziyatda o’zbek so’mi mustahkam turibdi — dastlabki o’n oyda valyuta atigi ikki foizga qadrsizlandi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmatovning ta‘kidlashicha, valyuta tushumi eksport hisobiga 35 foiz oshishi, shuningdek, banklar va eksportchilar tomonidan valyuta ayirboshlash hajmining ortishi natijasida nisbatan barqaror kursga erishishning uddasidan chiqilgan. Iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqori ulushi, xomashyo eksportiga kuchli bog’liqlik va tarkibiy nomutanosiblik kabi hodisalar, ayniqsa, islohotlar davrida mahsulot va xizmatlar narxining o’sishini sezilarli darajada tezlashtirib yuborishi mumkin. Inflyatsion targetlash shu narsaga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Bu omillar oxir oqibat aholining milliy valyutaga bo’lgan ishonchini oshirishi, iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishi, ichki va tashqi investitsiya hajmining oshishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. Xulosa qilib aytganda, inflyatsiya mamlakat hududida pul birligi qadrsizlanganda yuzaga keladi. Va albatta uni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha hukumatimiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomidan yuqorida keltirib o‘tilgan kerakli chora – tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda inflyatsiya ko‘rsatkichi yildan yilga pasayib kelmoqda. Shu jumladdan inflyatsiya darajasi 2022 – yil holatiga ko‘ra 12,3% ni tashkil qilyapti. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 5% ga tushirish rejalashtirilgan va bu borada mamlakatimizda yetarlicha islohotlar olib borilyapti. Shunday ekan bizning ishonchimiz komilki, biz tez orada ushbu maqsadga erishamiz.



Yüklə 483,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin