I.BOB ISLOM DINING VUJUDGA KELISHI VA QO‘QON XONLIGINING TASHKIL TOPISHINING ILMIY MANBALARDA TAVSIFI I.1 Islom dinining vujudga kelishi… ……………..........
I.2 Qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy adabiyotlarda yoritilishi ...…..…
II.3 Qo‘qon xonligining madaniy hayotida badiiy va ilmiy asarlarning shakllanishi
II.BOB QO‘QON XONLIGINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA ISLOM DINIGA BO‘LGAN MUNOSABAT…..……..... II.1 Xonligining davlat boshqaruvida lavozimlarning tarkibi va unda diniy mansablarning o‘rni...
II.2 Ijtimoiy hayotda din va din ulamolarining tutgan o‘rni…………..…………………………………
Xulosa………………………………………………………………….……...
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...
Кirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o‘zgarishlar yuz berdi. O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o‘zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug‘ tarata boshladi. Garchi mustabid sho‘rolar hukmronligi davrida O‘zbekiston tarixi fani to‘laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo‘lsada, o‘zining boy tarixiy merosini ko‘z qorachig‘idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o‘tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo‘lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma’naviy hayotning ajralmas qismi bo‘lgan tarixga yangicha ko‘z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo‘ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo‘yildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglash, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi, - deb ta’kidlagan edi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov1. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir, - deb ta‘kidlab o‘tadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov2. Albatta yuqorida ta’kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O‘tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo‘lyozma asarlari dunyo yuzini ko‘rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o‘tmishiga va merosiga ko‘rsatilgan ehtirom va e’tirofdir. O‘zbek davlatchiliginining uzviy bo‘lagi bo‘lgan Qo‘qon xonligi va uning ma’muriy boshqaruv tizimini ushbu tarixiy qo‘lyozma va manbalar asosida aniq dalillarga tayangan holda ochib berish, tahlil qilish tarix fani uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Yuqorida fikrlardan kelib chiqqan holda biz tanlagan bitiruv malakaviy ishining qo‘yilgan muammosi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.