Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi –eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari va soqchi-mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz qo‘ymaslikka javobgar shaxs.
Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga olib kirib, javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan.
Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish huquqiga ega mansab, saroy unvoni.
Dasturxonchi –xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy mansabi.
Saroy qorovulbegisi – xon o‘rdasining soqchilariga boshliq bo‘lgan saroy amaldori.
Tunqator – tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va yurishlari vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan amaldor.
Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo‘lib, uning yuvinishi va tahorati vaqtida xizmat qiladigan amaldor.
Sharbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo‘lib, xonning xos majlislari va safarlarida hizmatda bo‘lgan.
Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg‘alarni qabul qilib olib, xon nazaridan o‘tkazuvchi amaldor.
Shig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari keng bo‘lgan.
Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu mansabdagi shaxs xonga tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham boshchilik qilgan.
Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab egasi. Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo‘lib, ov paytidagi xonning dam olish jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo‘lgan.