I bob. Jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari


O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor yo‘nalishlari



Yüklə 324,87 Kb.
səhifə4/12
tarix22.06.2023
ölçüsü324,87 Kb.
#134124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yangi O\'zbekiston iqtisodiyoti tarkibini qayta qurishda xalqaro moliyaviy tashkilotlarnini ro\'lini oshirish masalalarini tahlili.

1.2 O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.
Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.
Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.
O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi.
O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor.
O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi.
Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshlagan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan yangi hisobotini taqdim etildi. Unda o‘tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo‘lgan istiqbollar keng sharhlanadi.
UzAnalytics mazkur hisobotning O‘zbekiston iqtisodiyoti istiqbollari, xavflar va ish o‘rinlarini yaratishga bag‘ishlangan boblarining muhim jihatlari va asosiy xulosalari havola etildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.



Yüklə 324,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin