I bob. Jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari



Yüklə 324,87 Kb.
səhifə6/12
tarix22.06.2023
ölçüsü324,87 Kb.
#134124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yangi O\'zbekiston iqtisodiyoti tarkibini qayta qurishda xalqaro moliyaviy tashkilotlarnini ro\'lini oshirish masalalarini tahlili.

2 .1.2 - jadval

O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyoti borgan sari shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot- bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlarning yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi. Har bir yirik davlatlar kabi O’zbekiston ham jahon iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shmoqda. Jahon iqtisodiyotiga hissasini qo’shish deganda faqat eksport mahsulotlarini sotish emas, balki import mahsulotlari qabul qilish ham nazarda tutiladi. Albatta mamlakatda eksport hajmi import hajmidan ko’p bo’lishi uchun mamlakatning iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Ammo boshqa tarafdan olib qaraganda mamlakat ichki mahsulotlarining haddan ziyod tashqi bozorga chiqishi davlatning ichki bozoriga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shuning uchun ko’pgina davlatlar iqtisodiyotida ba’zan import hajmi eksport hajmidan ko’proq bo’ladi , ba’zida esa teskari hodisa kuzatiladi . Tashqi savdo deganda esa import va eksport hajmlarining umumiy yig’indisi nazarda tutiladi. Raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsak, 2022-yilning yanvar-iyun holatiga ko’ra O’zbekistonda import hajmi eksport hajmiga nisbatan anchagina oshganligini kuzatamiz. Bu davr ichida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $28,1 mlrd.ga tengligi kuzatildi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisabtan $6,3 mlrd.ga oshgan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $11,3 mlrd.ni tashkil etdi. Bunda: Manhsulotlar - $9,3 mlrd. Xizmatlar - $2 mlrd. ga teng bo’lgan. Yuqorida aytilgandek bu davrda import eksportga nisabtan sezilarli, unga $16.8 mlrd. sarflangan. Bunda: Mahsulotlar - $15,4 mlrd. Xizmatlar – $1,4 mlrd. ga tengligi kuzatildi.


O’zbekiston jahon iqtisodiyotida borgan sari o’z ulushi hajmini oshirib bormoqda. O’zbekiston endilikda rivojlangan davlatlar singari ulkan eksport mahsulotlarini onlayn savdo orqali ham yo’lga qo’ymoqda. Alibaba’da O’zbekiston tadbirkorlari tomonidan joriy yil sentabr oyida $67 mlnlik mahsulot eksport qilindi. Endilikda esa, yil oxirigacha eksportga yo’naltirilgan tovar pozitsiyalari soni 300 taga yetkazilishi reja qilinmoqda . Natijada O’zbekiston jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lib, tijorat saytida milliy bilimga ega bo’lgan Rossiya va Qozog’istondan keyin III MDH davlati bo’ldi. O’zbekiston joylashgan o’rni va agrar mamlakat bo’lganligi uchun asosan eksport mahsulotlari qishloq xo’jaligi mahsulotlaridir. Onlayn platformada ham O’zbekistonning asosiy eksport tarmoqlari sifatida:
- To’qimachilik ;
- Qishloq xo’jaligi ;
- Oziq-ovqat sohalari ko’rilmoqda .
O’zbekistonning shu yilgi iqtisodiyotiga ayni damdagi voqealar ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Rossiya investitsiyalar va pul o’tkazmalarining qisqarishi tufayli 2022-yilda O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishi prognozini aprel oyida kamaytirdi. 2022-yilda O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o’sishi 4 foizni tashkil etadi, bu 2021-yilga nisbatan (7,4%) ancha pastdir. Biroq, 2023-yilda YaIM darajasi 4,5 foizgacha ko’tarilishi kutilmoqda.


Yüklə 324,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin