I bob. Jamiyat hayotida urf odatlar va islom dinining munosabati


Muqaddas islom dinining urf-odatlarga munosabati



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə4/6
tarix16.01.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#79381
1   2   3   4   5   6
Jamiyat hayotida urf odatlar,millatlararo va dinlararo munosabatlarning orni

Muqaddas islom dinining urf-odatlarga munosabati  Islom dinining har qanday zamon va makonning muammolarini hayotiy hal qiluvchi qonun-qoidalari urf-odat va ananalarga ham uz munosabatini aniq bayon qilgan. Jumladan, urfni qabul qilinishi uchun quyidagi shartlarni quygan:
Quroni karimda ochiq-oydin taqiqlangan yoki halol qilingan ishlardan birortasini halol yoki harom qiluvchi odat bulmasligi;
1. Hadisi sharifda ochiq-oydin halol yo haromligi bayon qilingan hukmlariga zid bulmasligi;
2. Har qanday urf-odat va ananalar faqihlarning ijmoi yani Quroni karim va sunnati mutahhara mazmunidan kelib chiqib, umumkhalqqa manfaat keltirishga asoslangan ittifoqlariga zid bulmasligi.
3. Bidat-khurofot ishlarga targib qiluvchi bulmasligi zarur;
4. Fahsh va “ommaviy madaniyat”ga targib qiluvchi ish bulmasligi;
5. Uning shariatdagi birorta asosga tayanishi…
Urf-odatlarni qabul qilish borada hanafiy mazhabi vakillari ancha keng yul tutganlar va hatto bidat (Paygambarimiz sollallohu alahi va sallamning davlarida bulmagan, U zotning vafotlaridang sung paydo bulib, diniy tus olgan ish)ni ham ikkiga bulganlar. Paygambarimiz vafotidan sung paydo bulgan har qanday ish bidat- khurofot, yomon, gunoh va harom ish hisoblanvermaydi, balki, ularning asl mohiyati, maqsad-goyasiga qarab, sung uning uziga mos munosabat bildiriladi, degan mulohazani ilgari suradilar. Bu fikrlarini isbotlab berish uchun “bidat” ni ham ikki qismga bulishadi:
1. “Bidati hasana” yani “Yakhshi va savobli ish bulgan bidat”;
2. “Bidati sayyia” yani “YOmon va gunoh ish bulgan bidat”larga taqsimlashgan.
Bunga Paygambarimizdan rivoyat qilingan quyidagi aytilajak manodagi hadisi sharifni dalil qilib keltirishganlar: “Kimda kim biror yakhshi sunnat (urf-odat)ni joriy qilsa, u usha ishning savobini oladi va qolaversa, qiyomatgacha shu ishni qilgan odamlarning savobidek unga ham ajr-savob borib turadi. Bu (birinchi boshlagan) kishiga berilgan savob hisobiga, keyingi qilayotgan kishilarning savobi ozayib qolmaydi. Balki, Alloh taoloning Uzi har ikkisiga ham alohida-alohida savob beradi. Kimda-kim biror yomon ishni sunnat (urf-odat)ni joriy qilsa, unga usha ishning gunohi va qiyomatgacha shu amalni qiluvchi kimsalarning gunohlaridek gunoh borib turadi. Bu kishiga boradigan gunoh evaziga hozirda shu gunoh ishni qilgan kimsalarning gunohi kamayib qolmas. Balki, Alloh taolo hammalariga alohida-alohida gunoh yozadi”.
Mazkur muborak hadisi sharifdagi “Sunnat” suzi aynan uzbek tilidagi “urf-odat” manosida kelgandir. Demak, har qanday urf-odat ham yomon bulavermas ekan. Balki, uning mazmun-mohiyati, natijasi etiboridan yakhshi va yomonga bulish maqsadga muvofiq ekan.
Yuqorida aytilganlardan khulosa qilib, quyidagilarni aytishimiz mumkin: muqaddas Islom talimoti diniy va milliy qadriyatlarimizga zid bulmagan, jismoniy va manaviy zarar keltirmaydigan, umummanfaatli, “ommaviy madaniyat” ga targib qilmaydigan, jamiyatning taraqqiyotiga tusiq bulmaydigan, uning kelajagiga rahna solmaydigan har qanday zamonaviy urf-odat va ananalarga hech qachon tusqinlik qilmaydi. Ammo, yuqorida aytilgan bazi urf-odatlarimizni amalga oshirishda haddan oshilsa, uni bartaraf qilish tadorigini kuradi. Masalan, bugungi kundagi hatto Davlat idoralari tomonidan ham ikhchamlashtirishga buyurilayotgan urf-odatlardan bulmish quyidagi bazi odatlarni oqlamaydi ham:
1. “Beshik tuy” dagi kelin tomonga solinadigan “soliq”lar;
2. “Sunnat, khatna, chukron tuy” dagi ortiqcha dabdababozlik va kelin tomonning qay ahvolda bulishiga qaramay, ularga tuyga buqa va sarpolar olib kelish majburiyatining yuklanishi;
3. “Nikoh tuy” dagi “ZAGS” qilish odati; (Bazi hollar ZAGS paytida mast holda mashina haydovchi kuyovjuralarning “sharofati” bilan tuyning azaga aylangani ham achchiq haqiqat);
4. Kelinning ota-onasi kelin-kuyovning yashash joyini mebel va boshqa6 turli uy jihozlari bilan tuldirib berishi;
5. “Chaqirdi”, “Qirqta savat qilish”;
6. Andijon shevasida “Mazar edi” deb ataluvchi marosim va kelin tomondan qirq kun davomida kuyovning oilasiga kabi odatlar.
7. Ulim marakalaridan sung qilinadigan “uch, etti, yigirma, qirq, yil oshi” kabi musibatzadalarning ruhiy musibatining ustiga iqtisodiy musibat bulmish, uzlarida imkoniyatlari yuq bula turib, qarz olib bulsada qilish kabi odat tusiga kirgan urf-odat, anana va boshqa marosimlarni ijobiy baholamaydi, albatta. Balki, ulardan qattiq qaytaradi. Har qanday urf-odat va marosimlarni shariatning umuminsoniylikka yugrilgan qonun-qoidalari doirasidan chiqmagan holda amalga oshirish kerakligini takidlaydi.


Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin