I bob. Jamiyat hayotida urf odatlar va islom dinining munosabati


II BOB. O`ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK, DINIY BAG`RIKENGLIK VA JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə5/6
tarix16.01.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#79381
1   2   3   4   5   6
Jamiyat hayotida urf odatlar,millatlararo va dinlararo munosabatlarning orni

II BOB. O`ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK, DINIY BAG`RIKENGLIK VA JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI
2.1. O`zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik
Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan.
Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi.
Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. 
O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda.

Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan7.


Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar.
VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar:
«Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar.
Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi.
Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi.
«Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e`tiqodida aqidaviy farklar bo`lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o`zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. 
Bag`rikenglik tushunchasi Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat qilmaydi8. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.
Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. 
Barcha zamon va makonlarda turli din va millatlarga mansub aholi orasida mustahkam oʻzaro totuvlikning mavjudligi barqaror rivojlanish omili va kafolatlaridan biri boʻlib kelgan. Bu esa oʻz navbatida jamiyatda hayotiy muhim boʻlgan huquqlarning, xususan diniy erkinliklarning taʼminlanganligiga va milliy oʻziga xos madaniyatlarning himoyalanganligiga asoslangan.
Bugungi Oʻzbekiston uchun ushbu yoʻnalishda mustahkam davlat siyosatini olib borish azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Oliy Majlis va xalqiga Murojaatnomasida bu borada ilgari surilgan tashabbuslar ham, yaʼni diniy erkinlik masalalari boʻyicha mintaqaviy konferensiya oʻtkazish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi asosida har yili 30-iyul sanasini Xalqaro doʻstlik kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari aynan shunday dunyoqarashning mamlakatimizda yuqori davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini yana bir bor tasdiqlaydi. Shubha yoʻqki, bu – butun dunyo xalqlari uchun ham juda muhim va zarur dunyoqarashdir. Zero, diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni taʼminlash borasidagi vazifalarning naqadar dolzarbligini dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatning ogʻirlashuvi sharoitida koʻplab mintaqalarida millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlarning kuchayganida ham koʻrish mumkin.
Oʻzbekistonda millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida chuqur oʻylangan siyosat asosida amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar jamiyatimizda, mamlakatimiz fuqarolari orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish doirasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasi oʻlaroq mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni yana-da rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirildi hamda fuqarolarning diniy erkinliklarini kengaytirishning huquqiy va tashkiliy asoslari mustahkamlanmoqda.
Soʻnggi uch yil davomida millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qatʼiy nazar huquq va erkinliklarini kengaytirish, jumladan, ularning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Xususan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatlari adliya idoralaridan sudlarga oʻtkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilot hisobotlarini taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilandi. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi.
Islohotlarning uzviy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) loyihasining birinchi oʻqishda qabul qilinganligini koʻrsatish joiz. Bu borada huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurati 1998-yilda qabul qilingan amaldagi Qonunni mamlakatimizda soʻnggi yillarda kechayotgan islohotlarga hamohang ravishda oʻzgartirish hamda fuqarolarning vijdon erkinliklarini mustahkamlash bilan bogʻliq huquqlarini taʼminlashdan iborat9.
Yaʼni, yangi tahrirdagi Qonun loyihasini qabul qilishning asosiy maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini yana-da kuchaytirish, har bir inson uchun xohlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼminlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, davlatning din ishlari boʻyicha siyosatini takomillashtirishdan iborat. Xususan, yangi tahrirdagi Qonun loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga asosan aholimiz orasida ancha yillardan buyon muhokama qilib kelinayotgan muammoli masalalardan biri – “fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari”ga yoʻl qoʻyilmaslik haqidagi cheklov olib tashlanmoqda.
Shuningdek, mamlakatda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining qabul qilinishi ham muhim qadam boʻldi.
Ushbu siyosat doirasida, turli millat va elatlar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish boʻyicha yangi institutsional tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Eʼtiborli jihati, ushbu islohotlar inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy va millatlararo munosabatlar sohasida umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va bevosita Oʻzbekiston sharoitida konfessiyalararo va millatlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy sharoitlarini ham hisobga olgan holda olib borilmoqda. Ushbu omillarni inobatga olish zarurati mamlakatimizda yashovchi turli millatlar va elatlar vakillari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini mustahkam saqlash, ularning diniy eʼtiqodlari va milliy his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning muhimligiga asoslanadi.
Shu nuqtai-nazardan qaralganda, Oʻzbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiyotini mamlakatda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat vakillarining oʻzaro totuvligisiz, rasman roʻyxatdan oʻtgan 16 ta din va konfessiya vakillari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Alohida taʼkidlash lozimki, xalqaro hamjamiyat ham mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi muhim xalqaro qadam sifatida eʼtirof etildi. Mazkur hujjat barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir.
2.2. Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi10.
Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.
Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir[1]. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir.
Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi,
mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch
ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning
asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.
Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.
Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi. 
Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin.
Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”.
Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak[4].
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisa – turli dunyoqarash,
etiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashadiylar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z etiqodi bo’ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur etish qiyin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi", deb yozib qo’yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.
O’zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan. 
XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi.
Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar o’sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog`liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag`rikenglikka chorlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tolerantlik – o’zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma’naviy pokligi, o’z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag`rikenglik, baynalmilallik tuyg`ularini uyg`otadi.
Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo’lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
O’zbekistonda nasroniylikning uch yirik yo’nalishi pravoslav, katolik va protestantlik yo’nalishlariga oid diniy tashkilotlar mavjud. Shuningdek, nasroniylikda o’z yo’nalishiga ega bo’lgan Arman Apostollik cherkovi ham faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda tom ma’noda diniy bag`rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o’ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo’lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo’lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”. 
Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va millatlar bashariyatning turli tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida bo’lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.
Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo’lishiga ko’maklashadi. Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko’pmillatli) davlatlardir.
Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko’ra ikkinchi guruhga, aholisi ko’p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O’zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. Respublikamiz aholisining 80 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor. O’zbekiston kabi ko’p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab katta e’tibor berib kelinmoqda.

Xulosa
Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi11.
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi.



Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin