I bob: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar. 1 Tarmoq arxitekturasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar



Yüklə 436,85 Kb.
səhifə1/7
tarix17.10.2023
ölçüsü436,85 Kb.
#156396
  1   2   3   4   5   6   7
I bob Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar. 1 Tarmoq arxit


I BOB: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar.
1.1 Tarmoq arxitekturasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar
Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushuniladi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz- server.
Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi. Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish telefon tarmog’i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari. Ushbu ma’ruzada kompyuter tarmoqlarining arxitekturalari muhokama etiladi.
1.2 Internet xizmati rivojining holati va kelajagi
Informasion–kompyuter texnologiyasi muhitida innovasiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o’sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog’i uchun harakterlidir. Hozir Internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo’lgan global kompyuter tarmog’i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul, deb atalishi mumkin bo’lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo’lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo’lgan. Masalan, avtor kitob yozadi, o’quvchilar uni o’qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko’rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko’radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o’qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo’lsada, teskari aloqa umuman yo’q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko’rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob o’quvchilari o’rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o’rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa, son–sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda internet global tarmog’i gorizontal informasion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Hukumat bilan fuqarolar o’rtasida, oxirgilari birinchilar bilan teskari bog’lanishi mkoniyatlariga ega. Internetni bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot bo’lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir internetning asosiy g’oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o’rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o’rtasidagi diniy, ideologik va har xil to’siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo’ldir. Internet texnologik jarayondagi eng ahamiyatli demokratik ish vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo’lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Telegraf, telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas bog’langan holda barcha global kommunikasiyalar yagona butunlikda integrallashadi. Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko’plab shunga o’xshash chegaralar mavjudligidan qat’iy nazar ularning o’zaro muloqotda bo’lishlari to’g’risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi axborotlarga ega bo’lgan holda, iste’molchilarga katta informasion xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo’lish mumkin: tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasidan foydalanish.

Yüklə 436,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin