Quruq gilzalar silindrlar bloki bilan yaxlit qilib ishlanadi yoki blok silindrlariga jips qilib, presslab o’rnatiladi va ularning sirtqi devoriga suyuqlik tegmaydi. Bu turdagi gilzalar silindrlar bloki konstruksiyasini murakkablashtirib, narxini oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday gilzali silindrlar bloki kam ishlatiladi.[7]
Hozirgi paytda ko’pchilik dvigatellarning bloklariga ho’l gilzalar o’rnatiladi. Dvigatelning ishlash natijasida silindrning yuqorigi qismi ko’proq yeyiladi, chunki silndrning bu qismi doim katta harorat va bosimga ega bo’lgan gazlar ta’sirida ishlaydi. Shuning uchun ba’zi dvigatellarda silindrlar gilzasining eng ko’p yeyiladigan qismiga yeyilishga chidamli va zanglamaydigan maxsus cho’yandan tayyorlangan yupqa 2÷4 mm devorli kalta kiygizma (40÷50 mm) iskanjalab (presslab) o’rnatiladi.
Profilometmi ishlash prinsipi olmosli igna bilan yuzani silab ko‘rishga asoslangan. Olmosli igna yuza bo‘ylab harakat qilganda yuzaning relpefiga mos ravishda o‘z o‘qiga nisbatan tebranadi. Bu tebranishni chastotasi va amplitudasi yuza notekisligiga mos keladi. Asbobning elektrik qurilinasi og‘ishning o‘rtacha kvadratik qiymatini ko‘rsatadi. Bu profilni o‘rta chizig‘iga nisbatan olinadi. Profilograf ham yuzani silab o‘tishga asoslangan bu holda ham olmos ignadan foydalaniladi. Bu asbob optik-mexanik asbobdir. Optik qurilma yordamida yuza profili fotolentaga yoziladi. Bu yozish jaryoni kattalashtirilgan holda bajarilib gorizontal vo‘nalishdagi kattalashtirilgan nisbatan vertikal yo‘nalishagi yuqori boiadi.
Silindrlar blogining kallagi murakkab shaklga ega bo’lib, porshеn Yu.Ch.N.ga yеtganda siqish bo’linmasini hosil qiladi. Silindrlar bloki kallagining konstruktiv xususiyati siqish bo’linmasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni sovitish tarmog’ining turi, shuningdеk, uning kallagiga o’t oldirish svеchasi yoki forsunka o’rnatilishiga bog’liq. Silindrlari bir qator joylashgan dvigatеllarga silindrlar bloki bilan yaxlit qilib quyib tayyorlangan silindrlar kallagi o’rnatiladi. Silindrlari V -simon joylashgan bloklarda esa har bir qator silindrlar o’zining kallagiga ega. Dеyarli hamma karbyuratorli dvigatullarning silindrlar bloki va KamAZ -650 dizеli kallagi mexanik xossasi yaxshilangan AL9 bеlgili alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Bu ashyodan tayyorlangan silindrlar kallagi yengil, mustahkam va issiqlikni yaxshi o’tkazish qobiliyatiga ega. Ba'zi dizеllarda esa silindrlar bloki kallagi lеgirlangan kulrang cho’yandan tayyorlanadi. Silindrlar bloki kallagiga siqish bo’linmasi joylashgan bo’lib, uning klapanlar kallagi o’tiradigan uyasiga cho’yandan tayyorlangan maxsus egar qotirilgan. Undan tashqari, kallakda silindrga yonilg’i aralashmasini yuborish va chiqarish uchun kiritish va chiqarish tuynuklari mavjud.