I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə6/18
tarix30.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#150495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…

GOST 18353-79 boʻyicha mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari bir qancha turlarga boʻlinadi.





3-rasm. Putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari.

Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining har biri quyidagi alomatlar boʻyicha sinflarga ajratiladi:


a) fizik maydonlar yoki moddalarning tekshiriluvchi obyekt bilan oʻzaro ta‘sirlashuv xususiyatlariga koʻra:
b) dastlabki informatsion parametrlar boʻyicha;
v) dastlabki informatsion parametrlarni olish usullari boʻyicha.
Bu usullar bilan quyidagi nuqsonlar aniqlanadi:
- yaxlitlikning buzilishini keltirib chiqaruvchi Nuqsonlar: yoriqlar, boʻshliqlar, qatlamlarda kuzatiladigan nuqsonlar va h.k.;
- tashqi va ichki diametrlar, devorlar, qoplamalar va qatlamlarning qalinliklari;
- sirtlarning gʻadir-budirliklari, yeyilish darajalari;
- mahsulotlarning turli geometrik oʻlchamlari;
- temperatura, elektr, magnit va tarkibiy parametrlar;
- dastlabki kimyoviy tarkibdan chetga chiqishlar;
- mustahkamlik, qayishqoqlik, koersitiv kuchlar, mustahkamlangan qatlamlarning sifati;
- ferrit fazalarining tarkibi va taqsimlanishi va shularga oʻxshash fizik-mexanik va fizik-kimyoviy tavsiflarini oʻlchash;
- obyektni texnik holatini aniqlash uchun yaxlitlikni buzilishi, foydalanish davomida mahsulotlarning oʻlchamlari, fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini oʻzgarishi kabi berilgan ehtimolliklar bilan texnik diagnostikalar qilishga moʻljallangan tekshirishlar amalga oshiriladi.
Korxonada muayyan turdagi obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilish tizimini tashkil etish uchun ushbu obyektni KH yoki MHni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta‘mirlashga boʻlgan talablarni borligi va ularda putur yetkazmasdan nazorat qilish turi va usuli, putur yetkazmasdan nazorat qilish MHlari, yoʻl qoʻyiladigan me‘yorlari, tekshirish hajmi va zonalari hamda putur yetkazmasdan nazorat qilish oʻtkazishga boʻlgan boshqa talablarni koʻrsatilishi asos boʻladi.
Putur yetkazmasdan nazorat qilish tizimi korxonada buyruq bilan kiritiladi, unda ishlab chiqarish, ishlatish va ta‘mirlashning barcha bosqichlarida obyektlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish, ishlab chiqish, joriy etish va undan foylanish tartibi koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak.
Oʻz tarkibida putur yetkazmasdan nazorat qilishning qoʻllaniladigan usullari boʻyicha laborotoriya va (yoki) mutaxassislariga ega boʻlgan korxona va tashkilot obyektlarni putur yetkazmasdan nazorat qilishni oʻtkazadi.
Putur yetkazmasdan nazorat qilish laborotoriyalari quyidagi hollarda majburiy akkreditlanishi kerak.
- tekshiriluvchi obyekt (buyum) ning MHda laborotoriyani akkreditlash zarurligi haqida talablarining mavjudligida;
- “Sanoatkontexnazorat” agentligi nazarati ostida boʻlgan obyektlarni putur yetkazmasdan nazorat qilishdan oʻtkazish chogʻida;
- laborotoriya tomonidan oʻzga tashkilotlarning buyurtmasi boʻyicha putur yetkazmasdan nazorat qilish ishlarini bajarish chogʻida.
Obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqlarini berish uchun laborotoriyani akkreditlash «Texnik jihatdan tartibga solish‖ agentligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Akkreditlashning davriyligi besh yilda bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqini berish uchun xorijiy mamlakat idorasi tomonidan akkreditlangan putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyalari «Texnik jihatdan tartibga solish‖ agentligi tomonidan roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida putur yetkazmasdan nazorat qilish Bosh markazi tashkil etilgan.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin