I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…


I-BOB. MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISH USULLARI



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/18
tarix30.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#150495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…

I-BOB. MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISH USULLARI

1.1. Mahsulot sifat ko’rsatkichlarning tahlili
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunida standartlashtirishning asosiy maqsadlarida biri sifatida “fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirish” koʻrsatib oʻtilgan.
Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Boshqacha aytadigan boʻlsak, mahsulot – mehnat faoliyatining natijasi boʻlib, u moddiylashgan va moddiylashmagan koʻrinishda boʻladi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy mahsulot koʻrinishiga ega. Turli gʻoyalar, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va tajriba konstruktorlik ishlanmalari, informatsion mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari va kabilar moddiylashmagan mahsulotlar hisoblanadi.
Mahsulot sifati – oʻz vazifasi (qoʻllanilishi)ga koʻra ma‘lum darajada muayyan ehtiyojni qondirishga yaroqliligini koʻrsatadigan xossalari majmuasidir (GOST 15467- 70 boʻyicha).
Mahsulot sifati ishlab chiqarishning texnik darajasiga bogʻliq va juda koʻp faktorlar bilan aniqlanadi: konstruksiyaning takomilligi, standartlashtirish va agregatlashtirish darajalari va h.k.
Mahsulot sifatini oʻzgarmas deb boʻlmaydi. U jamiyatning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib boruvchi ehtiyojiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Kecha ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot bugun sifatsiz boʻladi, bugun sifatli deb hisoblangani ertaga sifatini yoʻqotadi. Sifatni oʻz vaqtida ta‘minlash kerak, aks holda mahsulot maqsadga muvofiq boʻlmaydi va yaroqsiz hisoblanadi.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat koʻrsatkichi deyiladi.
Mahsulotning sifat koʻrsatkichi – mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati boʻlib, sifat tarkibiga kiradi, ya‘ni uni yaratish va ishlatish, hamda iste‘molchilarga yetkazishdagi talabni qondirish (GOST 15467-70 standarti boʻyicha).
Barcha mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari ifodalanishi boʻyicha oʻlchamli va oʻlchamsizga (nisbiy yoki balli) boʻlinadi.
Sifat koʻrsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir.
Sifat koʻrsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
- mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;
- iste‘molchi talablarining tahlili;
- mahsulot sifatini boshqarish masalalari;
- tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;
- sifat koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻyilgan asosiy talablar.
Xalq iste‘moli tovarlarining sifatini nazorat qilish sifatining ijtimoiy, funksional, ishonchlilik, ergonometrik, estetik, ekologik, xavfsizlik kabi iste‘mol koʻrsatkichlarini oʻrganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Zarurat toʻgʻilsa, tovarlarining sifatini baholash va tahlil qilish iste‘molchilarning talablarini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ijtimoiy koʻrsatkichlar maxsus koʻrsatkichlar guruhiga kiradi. Tovarlar sifat koʻrsatkichlari va iste‘mol xususiyatlariga koʻra quyidagicha klassifikasiyalanadi.
Mahsulot sifatini iqtisodiy jihatdan baholaydigan koʻrsatkich - integral koʻrsatkichdir. Integral koʻrsatkich mahsulotning foydali tomonlarining yigʻindisini uni yaratish, foydalanish va iste‘mol qilish uchun sarf boʻlgan xarajatga nisbati orqali ifodalanadi:

Sint=


bunda:
Sint - sifatning integral (kompleks) koʻrsatkichi, soʻm/t.km.


Tm - mashinaning tannarxi (sebestoimost), soʻm,
Rch - foydalanish davridagi chiqimlar (ekspluatatsionniye rasxodi), soʻm;
P - mashina probegi (shu muddatda) t.km.
Bu esa mahsulot sifatining rentabelligi, ya‘ni sarf qilingan puldan soʻmma foydani belgilaydi.




Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin