Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ish hujjatlarini nazorat qilish shakllarini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy, o’quv va badiiy manbalarni o’rganish
Olingan natijalar tahlilini amalga oshirish va tegishli tavsiyalar berish
Kurs ishini talab darajasida jihozlash va rasmiylashtirish.
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish ish shaklini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish.
Kurs ishining metodlari: kuzatish, suhbat, adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining metodologik asosi: “Ta’lim to’g’risida’’ Qonun , SH.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari ,maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga , nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish , haqidagi fikrlari, maktabgacha ta’lim sohasi oid prezident qarorlari va farmonlari ,vazirlikning sohaga oid chiqargan huquqiy me’yoriy hujjatlari.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, tuzilishi, ish jarayonlari, Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish, kadrlar faoliyati nazariy va amaliy jihatdan o’rganib chiqildi. Ushbu kurs ishidan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlarining mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashda ilmiy va amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin.
4
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar va 35 betdan iborat.
I BOB “MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYANING DAVLAT STANDARTI”NI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA QO’LLANILISHI