Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasi bo`yicha mashg`ulotlarga qo`yiladigan didaktik talablar MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..
I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH UMUMIY MASALALARI 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta‘limning asosiy didaktik prinsplari va tamoyillari…………………………….
1.2. Bolalarda maktabgacha ta‘limda elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish…………………………………………………………………….
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O`RNI 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari.........................................................................................
2.2. Olti yoshli bolalarga matematikani o‘rgatish metodikasi...................................
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………………………
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida Respublikada milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko`tarildi. Keyingi yillarda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining ta‘lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi-2017-2021-yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida gi qarori qabul qilindi.
Dastur asosida keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg`or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, u skunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta‘minlash.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:
yuqori sifatli maktabgacha ta‘limni ta‘minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga;
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga;
3-6 yoshdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan ta‘minlash orqali maktab ta‘limiga tayyorlashni tashkil etishga;
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarmog’ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta‘mirlash orqali kengaytirishga;
bolalarning maktabgacha ta‘limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo’ladi.
Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko’p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog’liq ekanini ta'kidladi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog’li faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bo g’liq ekanini hamisha yodda tutmog’imiz kerak».