Mundareja Kirish qism………………………………………………………………………..3
I BOB MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING XUSUSIYATLARI Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyoti…………………6
Bolalardagi tafakkur turlari va ulardagi individual farqlar……………………………………………………………...………….15
I Bob bo`yicha xulosa………………………………………………………..25
II BOB MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA KO`RGAZMALI- OBRAZLI TAFAKKUR RIVOJLANISHI 2.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko`rgazmali obrazli tafakkurining rivojlanish jarayoni diagnostikasi usullari………………………………………26
2.2 Maktabgacha tarbiya yoshida ijodiy faoliyat jarayonida ko`rgazmali –obrazli tafakkurni rivojlantirish…………………………………………………………..29
II Bob bo`yicha xulosa……………………………………………………….….34
UMUMIY XULOSA……………………………………………………………..35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………..37
Kirish qism Mavzuning dolzarbligi; Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi. Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko‘rish mumkin. Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5144-sonli qarori qabul qilindi. Bu faqat shaharlarda emas balki chekka hududlarda ham maktabgacha tashkilotlar tashkil qilinishiga sabab boldi. Juda ko’p qismi davlat tomonidan qurilib jihozlab berildi. Tashkil qilingan muassasalarda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida yurtimiz hududida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri ham, asosan aniqamaliy va aniq-yaqqol tafakkur bo'ladi.Lekin tarbiya ta'siri bilan tajriba va bilimlar to'planishi sababli hamda umuman aql-idrokning birmuncha o'sganligi sababli, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri yasli yoshidagi bolaning tafakkuriga nisbatan ancha mazmunli bo'lib qoladi. Uning fikrlash jarayonlari ham ancha takomillashadi: uning taqqoslashi ancha aniqroq bo'ladi, analizi ancha mufassalroq, umumiylashtirishlari ancha aniq va kengroq bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola biror ishni qitayotganida shu ishning maqsadini oldindan belgilab qo'yadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning mana shunday fikrlash jarayoni ancha murakkabroq bo'lgan o'yin faoliyatida va uning uyidagi o'zi uddalaydigan mehnat faoliyatida namoyon bo’ladi hamda o'sib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola oyinda va mehnatda boshqalarning harakatlariga ko'pincha taqlid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba'zi vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqning o'sib borishi va uning kattalar bilan nutq orqali qilayotgan aloqasi kengayib borishi undagi tafakkurning shakllanishida, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning fikr qiladigan narsalar doirasi ham kengaya boradi. Bu narsalar doirasi bola o'zi bevosita idrok qilinayotgan narsa chegarasidan ham chetga chiqadigan bo'lib qoladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'zi shu onda idrok qilayotgan narsalar to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki o'zi ilgari idrok qilgan narsalar to’g'risida ham fikr qiladi. Maktabgacha arbiya yoshidagi bola xayolining o'sib borishi sababli u yaqin kelajak to'g'risida ham, ya'ni ertagi kun to’g’risida, bo'ladigan bayram to'g'risida, yaqinda yoz bo'lishi to'g'risida boshqa shu kabilar haqida fikr qiladigan bo'lib qoladi. Ertaklardagi voqealarni xayol qilishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri uchun material bo'ladi. Bog'lanishli nutq o'sib borgan sari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri faqat ayrim-ayrim hukmlardagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, muhokamalar tatiqasida ham ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarda hamisha muayyanlik va izchillik bo'lavermaydi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z muhokamalarida kopincha bir narsadan ikkinchi narsaga «sakrab» o’taveradi, o'zining tasdiqlab va inkor qilib aytgan so'zlarida zidlik borligini payqamaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`z muhokamalarida, asosan, analogiya (bir-biriga o'xshatish) yo'li bilan xulosa chiqaradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar maktab yoshiga yetay deb qolganlarida, ularda deduksiya va induksiya yo'li bilan xulosa chiqarish qobiliyati o'sa boshlaydi. Bolalar bunday xulosalar chiqarish shaklini kattalardan nutq bilan birgalikda o'rganib oladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning miyasida ko'pgina aniq tushunchalar turadi, bu tushunchalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning turmush tajribasida va kattalar bilan nutq orqali qilingan aloqa jarayonida hosil bo'ladi.Yasli yoshidagi bolaning tushunchalariga nisbatan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasi anchagina sermazmun bo’ladi, ya'ni uning tushunchasida narsaning belgilari ko'proq aks etgan bo'ladi. Lekin. shu bilan bir vaqtda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchalarida narsalarning unchalik ahamiyatli bo'linagan belgilari ham bo'ladi: bu belgilar, asosan, o'zining yorqinligi, chiroyliligi, harakatchanligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan bolaning diqqatini o'ziga tortgam belgilardir.