I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elemеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish asoslari va metodikasi kursining nazariy asoslari



Yüklə 50,78 Kb.
səhifə10/13
tarix19.05.2023
ölçüsü50,78 Kb.
#116690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elemåntar matåmatik tasav

Mashg’ulotning maqsadi. Fazoviy tushunchalarni rivojlantirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Ertalab, kunduzi, kechqurun, kecha, bugun, ertaga kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish.
Mashg’ulot turi. Aralash, suhbat, savol-javob.


Mashg’ulot jihozlari: qalam, daftar, geometrik shakllar, uy-ro’zg’or anjomlariga doir o’yincoqlar.

Mashg’ulotning borishi.
  1. Mashg’ulotni tashkil etish.


  2. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun turli didaktik o’yinlar, topishmoqli o’yinlar, o’yinchoqlar, geometrik shakllar, idish-tovoqlar, o’quv qurollaridan foydalaniladi. Masalan, “Aksini top” tarbiyachi oldida desa, bola orqasida deyishi kerak, tarbiyachi o’ngda desa, bola chapda deyishi kerak. Hamda, choynakning oldida nima bor? Piyolaning orqasida nima bor? Likopchaning yonida nima turibdi? – savollariga javob olish orqali mavzu mustahkamlanib boriladi.


  3. Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalar e’tiborini kun qismlari tasvirlangan rasmlarga qaratiladi. Tarbiyachi bolalardan bular kunning qaysi qismi ekanligini birma-bir so’raydi. Bolalar ertalab, kunduzi, kechqurun deb aytadilar. So’ngra ularning bir-birlaridan farqlari qaysi jihatlari bilan ajralib turishiga e’tibor beriladi.


  4. Daftar bilan ishlash. Berilgan shakl doskaga chizib ko’rsatiladi. Geometrik shakllardan kvadrat, to’g’ri to’rtburchaklar qanday joylashtirilgan, degan savollar orqali suhbat o’tkaziladi. Bu shakl boshqa shakllarga qaraganda murakkabroq ekanligiga bolalar diqqati jalb qilinadi. Ruchka ushlash qoidasini eslatib, daftarga bo’yash mashq qilinadi. Bolalarga ertalab, kechqurun, kecha, ertaga, oldin, keyin kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish uchun rasmga qarab suhbat o’tkaziladi. Rasmdagi bolaga Begod deb ism qo’yib: “Ertalab soat nechsda turadi? Keyin u nima qildi? Yuz-qo’lini yuvganidan keyin nima qildi? Maktabdan qachon qaytdi? Keyin u nima ish bilan shug’ullandi? Sizning kun tartibingiz qanday?” – degan savollarga 3 – 4 bola javob beradi.


Shundan so’ng dam olish daqiqasi o’tkaziladi:


Derazamni ochaman,
Toza havo kirsin deb.
Badantarbiya qilaman,
Tanam kuchga to’lsin deb.
  1. Rasm daftar bilan ishlash. O’quvchining kundalik faoliyatini bayon qilish bilan birga daftarda berilgan tarixiy obidalar sur’ati, O’zbekiston milliy bog’idagi Alisher Navoiy haykali va paxta terimi to’g’risida tarbiyaviy suhbat o’tkaziladi hamda bolalarning daftardagi bo’yash mashqlarini bajarishi nazorat qilib boriladi.





  2. Yüklə 50,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin