5.“Ma’naviyatshunoslik” tarixiy-nazariy fan sifatida
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha «Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»17.
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. 1-Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy – ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga yerishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch – quvvat byeradigan poydevor bo‘lib kelgan»18. Mafkura jamiyat taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda yettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday muhim ahamiyatini hisobga olib, Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqarishga harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi etakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlangan yuksak maqsadlarimizga etishning asosiy omili-avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik19.
Jamiyatning, jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa, inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ularga egizak holda mafkuraviy qarashlar ham shakllangan. Boisi – mafkurasiz davlat yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad-rejasiz, tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqdingmi – manzil, maqsad aniq bo‘lmog‘i kerak. Har bir xalq o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarga yerishishida milliy g‘oyaning ahamiyati nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitobida quydagilarni yozgan:
“Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat byeradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo‘lgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi”20.
Mafkura-umummilliy, umumxalq ahamiyatiga ega g‘oya bo‘lib, u xalqni, millatni birlashtiruvchi, umumsafarbarlikka da’vat etuvchi kuch. Inson, uning qadr – qimmati, farovonligi, Vatanimizning yorqin kelajagi bizning milliy g‘oyamiz, milliy mustaqillik mafkuramizning negizini tashkil etadi.
Milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi sharToshkent
Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, yerkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday millat vakili, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini umumsafarbarlikka da’vat etuvchi kuch.
Uchinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarida madadkor bo‘lishi zarur.
To‘rtinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy myerosining munosib vorislar deb his qilishimizga shu bilan birga jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga yerishmoqqa yo‘l ochib byeradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.
Mustaqillik bizni porloq rivojlanish imkoniyatlariga ega qildi. Xalqimiz katta orzu-maqsadlar va intilishlar bilan yashayapti. Huquqiy davlat,adolatli fuqarolik jamiyati-oldimizda turgan nurafshon manzildir. Ammo bu manzillar o‘z- o‘zidan dunyoga kelmaydi, uni o‘z- o‘zidan mashaqqatsiz, izlanishlarsiz, yaratuvchilik, ijodkorlik ishlarisiz egallanmaydi. YAngi jamiyat yuksak darajada rivojlangan ongni, ma’naviy kamolotni yanada baland bosqichga ko‘tarilishini taqazo etadi. Ilg‘or demokratik qoida va tushunchalar bilan boyigan milliy istiqlol mafkuramiz ana shuyangi ma’naviyatning hal qiluvchi mezonlaridan biridir.
Milliy istiqlol mafkurasini chuqur egallayolsakkina, u dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylansagina, qalbimizdan mustahkam o‘rin olsagina Vatanimiz va xalqimiz taraqqiyotining oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’naviyat mafkurasiz rivojlana olmaydi. Chunki, inson ruhiyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarni tiklash va jamiyat maqsadlarini amalga oshirishda mafkura harakatga keltiruvchi kuchsifatida katta ahamiyat kasb etavyeradi.
Xullas, mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan g‘oyalar majmui. Ammo uning ildizlari har bir insoning qalbida, vijdonida, iymonida, aql – idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy, chuqur insoniy mafkurasi bor xalq, mamlakat va jamiyat qudratlidir.
Qadriyatlar ham ma’naviyatning tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Ular ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.Tabiat va jamiyat hodisalari insonning moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish, yaratuvchanlik faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyatlilik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Odamlarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, ularning orzu-istaklari, intilishlariga mos kelmaydigan, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritish noo‘rindir.
Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlarini, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim21. Tabiat va jamiyat boyliklari, hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritilishning asosiy sababi-kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki, bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini, ma’naviy – ruhiy dunyosini boyitadi, yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘llaydi.
Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyatiga to‘xtashdan avval, qadriyatlarning turlari va ko‘rinishlarini bilib olish lozim. Qadriyatlar o‘z mohiyati, xususiyatlari va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha turlariga va shakliy ko‘rinishlarga bo‘linadi. Avvalo, barcha qadriyatlar orasida inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr-qimmati, ahamiyati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Insonsiz borliqdagi mavjud barcha narsa va hodisalar o‘zining qadriyatlilik ahamiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson qadr–qimmatini e’zozlash, uning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etib kelmoqda. Jahonda e’tirof etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillaridan biri ham bozor iqtisodiyotiga o‘tishda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilganligida chuqur insonparvarlik mohiyati mavjuddir.
Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy boyliklar –yer, suv, havo, quyosh, turli madanlar, o‘simliklar, hayvonat dunyosi va boshqalar, shuningdek, inson mehnati, hatti – harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan turli-tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish, transport vositalari, asbob-uskunalar, hozirgi zamon axborat texnologiyalari, turar joy, mol-mulk, noz-ne’matlar va boshqalar tabiiy va moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Bularsiz insoniyat yashay olmaydi. Tabiat va uning boyliklari biz uchun moddiy ne’matlarning bosh manbai hisoblanadi. Ularni asrab-avaylash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga har birimiz ma’naviy va amaliy jihatdan mas’ulmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»22, - deb yozilganki, ularni asrab-avaylash, saqlash, kelgusi avlodlarga sof holda qoldirishimizda har birimizga javobgarlik ma’suliyatini yuklaydi.
Muayyan jamiyat, davlat tuzilmasi, uning huquqiy asoslari, shaxs yerkinligi va huquqlari, adolat, ozodlik, tenglik, tinchlik, birodarlik kabilar ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Insonning yerkinligi, uning qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. Bu haqda asosiy qomusimizda shunday so‘zlar yozilgan: «O‘zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, yerkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va yerkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»23.
Xalqimiz va umuminsoniyat tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy qarashlar, tarixiy, badiiy san’at asarlari va diniy amollar; urf-odatlar, an’analar, bayramlar, marosimlar; insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yaxshilik, burch, vijdon, to‘g‘rilik, halollik kabi axloqiy me’yorlar insonni ma’naviy kamolotga eltuvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar sanaladi.
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda milliy ma’naviy myeros va qadriyatlarni, diniy axloq mezonlarini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularning amaliy faoliyatlariga aylantirish muhim ahamiyatga egadir. Xususan, IX-XII va XIV-XV asrlarda yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarning ilmiy-falsafiy bilimlar va islom ilmi va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissalarini o‘rganish yoshlarimizda ma’naviy barkamollikning muhim belgilaridan biri milliy g‘urur va milliy o‘zlikni anglab etishda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda mustaqillik yillari ma’naviy myeros va qadriyatlarning ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdagi muhim o‘rniga ahamiyat byerib, o‘tmishda toptalgan ma’naviy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Diniy qadriyatlarimiz ham inson ma’naviy kamolotining muhim omillaridan biridir. Asrlar mobaynida xalqimizning ma’naviyati, insonparvarlik, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom diniy ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgani hozirgi kunda hammamizga ayon. Vazifa esa xalqimizni, xususan yoshlarimizni ma’naviy kamolot cho‘qqilariga etkazishda islomiy qadriyatlardan ham bekamu ko‘st foydalanishdan iborat.
Diniy qadriyatlarimiz inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, insonparvarlik, halollik, diyonatlilik, insoflilik, mehr-shafqatlilik kabi ko‘plab insoniy fazilatlarni inson qalbi va ruhiyatida qaror toptirishga yo‘g‘rilgan. Ularning har biri inson qalbida chuqur tomir otgan, ruhiyatini harakatga keltiradigan ma’naviyatdir.
Inson tug‘ilganidan so‘nggi nafasigacha an’analar, urf-odatlar, bayramlar qurshovida hayot kechiradi. Ular esa kechagi avlodlardan bugungi, bugungi avlodlardan yertangi avlodlarga ma’naviy myeros bo‘lib o‘tib ma’naviy kamolot sari eltadi. Urf-odat, an’analar bugungi avlodni ajdodlar tajribasi bilan tanishtiradi, ularda o‘z burchi vazifalariga mas’uliyat bilan qarash fazilatlarni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
Sharqxalqlarining, xususan o‘zbek xalqining qadimiy bayramlaridan biri “Navro‘z” asrlar silsilasidan o‘tib kelib, bugungi mustaqillik kunlarida yangicha mazmun kashf etgan holda xalqimiz ma’naviyatini boyitishda, yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. U xalqimiz tomonidan uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat, muruvvat va sahovat ramzi sifatida yuksak qadrlanadi. Navro‘z bayrami kunlari yoshu qari, har qaysi inson o‘zini mo‘jizakor tabiatining uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-avaylab, u bilan ham ohang bo‘lib, mustaqilligimizning har bir osuda kunining qadriga etib yashash kyerakligini yana bir bor idrok etib qalbidan o‘tkazadi.
Navro‘z ayyomi arafasida mahallalar, ko‘chalar, aholi turar joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi, mevali, manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tkaziladi. Bayram kunlari esa etim-esir, beva-bechora, xasta va muxtoj kishilarga mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatiladi, qariyalarimizning duosi olinadi. Bunday insoniy qadriyatlar yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi.
Ma’naviyatshunoslik-axloqshunoslik, xuquqshunoslik, dinshunoslik, nafosatshunoslik, tarbiyashunoslik (pedagogika), siyosatshunoslik (politologiya), jamiyatshunoslik (sotsiologiya), tarix (tarixshunoslik), elshunoslik (etnografiya) kabi fanlar bilan aloqadorlikka ega.
Xulosa. O‘zbek xalqining mehnatsevarlik, yerga cheksiz muhabbat, mehmondo‘stlik, katta yoshdagilarni hurmat qilish, nonni, suvni e’zozlash bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p qadimiy ma’naviy qadriyatlar chuqur hayotiy mazmunga ega bo‘lib bugungi kunda ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, har bir davrning ehtiyojlari, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyoti uning ilmiy tafakkur salohiyati darajasi bilan belgilanadi. Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini inson o‘z aql-zakovati, bilimi va irodasi bilan aniqlaydi.Bilim va ilm har bir insoning yo‘lini yoritib turuvchi mash’aldir. Inson ma’naviy kamolot cho‘qqilariga yerishmoqchi ekan, u bilim va ilmni puxta eallashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |