YUqoridagi tenglik kukunlagich elektrodvigatelning quvvatini aniqlash formulasidir.
O‘RTACHA HARAKATLANUVCHI TEGIRMONLAR
O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangandir (quruq tuproq, talka, ohak va boshqalar). O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlarda materiallarni maydalash, ezish hamda ishqalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar konstruktiv jihatdan sharli, valli va rolik-mayatnikli bo‘ladi. SHarli tegirmonlar bir yoki ikki qator sharlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bir qatorli sharli tegirmon quyidagi qismlardan tashkil topgan: qobiq, yuqoridagi va pastdagi xalqalar, oziqlantirgich, separator. Xalqa yuqori mustahkamlikdagi aylangichli yo‘lakchalarga ega, diametri 190 mm dan 275 mm gacha bo‘lgan sharlar o‘rnatilgan. Pastdagi xalqa elektrodvigateldan reduktor orqali aylanadi. YUqoridagi xalqa og‘irlik kuchi va prujinaning ta’sirida sharlarga siqiladi. Separator tegirmonning ustiga o‘rnatilgan. Ish vaqtida maydalanadigan material, oziqlantirgich orqali tegirmonga tushadi. Maydalangan material markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida qobiqning ichki devorlariga otiladi, patrubok orqali esa havo beriladi. Havo oqimining tezligi 25-30 m/s. Maydalangan material havo oqimi orqali separatorga yo‘naladi va ikkita fraksiyaga bo‘linadi: kichik (mayda fraksiya) material havo bilan patrubok orqali chang bostirgichga yuboriladi, yirik (yirik fraksiya) material separatorning quyi qismiga tushadi va truba orqali tegirmonning kukunlagichiga qayta yunaltiriladi.