Oyoqchalishbilanuloqtirish Oyoq chalish – ko’pgina usullarning muhim elementi hujum qiluvchining oyog’ini raqibning bir oyog’ini raqibning bir yoki ikki oyog’i tagiga faol harakat bilan olib borishda bajariladi. Shundan so’ng, raqib qo’yilgan oyoqdan yiqiladi. Oyoq chalishni amalga oshirishda oyoqni raqibning oyog’i oyoqlariga oldindan va orqadan qo’yishni farq qilish kerak. Oyoqni raqibning o’ng yoki chap holatda
turishiga qarab raqib oyog’iga yon tomondan, boldirning yon qismiga qo’yish mumkin.
Oyoq chalish usulida chalish uchun qo’yilgan oyoqqa qarshi tomonga qo’l va gavda harakatlantirilib, raqib siltab ko’tarish hisobiga uloqtiriladi.
Oyoq chalish usulini bajarishda eng qulay vaziyat va harakat shartlari quyidagilardan iborat. Raqib oldinga qo’yilgan oyog’iga tayanib turib hujum qilayotgan sportchini tortadi. Tayanch oyoqni chalish kerak: raqib gavdasining og’irligini bir oyog’iga o’tkazadi – shu oyoqni chalish kerak. Raqib siljib yurib, oyoqlarini chalishtiradi – oldinda turgan oyoq yoki har ikki oyoq chalinadi10.
Raqib oyoqlarini kerib tik turibdi – oyoqlaridan biri chalinadi. Chalishning himoya harakatlari turlicha bo’lishi mumkin.
Masofadan chiqish bilan raqib qo’llarini urib, ushlashdan qutulish:
oyog’ini o’z vaqtida olib qochish yoki raqib gavdasiga tayanib, oyog’ini yon tomonga olish;
oyoqni tizzalardan bukib, orqaga qayishgan holat va boshqalar.
Ikkioyoqniorqagachalishtexnikasi
Dastlabki holat. Ikkala kurashchi o’ng stoykada. Hujum qiluvchi o’ng qo’li bilan sherigining to’nini yoqasidan ushlab oladi.
Hujum qiluvchi sherigining gavda og’irligini o’ng oyoqqa o’tkazishga majbur etish uchun uni o’ziga, chapga tortadi va shundan keyin o’ng oyog’i bilan ikkala oyog’ini chaladi va uni orqasiga yiqitadi.
Bu usulni o’rganishda hujumchi sherigini chap qo’l yengidan ushlash bilan ehtiyot qiladi.
Himoya:
qo’llari bilan hujum qiluvchining o’ng yoniga tiralish;
o’ng oyog’ini orqaga-o’ngga qo’yish;
V) hujum qiluvchi orqadan chalish uchun o’ng oyog’ini ko’targan vaqtda uni o’ng oyog’i turgan yo’nalishda o’zidan chapga tortish;
G) hujum qiluvchi orqadan chalish uchun oyog’ini orqaga qo’yib ulgursa, uning oyog’idan hatlab o’tish.
Qarshi usullar:
yiqilish vaqtida chap oyog’ini mumkin qadar ko’proq chapga-orqaga olib borish va chap tizzasini hujum qiluvchining chap oyog’iga yaqinroq qo’yish, o’ng oyog’ini esa oldindan chalishga qo’yish va hujum qiluvchining oldinga tortish hamda orqasiga yiqitish;