I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4


Kurash rivojiga hissa qo`shgan olimlar va mutaxassislar



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə11/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
kurash-haqida

2.3 Kurash rivojiga hissa qo`shgan olimlar va mutaxassislar


Har qanday sport turining rivojlanishida ilmiy-uslubiy asoslar katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu sport turining mohiyati, uning ilmiy asoslari mazkur sport turining zaruratini yoritib beradi.


Kurashni ilmiy tadbiq etish bo`yicha Respublikamiz olimlari tomonidan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Kurashning ijtimoiy-falsafiy asoslarini o`rganish uning tarbiyaviy ahamiyatlarini ochib borishda A.Atoev, J.Tursunov, O.Toymurodov, J.Toshpulatov, U.Ibrohimov, X.Rafiev, T.Odilov, K.Yusupov, A.Ruziev, N.Azizovlarning tadqiqot ishlari alohida e‘tiborga sazovor. Mualliflarning ishlarida kurashning paydo bo`lish tarixi, uni o`zbek millatiga tegishli ekanligi ilmiy ma‘lumotlar asosida isbotlangan. Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar kurash tarixi va uning falsafiy-ma‘anaviy asoslarini o`rganish borasida yetarlicha izlanishlar olib borganlar.
Yana bir guruh, olimlar bevosita kurashchilar tayyorlash, kurash mashg`ulotlarini samarali tashkil qilish borasida izlanishlar olib borganlar. Ular qatoriga A.Atoev, J.Toshpulatov, F.Kerimov, A.Istomin, K.Yusupov kabi yetuk mutaxassislarni kiritish mumkin.
Quyida ular to`g`risida qisqacha ma‘lumotnoma keltiriladi.
Jo`raqul Tursunov (marhum). Kurash targ`ibotchilaridan biri, kurash dovrug`ini jahonga tanitish, uni sayyoramiz o`zra ma‘lum va mashhur etishda fidoiylik ko`rsatgan mutaxassis. Xalqaro kurash akademiyasining birinchi Prezidenti, O`zbekiston Kurash Federatsiyasining birinchi Prezidenti, biologiya fanlari doktori, professor, kurash va sambo bo`yicha sport ustasi.
Axmadali Asqarov. Tarix fanlari doktori, professor. Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, O`zbekiston Respublikasi FA akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalar. Shu jumladan qator monagrafiya, darslik va o`quv qo`llanmalar muallifidir.
Haydarbek Bobobekov. Maxpirat nomidagi O`rta Osiyo xalqlari tarixi instituti direktori, tarix fanlari doktori, Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a‘zosi (akademigi), ―Nuri Ho`jand‖ (Tojikiston) nomli Markaziy Osiyo xalq akademiyasining akademigi. ―O`zbek kurashi dovrug`i‖ (2002 yil) kitobi, ko`plab ilmiy maqollar va risolalar muallifidir.
Komil Najimov. Filologiya fanlari doktori. Uning tadqiqotlariga ko`ra eng qadimgi doston, ertak va rivoyatlarda ham kurash haqida lavhalar uchraydi. Ularning mazmuniga diqqat qilsangiz, kurash tarixi matriarxat davriga tegishli ekanligiga amin bo`lasiz. Bundan kelib chiqadiki. kurashning tarixi 5 ming yil oldingi moziyga borib taqaladi.

Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin