I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə21/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Javob: B) 25 %



32. Yangi transkripsiyalangan i-RNK da ekzonlar 40% ni tashkil etadi. Sitoplazmagan chiqqan i-RNK dan 150 ta aminokislotadan iborat oqsil sintezlangan boʻlsa, bu oqsil haqidagi axborot saqlovchi DNK dagi fosfodiefir bogʻlar, jami nukleotidlar, va i-RNK uzunligini (nm) toping.
A) 2248; 2250; 765 B) 2249; 2250; 382,5 C) 1124; 1125; 382,5 D) 2248; 2250; 382,


Yechish :



Oqsil sinteziga javobgar genda 2 ta qism boʻladi:
Intron - axborotsiz qismi
Ekzon - axborot saqlaydigan qism
1) 150 • 3 = 450 ta
2) 450 / 0,4 = 1125 ta i-RNK da
3) 1125 • 2 = 2250 ta DNK da ✓
4) 2250 - 2 = 2248 ta fosfodiefir bogʻ ✓
5) 1125 • 0,34 = 382,5 nm ✓
Javob: D) 2248; 2250; 382,5

33.DNK dagi jami fosfodiefir bogʻlar soni A sonidan 700 taga G sonidan 646 taga koʻp boʻlib, shu DNK da 1152 ta [H] bogʻ bor. Shu DNK dagi A sonini aniqlang.
A) 170 B) 198 C) 252 D) 302


Yechish :
DNK da fosfodiefir bogʻlar soni nukleotidlar jami sonidan 2 taga kam boʻladi.

Adenin - x ; Guanin - y


Jami nukleotid - 2x + 2y


[H] bogʻ - 2x + 3y
Fosfodiefir bogʻ - 2x + 2y - 2

1) 2x + 3y = 1152


(2x + 2y - 2) - x = 700
x = 198 ; y = 252 Javob: B) 198

34.DNK fragmentining 3/4 qismidan i-RNK sintezlandi. Agar DNKdagi jami nukleotidlar soni oqsildagi aminokislotalar sonidan 1400 ga farq qilsa, oqsildagi peptid bog’lar sonini aniqlang.
A) 199 B) 200 C) 499 D) 500
Yechish :
DNK 2 ta ipdan iboratligi uchun har bir zanjirini 100 tadan olamiz.
Shunda i-RNK 100 ta boʻlishi kerak lekin u DNK ni 3/4 qismidan hosil boʻlgan boʻlsa 75 ta
i-RNK.
Aminokislota esa 75/3 = 25 ta
200 - 25 = 175 ta farq
175 ------- 25 ta aminokislota
1400 ------ x = 200 ta aminokislota. Peptid bogʻlar soni aminokislota sonidan 1 taga kam boʻladi.
200 - 1 = 199 ta
35. DNK fragmentining 3/5 qismidan i-RNK sintezlandi. Agar DNKdagi jami nukleotidlar soni oqsildagi aminokislotalar sonidan 1350 ga farq qilsa, shu gen joylashgan DNK fragmentining uzunligini aniqlang
A) 255 B) 510 C) 325 D) 650

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin