Terminatsiya. Oqsil biosintezining tugallanishi haqidagi xabarni uchta — UAA, UAG, UGA terminatsiya kodonlaridan biri beradi. Chunki hujayrada bu kodonlarga to‘g‘ri keladigan t-RNK (antikodon) yo‘q.
Odatda DNK asosida RNK sintez qilinadi. Lekin RNK asosida DNK sintez qilinishi ham mumkin. RNK asosida DNK ni sintez qiladigan ferment mavjud bo’lib, bu ferment teskari transkriptaza yoki RNK asosida DNK ni sintez qiluvchi DNK polimerazadeb ataladi.
Nukleotidlar tarkibi: fosfor kislota, monosaxarid, azot asosi
DNK nukleotidlari: adenin – A; timin – T; guanin – G; sitozin – S.
RNK nukleotidlari: adenin – A; uratsil – U; guanin – G; sitozin – S.
DNK zanjirida Adenin (A) nukleotidi Timin (T) ga, Guanin (G) esa Sitozin (S) ga komplementardir. A va Torasida 2 ta vodorod bog’i, G va S orasida 3 ta vodorod bog’i bo’ladi.
1-zanjirning nukleotidlar qatori A-G-S-T bo’lsa, shu zanjirga parallel turgan 2-zanjirning nuleotidlar qatori T-S-G-A tarzida bo’ladi.
Purin asosi: Adenin va Guanin; Pirimidin asosi: Timin va Sitozin
QOIDA
1-qoida:1-zanjirning nukleotidlar qatori A-G-S-T bo’lsa,
2-zanjirning nuleotidlar qatori T-S-G-A tarzida bo’lishi.
2-qoida: Nukleotidlar orasi 0,34 nm, DNK diametri 2 nm, 3-qoida: Nukletidlar og’irligi 345, bitta aminokislota qoldig’i 120. Bitta aminokislotaning og’irligi 138. 4-qoida: DNK molekulasining uzunligi bitta zanjirda joylashgan nukleotidlarga nisbatan topilishi kerak (DNK 300 nukleotiddan iborat bo’lsa demak uning uzunligi 150x0,34=51nm ekan (ya’ni yarim nukleotid)).
5-qoida: DNKda fosfodiefir bog’lar soni umumiy nukleotidlarga nisbatan 2 taga kam bo’lishidir (ya’ni 300—2=298, demak fosfodiefirlar soni 298 ta).