I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


Hujayrada energiya almashinuvi. ATF sintezi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə34/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Hujayrada energiya almashinuvi. ATF sintezi
ATF sitoplazmada, asosan mitoxondriyalarda sintezlanadi, shuning uchun ham mitoxondriyalar «kuch stantsiyalari» deb ataladi. Odam, ko’pgina xayvonlar va ba’zi mikroorganizmlarning xujayralarida ATF sintezi uchun energiya berib turadigan asosiy modda glukozadir.
Glyukozaning hujayrada parchalanib, buning natijasida ATF sintezlanishi ketma-ket keladigan uchta bosqich orqali yuzaga chiqadi.
Birinchi bosqich – Tayyorgarlik bosqichi va barchasi ISSIQLIK sifatida ajraladi.
Ikkinchi bosqich - Glikoliz yoki kislorodsiz (achish) parchalanish deb ataladi.
qoladi+ajraladi=jami
Glikoliz:C6H12O6+ 2ADF + 2H3PO4 — > 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O +80 kJ+120 kJ=200kJ
Glyukoza fosfat kislota sut kislota, (40%)+(60%)=100%
Glikolizda kislorod ishtirok etmasligi tenglamadan ko’rinib turibdi (shu uchun kislorodsiz bosqich deb ataladi).
Shu bilan bir vaqtda glikolizda albatta ishtirok etadigan modda ADF va fosfat kislotadir. Shu ikkala modda hamisha bo’ladi, chunki hujayraning hayot faoliyati natijasida ular doimo hosil bo’lib turadi. Glikolizda glyukoza molekulasi parchadanib, 2 molekula ATF sintezlanadi.
Energiya yig’indisi katta miqdorga — 200 kJ molga yetadi. Bu energiyaning bir qismi (60%) issiqlik ko’rinishida sochiladi, bir qismi esa (40%) ATF shaklida to’planib boradi. Glikoliz jarayoni barcha hayvon hujayralarida va ba’zi mikroorganizmlarning hujayralarida boradi.
Uchinchi bosqich-Kislorodli parchalanish.
Glikoliz poyoniga yetganidan keyin ikkinchi bosqich — kislorodli parchalanish boshlanadi.
Kislorodli bosqichda fermentlar, suv, oksidlovchilar, rlektronlarni tashib beruvchilar va molekulyar kislorod ishtirok etadi. Kislorodli bosqichning normal borishi uchun asosiy shart mitoxondriya membranalarining shikastlanmagan bo’lishidir.
Glikolizning oxirgi mahsuloti— uch uglerodli organik kislota mitoxondriyalarga kirib, u yerda fermentlar ta’siri ostida suv bilan reaksiyaga kirishadi va batamom parchalanadi.
Hosil bo’lgan uglerod (IV) oksid mitoxondriyalar membranasidan bemalol o’tib, atrof muhitga chiqib ketadi. Vodorod atomlari membranaga o’tkaziladi, bu yerda u fermentlar ta’siri ostida oksidlanadi, ya’ni elektronlarini yo’qotadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin