I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə36/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

H+ + e-—>H
Fotosintez jarayoni xloroplastning ko’rinadigan yorug’lik bilan yoritilishidan boshlanadi. Foton xlorofill molekulasiga tushib, uni qo’zg’algan xolatga keltiradi. Elektronlarini yo’qotishi natijasida suv molekulalari protonlar va kislorod atomlariga parchalanadi.
Gidroksil ioni o‘z elektronini yo‘qotib erkin OH radikaliga aylanadi: OH---- e -+ OH
Erkin OH radikallari faol bo‘lganligi sababli o‘zaro ta’sirlashib molekular kislorod va suv hosil qiladi:
4OH ---> O2 + 2H2O
Bu jarayonlar yorug‘lik ta’sirida kechganligi sababli fotosintezning yorug‘lik bosqichi deb ataladi. Yorug‘lik bosqichida suvning parchalanishi (fotoliz) natijasida molekular kislorod (O2)hosil bo‘ladi. G‘alayonlangan elektronlar energiyasining bir qismi ATF sinteziga sarflanadi.
Shunday qilib, quyosh nurlari energiyasi uch xil jarayonni: suv parchalanishi natijasida molekulyar kislorod hosil bo’lishi, ATF sintezi, atomlar vodorod hosil bo’lishi jarayonlarini yuzaga chiqaradi. Mana shu uchala jarayon yorug’likda bo’lib o’tadi va fotosintezning yorug’lik fazasini hosil qiladi.
Fotosintezning qorong’ulik fazasi.
Fotosintezning keyingi reaksiyalari uglevodlar hosil bo’lishi bilan bog’liqdir. Bular yorug’da ham, qorong’ida ham boraveradi va qorong’ilik fazasi deb ataladi. Fotosintezning qorong’ilik fazasi ketma-ket o’tadigan bir qancha reaktsiyalardan iborat. Bu reaktsiyalar natijasida uglerod (IV)-oksid va suvdan uglevodlar hosil bo’ladi.
Qorong’ilik reaksiyalari uchun xloroplastga dastlabki moddalar va energiya to’xtovsiz kelib turadi. Uglerod (IV)-oksid bargga atrofdagi atmosferadan kelib kiradi, suvning parchalanishi natijasida vodorod fotosintezining yorug’lik fazasida hosil bo’ladi. Fotosintezning yorug’lik fazasida sintezlanadigan ATF energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Ana shu moddalarning hammasi xloroplastga yetkazib kelinadi, uglevodlar sintezi ham shu xloroplastda ro’y beradi.
Fotosintezning umumlashtirilgan reaksiyasi:

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin